Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Ahmoniylar davlatining ijtimoiy holati va davlat tuzu-
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
8. Ahmoniylar davlatining ijtimoiy holati va davlat tuzu-
mi. Ahmoniy lar davlatiga uzoq bosqinchilik urushlardan so‘ng, Fors davlati paydo bo‘lgunga qadar Kichik Osiyo, Elam, Bobil, Suriya va Misr kabi o‘zining rivojlangan davlat hokimiyatiga ega bo‘lgan hududlar kirdi. Bundan tashqari, forslar ko‘ch- manchi arab va skif qabilalarini bo‘ysundirdilar. Ulkan davlat tarkibiga kirgan yuzlab xalqlar, elat va qabilalar turli bosqich- dagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda yashaganlar. Ayrim viloyatlar, hududlarda tovar-pul munosabatlari yuqori darajada rivojlan- gan edi. Forsning o‘zida yollanib ishlovchi ishchilar «gardash» (fors tilida ) yoki «kurtash» (elam tilida) deb atalgan. Kurtashlar- ning bir qismi davlat fuqarosi hisoblangan. Bu ko‘p sonli ishchi guruhlari bo‘lib, ko‘pincha harbiy asirlar, majburiyatni o‘tash uchun chiqarilgan jamoachilardan iborat edi. Qullar oldi-sotdi qilingan va turli yumushlarni bajargan. Asir qullar soni juda ko‘p bo‘lgan. Kayxusrav va Kambiz bosib olingan mamlakatlarda hech qan- day o‘zgarish qilmay, avvalgi ichki boshqaruvni saqlab qoldi- lar. Qaram xalqlarga bir qadar o‘z-o‘zini boshqaruv huquqini berdilar. Ammo mil.avv. 522–521-yillardagi qo‘zg‘olonlar Ah- moniylar davlati mustahkam emasligini ko‘rsatdi. Shu sababli, Doro I davlat hokimiyatini mustahkamlashga xizmat qiladigan qator islohotlar o‘tkazdi. U ma’muriy-hududiy, moliya va har- biy islohot o‘tkazdi. Doro I islohotlari, eng avvalo, bosib olingan hududlar ustidan nazoratni amalga oshirish va davlat bosh- qaruv tizimini yaratish, soliqlar yig‘imini tartibga solish va uning miqdorini oshirishga xizmat qildi. Islohotlar bir necha yilda amalga oshirildi. Bu islohotlarni amalga oshirish natijasida Bo- bil, Misr va boshqa hududlarda yangi ma’muriy tizim vujudga keldi va Ahmoniylar davlatining oxirgi yillarigacha boshqaruv tizimida biror sezilarli o‘zgarish yuz bermadi. Ahmoniylar davlat hokimiyati tepasida qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatini o‘z qo‘lida to‘plagan mutlaq hukm- dor – podsho turgan. Podsho o‘zining hashamatli kiyimi bilan 230 ham oqsuyak zodagonlardan ajralib turgan. Faqat u qizil-zarrin kiyim va toj kiyishi mumkin bo‘lgan. Uning tan soqchilari 10 ming saylanma askardan tashkil topgan. Tansoqchilar «olmas» deb nomlanib, uning soni doimo bir xil qolgan. Qaysidir tansoq- chi vafot qilsa, uning o‘rnini boshqasi egallagan. Podsho davlat boshqaruvida shakllangan davlat apparatiga tayangan. Doro I ning islohotlari podshoning mutlaq hokimiyatini ham kuchaytirdi. Saroy qonun-qoidalari, rasm-rusumlari va ma- rosimlari, podsho hokimiyatining ramzlari shakllantirildi. Ke- yinchalik Ahmoniy podsholarning turmush tarzi boshqa sharq va g‘arb podsholari uchun namuna sifatida qabul qilindi. Cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan podsho shaxsi oliy va muqaddas bo‘lib, xudo Axuramazdaning yerdagi soyasi bo‘lgan Podshoga yaqinlashadigan har qanday kishi tiz cho‘kib, ta’zim bajo keltirishi kerak edi. Faqat 6 urug‘ oqsoqoli uning huzuriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishlari mumkin bo‘lgan. Qarindosh-urug‘lar, saroy a’yonlari va hamtovoqlar ham podsho oldiga hech qan- day sababsiz kirishga botinmaganlar, buning uchun hayotlari- dan mahrum bo‘lishlari mumkin edi. Arz-shikoyat bilan pod- sho huzuriga kiradigan qolgan fuqarolar uchun ko‘p sonli xiz- matchilar, tansoqchilardan o‘tish amri mahol bo‘lgan. Zar dusht kohinlari (maglar) ma’naviy va dunyoviy ishlarda podshoga maslahatchi bo‘lganlar. Ular sud ishlarini ham bajarganlar. Podshoga minglab kishilar xizmat qilgan. Uning tan soqchilari 2000 fors suvoriylari, 2000 nayzabardorlar va 10 000 piyoda- lardan iborat ilg‘or qism bo‘lgan. Qo‘shinning katta qismi mam- lakatning turli viloyatlarida bo‘lib tashlangan. Podsho harami joriyalari Doro I ning vorislari davrida 360 taga yetgan. Podsho va uning a‘yonlari harbiy yurishlarda o‘z xotin, bola-chaqala- rini ham olib yurganlar. Aleksandr Issa yonidagi jangda 300 ayolni, 277 oshpaz, 13 ta sutlik ovqat tayyorlovchilar, 17 ta ichimlik tayyorlovchilar, 70 ombor xizmatchisi, 40 ta xushbo‘y surgi tayyorlovchilar, 46 ta supurgi to‘quvchilarni asirga olgan. Fors davlat boshqaruvi uchun kadrlar tayyorlash yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Tashkilotchilik, boshqaruv qobilyatiga ega bo‘lgan yosh zodagonlar podsho saroyida, bir qismi satrap- liklarda, satraplar rahbarligida bo‘lg‘usi lavozimlarga tayyor- langan. Ular harbiy san’atni, dunyoviy-ilohiy bilimlarni hamda boshqaruv san’atini o‘zlashtirganlar. Doro I mil.avv. 515-yil atrofida mamlakatni satrapiya (viloyat, fors tilida kshatriy) deb atalgan ma’muriy hududlarga bo‘ldi: 231 Kichik Osiyo to‘rt satraplik to‘rt bosh shahar bilan (Milet, Sard, Daskiley va Tars); Misr markazi Memfis bo‘lgan o‘ltinchi sat- raplik; Osuriya Bobil bilan birga to‘qqizinchi satraplik; o‘ninchi satraplik Midiya; yigirmanchi satraplik Hind daryosining o‘ng qir’g‘og‘i hududi. Satrapliklar o‘z hajmi jihatidan ilgarigi, ilk katta davlatlar, provinsiyalardan katta bo‘lgan. Ularning che- garalari mamlakatning eski davlat va etnografik chegaralariga mos kelgan. Satrapliklar ichida avtonom o‘z-o‘zini boshqara- digan qabila va shaharlar – Finikiya, Kichik Osiyodagi yunon shaharlari mavjud edi. Forslar Finikiya shaharlarining ichki ishlariga aralashmaganlar va buning evaziga ular Ahmoniylar- ni oxirigacha qo‘llab-quvvatladilar. Satrapliklar tarkibiga ichki boshqaruvda muxtor bo‘lgan mamlakatlar ham kirdi. Bu markazdan uzoq hududlar bo‘lib, ularning ichki ishlariga fors hokimiyati aralashmagan. Ular mahalliy hokimlar yordamida boshqarilib, forslar o‘lpon olish bilan cheklangan. Arablar, kolxlar, efioplar, saklar o‘z hokim- lari tomonidan boshqarilgan. Satrapliklar ro‘yxati Behistun va boshqa qadimgi fors yozuv- larida keltiriladi. Ularda 23 mamlakat sanaladi . Gerodot tarixida 20 satraplik keltirildi. Gerodot 20 satraplik tarkibida Ahmoniy- lar davlati tarkibiga kirgan 70 ta shaharni sanaydi. Gerodot va Ahmoniylar yozuvlaridagi farqlar mavjudligining sababi, sat- rapliklar soni va chegaralari yangi bosqinchilik urushlari yoki ma’muriy islohotlar natijasida o‘zgarib turgan. Fors podsholari muntazam ravishda satrapliklar hududlarini qayta bo‘lib tur- dilar. Ularning soni oshib, hududlarning hajmi kichraydi. Mi- sol uchun, Doro I davrida Kichik Osiyo 4 satraplikka, Doro III davrida 7 satraplikka bo‘linadi. Yangi ma’muriy birliklar boshida satrap (noib)lar turgan. Sat rap mansabi Ahmoniylar davlati vujudga kelishi bilan mav- jud edi. Kayxusrav, Kambiz va Doro I podsholigining birinchi yillarida qaram hududlarda rahbarlik vazifalarini imtiyozli et- nik guruh-forslar qo‘lida to‘plashni maqsad qilib qo‘yganlar. Satrap lavozimiga endilikda qoida sifatida faqat forslar tayin- lanadigan bo‘ldi. Kayxusrav va Kambiz davrida satrap qo‘l os- tida fuqarolik va harbiy hokimiyat to‘plangan. Bu haqida sat- rap Gobriyning Bobil, Suriya va Yuqori Mesopotamiyadagi bir vaqtning o‘zida fuqarolik va harbiy noib vazifasini bajargani to‘grisida aniq ma’lumotlar mavjud. Bundan tashqari, Behus- tun yozuvlari ma’lumotlariga ko‘ra, Doro I hukmronligi davrida 232 satraplar o‘z viloyatlarini boshqarish bilan bir qatorda, urush vaqtida qo‘shinga qo‘mondonlik qilganlar. Doro I satrap hokimiyatining kuchayib ketishini oldini olish uchun satrap vazifasini harbiy hokimiyatdan ajratish bilan chekladi. Endilikda satraplar viloyatlarda faqat fuqaro hokimi- yatiga ega noibga aylandilar. Ular o‘z viloyatlarida ma’muri- yat boshlig‘i bo‘lib, sud hokimiyatini amalga oshirganlar. Sat- rap o‘z viloyatining taraqqiyoti, savdo-hunarmandchilikning rivojlanishi, pul muomalasi, yo‘llar, kanallar ustidan nazorat qilish va o‘z kumush tangasini zarb qilish huquqiga ega edi. Soliqlar yig‘imining nazorati ham satraplarning qo‘lida bo‘lgan. U soliqlarni okruglar bo‘yicha taqsimoti va yig‘ilgan soliqlarni markazga yuborishga mas’ul edi. Satraplikdagi harbiy hokimi- yat alohida lavozimli kishi – harbiy boshliq qo‘lida to‘plandi. U satraplikdagi harbiy qismlar va qal’alar, garnizonning boshlig‘i edi. Eng ko‘p harbiy qismlar Sard, Memfis, Bobil va Ekbatana- da joylashtirilgan. Soliqlardan faqat Fors viloyati ozod etilgan bo‘lib, faqat pod- sho viloyatga kelganda mahalliy mahsulotlar (sut, asal, xurmo va boshqa)ni tortiq qilishi lozim edi. Satraplar o‘z satrapliklari chegarasida xavfsizlikni ta’minlaganlar va mahalliy amal- dorlarning faoliyatini boshqarganlar. Tinchlik vaqtida satraplar qo‘l ostida faqat ozgina shaxsiy qo‘riqchilar bo‘lgan. Viloyatda turgan qo‘shinga esa satrapdan mustaqil bo‘lgan, bevosita pod- shoga bo‘ysungan harbiy boshliq rahbarlik qilgan. Satrap va harbiy boshliqlar markaziy hokimiyatni, podshoning va ayniq- sa, uning maxfiy xizmatining doimiy nazorati ostida bo‘lgan- lar. Chunki viloyatlar satraplari doimo mustaqillikka intilishga harakat qilib, ajralib chiqish xavfini tug‘dirganlar. Davlat bosh- qaruvi va barcha amaldorlar ustidan oliy nazorat xazorapat deb atalgan mansabdor qo‘lida bo‘lgan. U bir vaqtning o‘zida «o‘n ming o‘lmas» podsho shaxsiy gvardiyasining boshlig‘i bo‘lgan. Har bir satrap oldida uning nazorati uchun podsho tayinlagan kotib turgan. U farmoyish ko‘rsatmalarini bevosita podshoning o‘zidan olib, ularni satrap va harbiy boshliqqa yetkazib bergan. Shu bilan birga, u satraplikdagi vaziyat to‘g‘risida podshoga muntazam ma’lumot yuborib turgan. Satraplar ustidan oliy nazoratni bosh nazoratchi amalga oshirgan, u podsho nomidan satrapliklarni kutilmaganda taftish qilgan, u «podshoning ko‘zi» deb atalgan. Agar satraplikda ishlar yaxshi ketayotgan bo‘lsa, satrap rag‘batlantirilgan, aksincha ishlar yomon bo‘lsa, u jazo- 233 langan. Bosh nazoratchidan tashqari yana maxfiy ayg‘oqchilar bo‘lib, ular «podshoning quloqlari» deb atalgan. Ammo Doro I davridan so‘ng harbiy va fuqarolik hokimiya- tining bo‘linishiga qat’iy rioya qilinmagan. Ko‘pincha satrap hokimiyatining hajmi ko‘pgina omillarga bog‘liq bo‘lib qoldi. Doro 1 ning o‘g‘li Kserks va keyingi podsholar davrida satraplar harbiy boshliqlarga qaram holatda bo‘lganlar. Mil.avv. IV asr- dan boshlab bu odatdagi hol bo‘lib qoldi. Kserks podsholigi davridan ba’zida ikki yoki bir necha satrapliklar bir kishi qo‘li- da bo‘lgan. Misol uchun, shahzoda Kayxusrav Kichkina Lidiya satrapi bo‘lishi bilan birga, uning hokimiyati Daskiley va Ioniya satrapliklarining katta qismini qamrab olgan. Mil.avv. IV asr o‘rtalarida Kilikiya satrapi Mazey bir vaqtning o‘zida Ikki daryo oralig‘i noibi ham bo‘lgan. Istilochilik urushlari davrida har bir satrap o‘zining viloyatidan qo‘shin to‘plab, urush harakatlarida ishtirok etishi shart edi. Misol uchun, yunon-makedonlar bilan bo‘lgan jang harakatlarida baqtriyaliklar o‘z satraplari bosh- chiligida ishtirok etganlar. Islohotlar natijasida podsho markaziy devonxonasi bilan birga, katta byurokratik apparat vujudga kelgan. Ahmoniylar davlatining markaziy davlat boshqaruvi ma’muriy markaz Su- zada bo‘lib, podshoning bosh qarorgohi Fors viloyatidagi Perse- pol shahrida joylashgan. Podsho o‘rdasi kuz va qishni Bobil- da, yozni Ekbatanada, bahorni Suzada o‘tkazgan. Oromiy tili Ahmoniylar davlatining rasmiy tili edi. Barcha rasmiy hujjat- lar oromiy yozuvida mamlakat bo‘yicha tarqatilgan. Joylarda mirzalar hujjatlarni mahalliy tillarga tarjima qilganlar. Rasmiy hujjatlar joylarda mahalliy tillarda ham yozilgan. Ikki yoki un- dan ko‘proq tillarda ish qog‘ozlari yuritilgan. Imperiyaning bepoyon hududlarini boshqarish samarali bo‘li- shi uchun muntazam aloqa (pochta) xizmati yaxshi yo‘lga qo‘yil- gan. Markaziy yo‘llarda bir kunlik yo‘l masofasida maxsus aloqa qo‘nimgoh bekatlari joylashtirilib, davlat tomonidan qo‘riqlan- gan. Suzadan Kichik Osiyodagi Sard shahrigacha bo‘lgan 2470 km uzunlikdagi yo‘lda bir yuz o‘n bir bekat bo‘lgan. Bir kun- da ot va choparlarni alamashtirib, 300 km yo‘lni bosib o‘tish mumkin edi. Suzadan Sardgacha, odatda, bir hafta yurilgan. Aloqa xizmati o‘sha davrda faqat davlat ehtiyojlari uchun xiz- mat qilgan. Davlat hokimiyati ko‘p sonli malakali choparlarni maxsus topshiriqlar bilan joylarga yuboriladigan amaldorlarni saqlab, ularning doimiy moddiy ta’minoti davlat xazinasidan 234 to‘langan. Turli mamlakatlarga podsho topshiriqlari bilan yura- digan amaldor, choparlar uchun bekatlarda podsho omborlari tashkil etilgan bo‘lib, ular doimiy oziq-ovqat, yem-xashak bi- lan ta’minlangan, otlar doimiy zaxira sifatida saqlab turilgan. Xabarlar tez yetkazish zarur bo‘lgan paytlarda minoralardan olov yoqish bilan belgi berilgan. Pasargaddan mil.avv. VI–V asrlarda tuzilgan mixxat hujjat- lar ko‘plab saqlanib qolgan. Misrdan Hindistongacha cho‘zilgan Ahmoniylar davlatining turli viloyatlariga yuborilgan rasmiy mixxatlar hozirgacha yetib kelgan. Joylarga xususiy xat-xabar- lar tanish-bilishlar, sayohatchilar, maxsus yollangan odam- lar orqali yuborilgan. Ahmoniylarning rasmiy yozuvlari akkad, elam va qadimgi fors tilida va mixxatning uch turida ko‘pincha toshga bitilgan. Qaram mamlakatlar, hududlar satrapliklar ustidan marka- ziy hokimiyatning doimiy nazoratini podsho nomidan kutilma- ganda tekshirish o‘tkazadigan «podsho ko‘zi» deb atalgan bosh nazoratchi amalga oshirar edi. Bosh nazoratchidan tashqari, maxfiy choparlar, «podsho quloqlari» hisoblangan ayg‘oqchilar ulkan imperiya hududlarida doimo izg‘ib yurar edilar. Davlat apparatida forslar eng muhim harbiy va fuqarolik vazifalari- ni faqat Fors o‘lkasida emas, balki boshqa qaram hududlarda ham egallab olganlar. Shu bilan birga, Ahmoniylar boshqaruv ishlarida boshqa xalqlar vakillaridan ham foydalanganlar. Doro I islohotlari agrar sohada katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan. Qaram xalqlarning yerlari tortib olinib, podsho oila a’zolariga, fors aslzodalari va amaldorlariga meros qilib beriladi. Bunday yer-mulklar soliqdan ozod qilingan. Podsho tomonidan alohida xizmat ko‘rsatgan qo‘shinlarga beriladigan yerlar me- rosiy bo‘lib, soliqdan ozod qilingan. Bunday imtiyozga ega kishi- lar qaram viloyatlarda sud ishlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lganlar. Yerlarning katta qismi podshoning mulki edi. Podsho yerlari, odatda, ijaraga berilgan. Bundan tashqari, yi- rik sug‘orish kanallari podshoga qaragan. O‘rta Osiyodagi Aq daryosi havzasidagi sug‘orish inshootlari, Suriyadagi o‘rmon- lar, Misrdagi Fayum ko‘lida baliqchilikdan keladigan daromad- lar, konlar, bog‘ va saroylar podsho ixtiyorida bo‘lgan. Bir qism yerlar harbiylarga foydalanishga berilgan. Dastlab harbiylar xiz matda bo‘lgan vaqtda bu yerlardan soliq olinmagan. Keyin- chalik askar xo‘jaliklaridan soliqlar doimiy ravishda olina bosh- lanadi. Buning ustiga askarlarga harbiy xizmati uchun ajra- 235 tiladigan yerlarning hajmi yildan-yilga qisqarib borgan. Shu sababli, oddiy jamoachilar harbiy xizmatni o‘tashdan bo‘yin tovlay boshlaganlar. Natijada qo‘shinning jangovar qobiliyati pasayib ketadi. Shu sababli, Ahmoniylar mil.avv. V–IV asrlarda yollanma qo‘shinga suyanadigan bo‘lganlar. Doro I soliq siyosatini o‘zgartirdi. Yangi umumdavlat soliq tizimi shakllantirildi. Har bir viloyat yer hajmi va hosildorlik da- rajasiga ko‘ra, qat’iy belgilangan soliq to‘lovini amalga oshirishi shart qilib qo‘yildi. Ilk bor ayrim ibodatxonalar o‘zlariga qarash- li yerlardan soliq to‘lashga majbur qilindi. Forslarning o‘zlari pul to‘lovidan ozod bo‘lib, natural to‘lovga tortilganlar. Qolgan qaram xalqlar har yili 7740 Bobil kumush talanti (232200 kg) miqdorida soliq to‘laganlar. 111. 89... Kayxusrav va Kambiz Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling