Unutamadım gitti♡


Download 0.63 Mb.
bet37/39
Sana24.04.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1394405
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Unutamadım gitti

#frozen
45-qism.

Lyusi indamay qayta joyiga o‘tirdi . Elis esa uni oldiga kelib ..


- qachon bas qilasan ..?
Lyusi hayron Elisga qarab ..
- nimani bas qilishim kerak ?
- Mayklni e'tiborini tortishni ..
- nima ..( kulgancha) Elis bilsang agar senga juda achinaman ..
- nega ekan
- sababi bo'lajak turmush o‘rtog‘ing senga umuman befarq ..
- hech unday emas..
- shunday .. agar gapim yolg‘on bo‘lsa .. aytchi nega hozir meni rashk qildi .
- u seni rashk qilmadi .. sen nimalar deyayapsan
- qo‘y qizishma .. axir farzand kutayapsan.. bolaga zarar bo‘ladi . Bu gaplarni aytib qayta kitobini o‘qiy boshladi .
Elis esa hozir bo'lajak turmush o‘rtog‘i haqida tayinli gap aytolmagani uchun asabiylashib tashqariga chiqib ketdi. Lyusi u chiqib ketgach ortidan ancha vaqtgacha qarab o‘ylanib qoldi .
Darslar tugagach Lyusi binodan chiqib mashinalar turar joyiga kelayotganida oldida Robertni qimmatbaho mashinasi to‘xtadi. Oynani ochib..
- Lyusi iltimos o‘tir gaplashib olishimiz kerak..
Lyusi avval rad etmoqchi bo‘ldi. Keyin ko‘zlari Elisni mashinasiga o‘tqizayotgan lekin ikki ko‘zi o‘ziga g‘azab bilan qaratilgan Mayklga tushgach .. ataylab - ho‘p - deb mashinaga o‘tirdi .

Maykl bu voqeani ko‘rib .. g‘azabi maksimal darajadan ham oshib alamini mashina eshigini qarsillatib yopishdan oldi. Ovozi hatto atrofda aks- sado berdi. Aylanib o‘tib endi o‘tirgan edi hamki ..


- nima qilganing bu .. shunchalik ham qo'pol bo‘ladimi odam .. meni cho‘chitib yubording ..
- Elis ovozingni o‘chir..! Bu gapni asabiy ko‘zini yumgancha tishlari orasida aytdi . Ammo ..
- nega o‘chirar ekanman .. ehtiyotroq bo‘lsang bo'lmaydimi... axir bolamizga zar..
- JIM BO‘L HOZIROQ CHAKAGINGNI YUM ... TUSHUNTIROLDIMMI ...
- Yo‘q.. sen o'zi nega menga.. homilador ayolga baqirib gapirayapsan...?
- shukur qil o‘zing aytgandek baxtinga homiladorsan ..
- bo‘lmasa nima bo‘lardi urarmiding ..
- Elis .. mashinadan tush ..
- nima
- TUSH MASHINADAN .. Yana baqirib gapirganidan qiz cho‘chib ketib .. mashinadan tushdi va eshikni qarsillatib yopdi .
Maykl esa mashinani asabiy va juda tez haydab noma'lum manzilga ketdi .

Elis yig‘lab turganini ko‘rib Jeyson ..


- ha yigiting tashlab ketdimi ..
- ... indamay yig‘lab turaverdi .
- mayli chiq mashinaga .. tashlab qo‘yaman ..
- Elis hursand Jeysonga yoshli ko‘zlari bilan qaradi ..
- aytib qo‘yay .. do‘st emasmiz hali ham .. shunchaki homiladorliging uchun yordam berayapman .. deb mashinasiga o‘tirdi . Elis ham yoshlarini artib mashinaga joylashdi .

Lyusi va Robert yo'lda ketishar ekan .. ikkisi ham jim edi ..


- balki gapingni gapirarsan.. sabri tugab qiz savol berdi .
- ... mashinani chetga olib to‘xtatdi . - Lyusi .. meni kechir men hech narsani bilmagandim .. oldinga ham borolmadim ..
- hech qisi yo‘q .. gaping shumidi
- yana bor .. nega bunday qilding ..
- buni bilishing shart emas..
- shart .. meni tuyg‘ularimni bilasan .. senga kim qanday ish qildiki sen bunchalikka bording . Men buni bilishim kerak ..
- nega ..
- qasos olaman
- rahmat Robert lekin bunga hojat yo‘q
- nega
- sababi buni o‘zim eplayabman .. agar yordaming kerak bo‘lsa ..
- so‘ra bajonidil yordam beraman .. lekin aytsang yaxshi bo‘lardi .
- yo'q urushish kerak emas .. ishon men o‘sha kimsani ortig'i bilan jazolay olaman .. buni o‘ylama ho‘p ? kulib yigitga qaradi .
- ho‘p sen aytgancha bo‘la qolsin.. u ham javoban kulib gapirdi .

Unutamadım gitti♡



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling