Unutamadım gitti♡


Download 0.63 Mb.
bet5/39
Sana24.04.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1394405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Unutamadım gitti

#frozen
5- qism.
Lyusi va Elis Jeyson bilan hayrlashib honaga chiqib ketishdi .
Darslar ham tugadi . Dugonasi bilan hayrlashib taksi kutayotgan Lyusi oldiga qimmatbaxo va antiqa mashina to‘xtadi . Qoraytirilgan oynasi tushirilgach qiz tezda ko'zini olib qochdi .
- Salom Lyusi ..
- ...
- hoy nima eshitmayapsanmi meni ..?
- hmm eshitmayapman .. iltimos Robert meni tinch qo‘y ...
Bu gapdan so‘ng Robert mashinadan tushdi qizni oldiga keldi .
- iltimos Lyusi menga bunday qilma .. ho‘p mayli meni sevma lekin oldingidek do‘st bo‘lib qolaylik .
•Robert _ u Lyusidan bir yosh katta va bir universitetda o'qishadi.
Yigit juda kelishgan unga qaragan qizlar qayta qaragisi keladigan darajada chiroyi bor . Sochi va ko‘zi sariq va jigarrangda bo‘lib o‘zining rangi sutga chayilgandek oq rangda . Doim did bilan kiyinib yuradi . Bo'yi ham 20 25 sm balandligidan Lyusi unga gapirayotgan payt boshini va nigohini tepaga qaratishga majbur bo‘ladi .
Ular avval do‘st bo'lishgan endi esa yaqinda bo‘lgan suhbatdan so‘ng Lyusi unga do‘stdek muomala qilmay qo'ygandi . Tanimaydigandek.. gapirsa eshitmagandek.. hullas umuman u yo‘qdek yurgandi .

- yo‘q .. bo‘lmaydi .


- nega axir ..
- chunki sevishingni bilib .. senga yana qayta do‘stdek gapirish qo‘limdan kelmaydi .
- buni nimasi qiyin .. buni hazl deb tushn unda.
- shundaymi ..ho‘p unda tasavvur qil men seni yana do‘st deb qabul qildim. Bir kuni seni oldinga hursand borib
" - Robert men birini sevib qoldim .. u menga sevgi izhor qildi .. biz turmush qurayapmiz " desam .. o‘sha fursatda do‘stdek men bilan birga quvona olasanmi ..
Lyusi allaqachon qo‘llari qattiq musht tugilib.. asabiylashganidan qo‘llari va bo‘ynidan tomirlari bo'rtib chiqqan yuzi ham shu holni ko'rsatib turgan Robertga boqib..
- yo‘q .. javobi anniq .. shunday ekan o‘zingni qiynama . Istasang ham istamasang ham shu hodisa bo‘ladi .. men kun kelib boshq.. gapi chala qoldi . Chunki Robert qizni og‘zini barmog‘i bilan to‘sdi ..
- davom ettirma . To‘g‘ri aytasan men buni ko‘tarolmas ekanman . Lekin nima qilay manavi ( qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib ) tinmay seni so'rayapti.. ko'rgisi.. doim sen bilan birga bo‘lgisi kelyapti .. meni juda charchatib yubordi. Buyrug‘ berolmayapman unga so'zim o‘tmayapti.. sevma u seni sevmaydi .. seni istamaydi desam ham sevaveradi . Ayt nima qilay .. agar iloji bo‘lsa edi yuragimni yulib otgan bo‘lardim . U meni juda qiynab yubordi ...
Yigit boshini quyi solib ko'zini yumib oldi . Lyusi uning gaplari chin yurakdan chiqayotganini bilsada uni sevolmaydi . U ham yuragiga buyrug' berolmaydida. Lekin Robertga achindi . Chunki doim hushchaqchaq yigit uni deb jiddiy va g‘amginga aylanib qolgandi . Sevgi izhor qilgan kuniyoq uni rad etib undan uzoq yurishini tayinlagan edi . Lekin hozir uni o'rniga hali muhabbat dardiga yo‘liqmagan bo'lsada o‘zini qo‘yib ko‘rdi . Adolatsizlik qilayapti .. axir kimnidir sevish ayb emasku .. shularni o‘ylab yigitni qo‘lidan tutib ..
- kechir .. seni shu holga tushishinga men sababchiman...

Unutamadım gitti♡



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling