Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
7. Qo‘shin. Ahmoniylar davlatining asosiy kuchi, uning yax-
shi tashkil qilingan harbiy qo‘shini edi. Yaxshi tashkil qilingan harbiy tashkilot Ahmoniylar davlatining 200-yildan ko‘proq davom etgan davlati xavfsizligini ta’minladi. Fors qo‘shini asosan quyidagi qismlardan tashkil topgan: suvoriylar, jang aravalari, piyodalar, harbiy flot kirgan. Bundan tashqari, ayg‘oqchilar, xabarchilar va boshqa yordamchi qismlar bo‘lgan. Janglarda tuyalar, jangovar fillardan ham foydalanilgan. Davlat hudu- di 4 dan 7 tagacha harbiy okruglarga bo‘lingan. Okruglarda muntazam qo‘shinlar doimiy joylashtirilgan. Fors podsholigi qudratining asosini fors va midiyaliklar tashkil qilgan jango- var qo‘shin belgilagan. Qo‘shinning jangovar qobiliyatini tashkil qilishda fors va midiyaliklardan tashqari, O‘rta Osiyoning sak qabilalari, baqtriyaliklar muhim o‘rin tutganlar. Saklar asosan imtiyozli otliq qo‘shinlarda xizmat qilganlar. Otliq kamonchi saklar asosan o‘q-yoy bilan qurollanib, yugurib ketayotgan ot ustidan bexa to nishonga tekkizganlar. Harbiy qal’a, garnizon, tayanch nuqtalarda, odatda, oliy harbiy mansabni forslar egal- laganlar. Qo‘shin otliq va piyoda qismlardan tashkil topgan. Otliq qismlar, zodagonlar, piyodalar dehqonlardan olingan. Bu ikkala qismlarning uyg‘un harakati urushlarda g‘alabani qo‘lga kiritishga sabab bo‘lgan. Piyoda qo‘shinning asosiy quroli ka- mon, suvoriyning qurol-aslahasi temir sovut, jez qalqon va ikki temir nayza bo‘lgan. Qo‘shinning eng ilg‘or askarlarini birinchi ikki mingtasi faqat fors aslzodalari vakillaridan iborat bo‘lib, ikki ming piyoda nayzabador podshoning shaxsiy qo‘riqchilari hisoblanganlar. Qolgan o‘n ming piyoda askar turli fors, elam qabilalardan to‘ldirilgan. Bosib olingan mamlakatlarda isyonlar, qaram aholining qo‘zg‘olonlarini bostirish maqsadida qo‘shinlar joylashtiril- gan. Misr va Bobilda 10-12 ming kishilik qo‘shin turgan. Dav- lat chegaralarida harbiylarga yer berilib, harbiy garnizonlar joylashtirilgan. Bevosita xiz matda bo‘lgan harbiylar har oyda mahsulot bilan ish haqi olganlar. Iste’foga chiqqan askar oilasi bilan asosan kichik yer ulushidan kun ko‘rgan, savdo va turli hunarlar bilan shug‘ullangan. Eng muhim urush harakatlari davrida har bir qaram xalq ma’lum miqdorda askar yetkazib berish majburiyatini olgan. Doro I davrida forslar dengizda ham yetakchi rol o‘ynay bosh- laydilar. Dengiz janglari Finikiya, Kipr, Egey orollari va Misr floti yordamida olib borilgan. Matros sifatida saklar, forslar 229 xizmat qilganlar. Ko‘pincha flotda rahbarlik vazifalariga mis- rliklar ta yinlangan. Mil.avv. V asrdan boshlab Fors o‘lkasida dehqonlarning iqtisodiy ahvoli yomonlashdi. Dehqonlar harbiy xizmatdan bosh torta boshladilar. Bu, o‘z navbatida, fors piyo- da qo‘shinlarining jangovar qobiliyati pasayishiga olib keldi. Endilikda ular yaxshi qurollangan yunon yollanma askarlar bi- lan almashtirila boshlandi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling