Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Me’morchilik. Qadimgi Afg‘onistonda shaharsozlik mudofaa 
inshootlari, qal’alar, ibodatxonalar, uy-joy qurish yuksak rivoj-
langan. Shaharlar reja asosida to‘rtburchakli kvadrat shak-
lida qurilib, bir-biri bilan kesishgan to‘g‘ri ko‘chalar bo‘lgan. 
Baqtriya, Araxosiya, Ganhara va boshqa viloyatlarda ko‘plab 
shaharlar bo‘lgan. Davlat hokimiyati shaharsozlikka, uning 
devorlari, asosiy qismlarini qurishni yo‘naltirib turgan. Qun-
duz viloyatida Oksdagi Aleksandriya (hozirgi nomi Oy-Xonim), 
Shimoliy Baqtriyada Qayqubodshoh, Dalvarzintepa, Zartepa 
(hozirgi O‘zbekiston), Kapisa shahri (Bagram viloyati) Dilber-
jin (Mozori-sharif yonida) qazib ochilgan. Qazib ochilgan sha-
harlarda san’at asarlarining ajoyib namunalari, turli o‘lcham-
dagi haykallar topilgan. Oks Aleksandriyasi (Oy Xonim) shahri-
da hokim saroyining hashamatli zalida balandligi 1 metrdan 
1,5 metrgacha bo‘lgan 15 haykal devor bo‘ylab qo‘yilgan. Bosh-
qa inshootda odam bo‘yidan 2-3 marta baland bo‘lgan ulkan 
haykallar ansambli mavjud. Bosh ko‘chaning nihoyasidagi ibo-
datxonada ulkan ma’bud haykali qo‘yilgan. Haykallar marmar 
va loydan ishlangan. 
Qadimgi Afg‘oniston madaniyati mil.avv. II–IV asrlarda o‘z 
taraqqiyotining yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Bu madaniyatda 
O‘rta Osiyo o‘troq va ko‘chmanchi etnoslari va Hind madani-
yatining hayotbaxsh sintezi yaqqol ko‘rinadi. Ellin madani-
yati unsurlari ham bu davrda ayrim yodgorliklarda o‘z aksi-
ni topdi. Kushonlar davri yaxlit, ulug‘vor madaniyatining na-
munasi – Tillatepa yodgorligidir. Bu yerda kushon shaharlari 
madaniy hayoti, uy-ro‘zg‘or buyumlari diniy e’tiqod ashyolari 
namunalari da bu davr Afg‘oniston yoki umuman O‘rta Sharq 
madaniyatining mezon-o‘lchamlari o‘z ifodasini topgan. Bu 


211
davrda O‘rta sharqning ommaviy shaharlashgan madaniya-
ti barcha ku shon yodgorliklarida o‘z aksini topadi. Kushon-
lar davrida budda madaniyati davlatning barcha hududlarida 
keng tarqaldi. Budda madaniyati haykallar, relyeflar va tasviriy 
san’atda o‘z aksini topdi. Hozirgi Jalolobod yaqinidagi budda 
ibodatxonalari monastrlari va boshqa yodgorliklari atroflicha 
tadqiq qilingan. Shimoliy Afg‘onistondagi Puli Xumrida Kushon 
sulolasiga tegishli tosh haykallar mustahkamlangan ibodatx-
onada topilgan. Afg‘onistonning barcha hududlarida topilgan 
Kushon yozuvi yunon-baqtriya, baqtriya yozuvlarining yuzlab 
namunalari qadimgi O‘rta Sharq madaniyatining yuqori dara-
jadagi taraqqiyotidan dalolat beradi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling