Unutamadım gitti♡


Download 0.63 Mb.
bet3/39
Sana24.04.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1394405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Unutamadım gitti

#frozen
3-qism.

To‘xtab qolganini ko‘rib o'qituvchi bo‘sh joyga o‘tiraverishini aytdi . Asabi battar buzilgan yigit borib bo‘sh turgan ..uchinchi partaga o‘tirdi . ( qizni orqasiga emas. Yonidagi qatorning 3-partasiga) . Dars boshlandi . Yigit har soniyada qizga asabiy qarab qo‘yar edi . Qiz esa bor e‘tibori darsda o'qituvchini tinglab o‘tirardi . 1- dars ham tugadi . Mayklni oldiga hamma yigitlar ham qizlar ham yig'ilib olgan.. qiziqqan savollarini berishardi. Maykl esa ular bergan savollariga iloji boricha javob qaytarar edi . Lekin ko‘zi hali ham bir nimalarni yozib o‘tirgan qizda edi .

- hoy Lyusi anavi yangi kelgan yigit borku o'sha mendan ko'zini uzmayapti ..
- nima bo'libdi shunga
- iye bu nima deganing .. menimcha meni yoqtirib qolgan .. mana ko‘rasan biz tez orada sevisha boshlaymiz ..deb sochini qo‘li bilan aylantirgancha kulib gapirardi Elis . Lyusi yana darsini qilgancha javob qaytardi ..
- o‘zing ham yoqtirib qoldingmi deyman ..
- ha .. u juda kelishgan .. o‘zi uni ko'rdingmi..
- yo‘q menga hozir darsim muhim tanishish qochib ketmas .
- doim shundaysana .. yur yoniga boramiz ..
- yo‘q o‘zing boraver deb yana yozaverdi . Hafsalasiz dugonasi o‘zi kursdoshlar orasiga qo‘shildi .
2- dars Hujayralar va parazit mavjudodlar haqida o'rgatuvchi fan edi . O'qituvchi kirib yaxshi kayfiyatda dars o‘ta boshladi . Mavzuni tushuntirib bo'lgach ..
- ho‘sh talabalar mavzuni tushundingizmi..?
-menda savol bor ..?
- eshitaman Lyusi ..
- boya parazit mavjudodlar azaldan har narsada va har joyda uchrashi mumkin dedingiz .. nega shu paytgacha bunga qarshi chora ko‘rilmagan..?
- chunki ..
- men javob bersam bo‘ladimi ..
- albatta Maykl ..
Qizni o‘ziga qaratish uchun shunday degandi va maqsadiga yetdi . Qiz burilib qaradi .. " haqiqatdan ham kelishgan va chiroyli .. lekin baribir men chalg‘imayman " ichida shunday deb yigitni javobini kuta boshladi .
Maykl ham qizga termulib turib qoldi . Gapirmoqchi bo‘lgan gapi ham esidan chiqdi .. chunki qiz sohibjamolni o‘zginasi edi.
- Maykl seni kutayapmiz.. o'qituvchi gapirgach yigit tezda o‘zini qo'lga olib ..
- bu.. bu haqida hozirgi kunda olimlar bosh qotirishmoqda . Albatta har xil usulni qo'llab parazit mavjudodlarni yo‘q qilishga urunishyapti.
Qiz javobni eshitib ..
- hamma harakat qila oladi ..
Haligacha yaxshi natijaga erishilmagan .. olim nomini olib bekorga urinayotgandek ko‘rinishdan ko‘ra .. o'shalar uyida choyini ichib o‘tigani yaxshi .. deb oldiga qarab oldi ..
- Olim nomini e‘tiboring uchun duch kelgan olavermaydi ..
- tushunmadim
- o‘sha sen yomonlagan olimlarning sharofati bilan hozir shunday rivojlangan mamlakatda va nufuzli universitetda o‘qiyapsan..
- men universitetga kimningdir sharofati bilan emas .. o‘zimning bilimim bilan kirganman .

Ikkisining nigohlarida asabiylik mujassam edi . Huddi hozir qo‘yib bersa bir - birini burnini yerga ishqashga tayyordek ko‘rinishardi. Ularni bu baxsini oxiri " yaxshilik " bilan tugashini sezgan o'qituvchi oraga tushdi ..


- bo‘ldi baxsni bas qilinglar .. Maykl sen savolga yaxshi javob berding.. lekin ..
yana gapi chala qoldi ..chunki Maykl uni gapini bo‘lib ..
- lekin o‘ziga bino qo‘ygan .. burnidan u yog‘ini ko'rmaydigan kibrli xonimchalar buni tushuna olmadi .

Unutamadım gitti♡



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling