Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Oriylar muammosi: Yangicha qarashlar va yondashuvlar. – 
Toshkent: «Fan» nashriyoti, 2005.
3. Аскаров. А. Антинаучная позиция пан-ираниста (ответ на 
статью Р.Масова «Тюркизация арийцев») 25.01.2006. Источник 
– Центр Азия Постоянный адрес статьи -http://www.centrasia.ru/
newsA.php?st=1138149000
Asosiy sanalar 
Mil.avv. II–I ming yilliklar
Sak-skif sivilizatsiyasining shakl- 
lanishi va rivojlanishi.
Mil.avv. I ming yillikning
Sak-skif qabilalari ittifoqining 
I yarmi 
judga kelishi.
Mil.avv. VIII asrdan Old
Sak-skif va kimmeriylarning
Osiyoga
yurishi.
Mil.avv. VII–VI asrlar
Sak-skif madaniyatining 
gullab-yashnashi. 
Mil. avv 519-yil
Doro I ning saklar podshosi
Skunxaga qarshi yurishi.
Mil.avv. VI–IV asrlar
Sak-skif qo‘rg‘on va qabrlari.
Mil.avv. II asr
Sharqiy Yevropaga O‘rta Osiyo,
Uraldan sak-skiflar bir qismining
migratsiyasi.


200
QADIMGI AFG‘ONISTON 
1. Hududi, geografik o‘rni va tabiiy sharoiti. 2. Asosiy 
siyosiy voqealar. 3. Ijtimoiy-iqtisodiy hayot. 4. Qadimgi 
Afg‘oniston madaniyati. 
1. Hududi, geografik o‘rni va tabiiy sharoiti. Afg‘oniston 
hududida ilk odamlar bundan 200-100 ming yil oldin yashagani 
G‘azna viloyatidagi dashti Navurda topilgan tosh qurollar dalo-
lat beradi. Shimoli-sharqiy Afg‘onistonda Darran-g‘u darasida 
o‘rta paleolitning mustye bosqichiga tegishli tosh qurollarning 
yoshi mil.avv. 60-35 ming yilliklarni tashkil etadi. Manzilgohda 
xuddi O‘zbekistonda Teshik tosh g‘orida topilgan neandertal 
kabi odam qoldiqlari topildi. 
So‘nggi paleolitga tegishli manzilgohlar Qora Kamar Tosh-
qo‘rg‘onga boradigan Puli Xumri yo‘lidagi g‘orlarda mavjud. 
Qora Kamar darasining mezolit ovchilari qo‘y, jayron, turli 
qushlarni ovlaganlar (mil.avv. 10000-7000 ming yilliklar), bu 
davrga tegishli ikki g‘or va bir ochiq manzilgoh Mozori Sharif 
shahridan pastroqda topilgan. Shimoliy Afg‘onistonning so‘nggi 
mezolit topilmalari bu davr dagi O‘rta Osiyodagi mezolit yodgor-
liklariga o‘xshash. Paleolit yodgorliklari Hindiqush tog‘ etaklari-
dagi Baqtriya tekisligida, Shimoliy Afg‘onistonda joylashgan 
manzilgohlarda tosh qurollar bilan idishlar, yorg‘ichoq va tosh 
motigalar topilgan.
Akademik N.I. Vavilov Afg‘oniston hududidagi Hirot va Qan-
dahorda ilk dehqonchilik rivojlanishini ko‘rsatadi. Afg‘oniston-
da eng qadimgi dehqonchilik va chorvachilik yodgorliklari mil.
avv. IV–III ming yilliklarga tegishli (Qandahor viloyati). Janu-
biy Afg‘onistonda ilk dehqonchilik madaniyatining rivoji fran-
suz arxeologi J.M. Kasalning arxeologik qazishmalari natijasi-
da ochildi. Mil.avv. III ming yillikning birinchi yarmida O‘rta 
Osiyodan qabilalarning Afg‘onistonning janubi-sharqi tomon 
migratsiyasi kuzatiladi. Bu davrda Qandahor dehqonchilik 
madaniyati metalldan keng foydalanadi. Afg‘onistonning o‘zida 
mavjud bo‘lgan xomashyosidan mis va jez boltalar, xanjar va 
turli taqinchoqlar tayyorlash boshlanadi. Bu davrda ko‘rinishi-
dan mulkiy tabaqalanish kuchaydi. Mingquduq hududi deh-


201
qon jamoasining manzilgohi va ilk shahar bo‘lgan. Munguduq 
qo‘rg‘oni mahalliy poytaxt bo‘lgan deb faraz qilinadi. Bu yerda 
katta inshootlar barpo qilinadi. Shunday inshootlardan biri ma-
halliy hokimning qarorgohi bo‘lgan. Bu yerdagi ikkinchi yana 
bir inshoot – ibodatxona qurilgan. Hozirgi Pokiston hududida 
joylashgan qadimgi Xarappa shahri Afg‘onistondan mashhur 
la’l toshini olgan. 
Janubiy Afg‘onistonda Seyiston viloyatida (Gilmen viloya-
ti) ham ilk dehqonchilik rivojlanadi. Mil.avv. II ming yillikda 
Shimolda Mozori sharif hududida bir necha vodiylarda deh-
qonchilik va chorvachilik o‘choqlari paydo bo‘ladi. Avesto-
da Afg‘onistondagi qator tari xiy-madaniy viloyatlar nomlari 
mavjud: Qandahor viloyati «Avesto»da Xaraxvati (yunon tilida 
Araxosiya), Seyiston viloyati «Avesto»da Xaytumanta (hozirgi 
Gilmend). Hirot viloyati «Avesto»da Xaroyva (yunon tilida Ari-
ya), Amudaryoning o‘rta oqimi O‘zbekiston va Tojikistonning 
janubi bilan Baqtriya Avestoda Baxdu (yunon tilida Baqtri-
ana), Murg‘ob va Turkmanistonning janubi-sharqi Marg‘i-
yona Avestoda Mouru (yunon tilida Margiana). Avestoda 
Afg‘oniston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston hududla-
rini o‘z ichiga olgan Baqtriya davlatini shakllangani to‘g‘risi-
da qimmatli ma’lumotlar mavjud. Avestoning «Mixr yasht» 
qismida (Mitraga bag‘ishlangan qism) bir necha viloyatlar-
ni birlashtirgan davlat tepasida turgan Daxyanat to‘g‘risida 
so‘z boradi. Oriylar mamlakati So‘g‘d, Marg‘iyona, Ariya, Xo-
razm va Afg‘onistonning tog‘li hududlaridagi viloyat tavsifla-
nadi. Zardushtiylik dini asoschisi Zardusht mil.avv. VII asr-
da yashagan. Uning onasi Dugdava (sigir sog‘uvchi), otasi 
Purushaspa (kulrang otlar egasi). Zardusht 30 yoshida yan-
gi ta’limotni targ‘ib qilishni boshlaydi. An’anaviy din kohin-
lari uni ta’qib qilganlari uchun o‘z tug‘ilgan joyidan ketish-
ga majbur bo‘ladi. U hokim Vishtasp saroyida panoh topa-
di. Vishtasp saroyida uning ta’limotiga zodagonlar, hokim-
ning bosh maslahatchisi Jamasp ergashadilar. U 42 yoshida 
necha yutuqqa erishadi. Vishtasp hokimiyatini mustahkam-
lay olmaydi. Uning yaqinlaridan biri uni hokimiyatdan chet-
lashtiradi. Zardusht 77 yoshida tur qabilasi vakili tomonidan 
o‘ldiriladi. Bu Baqtriyada katta davlat tuzish uchun kurash 
borganidan dalolat beradi. Baqtriya davlati hukmdorlari kat-
ta yutuqlarga erishadilar. Avestoda Baqtriya bayroqlari ba-
land ko‘tarilgan ming shaharli mamlakat deb tavsiflanadi. 


202

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling