Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

4. Midiya podsholigi. Midiyaliklar Shimoliy Qora dengiz 
bo‘yidan hozirgi Afg‘oniston hududlarigacha cho‘zilgan be-
poyon hududda yashagan sak-skif qabilalarining bir qismi 
edi. Olimlarning fikriga ko‘ra, midiyaliklar mil.avv. IX–VIII asr-
larda O‘rta Osiyo va unga qo‘shni hududlardan Eron yerlari ga 
tarqalganlar. Mil.avv. I ming yillik boshlarida midianitlar Shi-
moliy-G‘arbiy Eronda o‘rnashadilar. Bu hududda mil.avv. IX 
asrda ibtidoiy jamoa munosabatlari yemirilib, kichik siyosiy 
birlashmalar vujudga keldi. Mamlakatning g‘arbiy qismi Zag-
ros tog‘i hududi bo‘lib, keyinchalik Midiya Atropatenasi deb 
atalgan. Atropatenadan sharqda Midiyaning tekislik qismi joy-
lashgan. Mil.avv. III–II ming yilliklarda bu hududlarda kassit, 
kutiy va xurrit tillarida so‘zlashadigan o‘troq va ko‘chmanchi 
chorvadorlar yashaganlar.
Osuriyaning muntazam tazyiqi midianitlarni kichik davlat 
birlashmalarini mil.avv. VII asr boshlarida birlashishga maj-
bur qildi. Skif va kimmeriylar qo‘llab-quvvatlagan midianit-
lar VII asr boshlarida Osuriyaga qarshi isyon ko‘tardilar. Osu riya 
qo‘zg‘olonchilardan skiflarni ajratishga erishdi, lekin midia-
nitlar Osuriyaga qarshi kurashni davom ettirib, mustaqillikka
erishdilar. Ularning yo‘lboshchisi Kashtariti Midiya hududi-
ni birlashtirib, sharqda mil.avv. VII asr o‘rtalarida Midiyani 
Osuriya, Elam kabi qudratli davlatga aylantiradi. Shu vaqtda mil.


219
avv. 653-yil Osuriyaning ittifoqchisi skiflar Midiyaga bostirib kirib, 
uni ishg‘ol qildilar. Ular Midiyada 29 yil hukmronlik qildilar. 
Kashtaritining vorisi Kayxusrav mil.avv. 624-yili skiflar huk-
mronligiga chek qo‘yib, barcha Midiya qabilalarini birlashtirdi. 
Mamlakat poytaxti qilib, Ekbatana shahri (hozirgi Hamadon 
yaqinida) belgilandi. Kayxusrav ko‘ngilli qo‘shin o‘rniga qurol 
turlari bo‘yicha (nayzachilar, kamonchilar, otliqlar) bo‘lingan 
kuchli jangovar qobiliyatga ega bo‘lgan qo‘shin tuzdi. Kayx-
usrav ana shunday kuchli qo‘shinga ega bo‘lgach, Bobil bilan 
azaliy dushman, zaiflashib borayotgan Osuriyaga qarshi ittifoq 
tuzib, unga qarshi urush harakatlarini boshladi.
Kayxusrav o‘z chegaralarini janub va sharqdagi qo‘shnilari 
hisobiga kengaytirishga kirishdi. Mil.avv. 624-yil Fors viloyati, 
keyin Parfiya va Girkaniya, Armaniston bosib olindi. Mil.avv. 
614-yil Osuriyaning qadimgi poytaxti Ashshur bosib olinib, 
mil.avv. 612-yil 2 yillik qamaldan so‘ng Nineviya taslim bo‘ldi. 
Natijada Kichik Osiyoning sharqiy qismi va Osuriyaning asosiy 
hududi Midiya qo‘liga o‘tdi. Mil.avv. 609-yilda Midiya qo‘shin-
lari Xarran shahrida osur qo‘shinlari qoldiqlarini tor-mor qildi-
lar. Midiya Shimoliy Mesopotamiya va Xarran viloyatini, janub-
da Fors, Kaspiy dengizining janubiy-sharqidagi Parfiya va Gir-
kaniyani bosib oldi. Mil.avv. 593-yilda midiyaliklar Urartu, Skif 
davlatlarini, Sakasena va Manna kabi kichik davlatchalarni 
o‘ziga qo‘shib oldi. Mil.avv. 590-yilda Kichik Osiyodagi Kappa-
dokiya zabt etildi. Shundan so‘ng Kichik Osiyoning qudratli 
davlati Lidiya bilan urush boshlandi. Urush Navuxodonosor II 
vositachiligida Kayxusrav va Lidiya podshosi Aliatt farzandlari 
(fraorti) o‘rtasidagi sulolaviy nikoh tuzish bilan tugallandi. 
Mil.avv. 585–550-yillarda podsholik qilgan Astiag davri-
da Midiya katta va qudratli davlatga aylandi. Bu vaqtda Elam 
ham qo‘shib olindi. Astiagning vorisi yo‘q bo‘lib, u o‘z taxtini 
qizi Mandana yoki uning bolalariga qoldirishi lozim edi. Qizi 
Mandana Astiagga qaram Fors viloyati hokimi Kambizning 
rafiqasi bo‘lib, bu nikohdan bo‘lajak fors hukmdor Kayxusrav 
tug‘ildi. Mil.avv. 554-yilda Midiyaga qaram forslar unga qarshi 
qo‘zg‘olon ko‘tardilar. To‘rt yillik urushdan so‘ng forslar Midi-
ya ustidan to‘la g‘alaba qildilar. Midiya Fors qabilasining Ah-
mon urug‘i vakili hukmron bo‘lgan Fors davlati tarkibiga kir-
di. Midiya madaniyati namunalari bo‘lgan me’moriy inshoot-
lar, tasviriy san’at asarlari bizgacha yetib kelgan. Gerodot va 
Polibiy asarlarida Midiya poytaxti Ekbatanadagi podsho saroyi 


220
tasviri saqlanib qolgan. Saroy-qal’a yetti qavat devorlar bilan 
o‘rab olin gan. Bu devorlarning ichida saroyning o‘zi va xazina 
joylashgan. Saroyning aylanasi 1 kilometrdan ortiq bo‘lgan. Sa-
royning devorlari va shiftlari kedr yog‘ochidan qilinib, oltin va 
kumush bilan qoplangan. 
Arxeologik qazishmalar Midiya hududida XX asrda tizim-
li olib borildi. Ushbu arxeologik qazilmalar natijasida topil-
gan yodgorliklarning yoshi mil.avv. 1300–1600-yillarga tengli-
gi aniqlangan. Bu yerdan topilgan jezdan yasalgan uy-ro‘zg‘or 
buyumlari, qurollar hayotiy va afsonaviy mavjudotlar tasviri bi-
lan bezatilgan. Mahalliy aholi 1947-yilda Sakkiz shahri yaqin-
idagi baland tepalikdan Midiya davriga tegishli xazina topgan. 
Topilmalar ichida ko‘rinishidan podsho taqqan ko‘krak bezagi, 
podsho oltin tojining parchasi, qilich sopining quyma oltin qis-
mi, ot egar-jabdug‘ining oltin qismlari va sopol ko‘zalar mavjud. 
Bu buyumlarni bezashda kiyik, kalxat va quyon tasvirlaridan 
foydalanilgan. Arxeologlar, bu xazina topilgan joyda mil.avv. 
VIII–VII asrlarda Midiya qal’asi mavjud bo‘lganini aniqladilar. 
Shimoliy-G’arbiy Eronda, Gilyon viloyati va Hamadon yaqini-
dan Midiya davriga oid qal’alar, saroylar, ibodatxonalar, oltin, 
kumush, sopoldan yasalgan erkak va ayollar haykalchalari 
hamda oltin, kumush ko‘zalar qazib ochilgan.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling