Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

4. Qadimgi Afg‘oniston madaniyati. Afg‘oniston bizning 
eng yaqin qo‘shnilarimizdan biri bo‘lib, uning eng qadimgi, o‘rta 
asrlar, yangi va eng yangi tarixi bizning tariximiz bilan cham-
barchas bog‘langan. Qadimgi Afg‘oniston madaniyati bizning 
madaniyatimiz bilan yonma-yon, ko‘p vaqtlar birgalikda yashab 
o‘tgan qon-qarindosh etnoslarning hamkorlikda shakllantirgan 
boy va o‘ziga xos mazmunga ega bo‘lgan taraqqiyot yo‘lini bosib 
o‘tdi. 
Afg‘onistonning shimolidagi Baqtriya viloyati Amudaryoning 
o‘ng va so‘l qirg‘og‘ini qamrab olgan edi. Shimoliy-g‘arbda Ariya 
viloyati (Hirot vodiysi) Baqtriya va Parfiya madaniyatlarini o‘zi-
da aks ettiradi. Ko‘chmanchi saklar yashagan g‘arbdagi cho‘l 
hududlarida Sakiston sivilizatsiyasi shakllanadi. Bu sivilizat-
siya qadimgi dehqonchilik va shimoldagi ko‘chmanchi etnoslar 
madaniyatlarining o‘zaro ta’siri natijasida shakllangan yaxlit 
bir madaniyatni tashkil qiladi. Qadimda Afg‘onistonning janu-
biy-g‘arbida hozirgi G‘azna va Qandahor viloyatlarida o‘ziga xos 
madaniyat shakllanadi. Markaziy Afg‘onistonning tog‘li viloyat-
larida (antik mualliflar bu hududni Paropamus deb ataydilar) 
ko‘chmanchi chorvadorlarning an’anaviy madaniyati shakl-
lanadi. Hozirgi Qobul va Jalolobod viloyatlari hududida O‘rta 
Osiyo va hind madaniyatlarining o‘zaro ta’siri yaqqol ko‘rinadi. 
Afg‘oniston hududidagi qadimgi madaniyatlar turli darajada va 
turli vaqtda rivojlanib, qadimgi davr oxirida bir-biriga yaqin-
lashib rivojlanadi. 
Mil.avv. II ming yillik oxirida Afg‘onistonning shimoli Baqtri-
yada iqtisodiy taraqqiyot boshlanadi. Baqtriya tekisligida qa-
dimgi madaniyat o‘choqlari vujudga keladi. Hindiqush tog‘ 
etaklaridan boshlanadigan sersuv daryo vodiylarida mil.avv. 
II ming yillik boshlaridan qadimgi dehqonlarning o‘nlab, yuz-
lab uy-ro‘zg‘or manzilgohlari paydo bo‘ladi. Uy-joylar to‘g‘ri 
to‘rtburchakli reja asosida xom g‘ishtdan qurilgan. Uy qurish 
san’ati yuqori darajada rivojlanib, uyni isitishda uy devorlari 
oralig‘ida tutunni xonadan tashqariga chiqaradigan mo‘rili 
o‘choqlar quriladi. Qo‘rg‘onlarda zax suvlarni haydaydigan dre-
naj tizimi mavjud edi. To‘g‘ri to‘rtburchakli qilib qurilgan, qa-
linligi 4 m gacha bo‘lgan mustahkam devorlar bilan o‘ralgan 
qal’alar paydo bo‘la boshlaydi. Devorlar burchaklarida aylana 
minoralar mavjud edi. 


208
Jez davrida topilgan yuzlab mis-jezdan tayyorlangan mehnat 
qurollari, har xil taqinchoqlar Afg‘onistonda metallurgiya rivoj-
langanini ko‘rsatadi. Ko‘p hollarda marosimlarda foydala nish 
uchun yasalgan og‘ir oyboltalarga qushlar, hayvonlar va odam 
tasviri tushiriladi. Ayniqsa, Afg‘oniston hududidan topilgan 
qushboshli, to‘ng‘iz va qanotli ajdarho tasviri tushirilgan ku-
mush oybolta haqiqiy san’at asaridir. Tog‘ echkisi, to‘ng‘iz, 
to‘g‘nag‘ichlar, qushlar shakli, odamlar tasviri tabiiy ishla-
nadi. Oltin va kumush ko‘zalarda manzaralar o‘yib tushirila-
di. Haykalchalar bilan misdan yasalgan atir-upa idishlarning 
kolleksiyasi jez davri badiiy san’atining yuksak namunasidir. 
Qadimgi Baqtriyaning qabrlaridan topilgan metall buyumlar, 
garpunlar Elam, Mesopotamiya topilmalariga o‘xshash. Baqtri-
yada tosh yo‘nish san’ati yuqori darajada rivojlangan. Rangli 
marmarsimon tosh jinsidan turli shakldagi ko‘zalar yo‘niladi. 
Qora, yumshoq steatitdan juda kichik idish (flakon) va atir-
upa qutichalari tayyorlangan. Ular turli tasvirlar, jumladan, 
to‘lg‘anayotgan ajdar ko‘rinishida bezaladi. Tosh o‘yishning 
yuksak namunasi sifatida qora steatitdan yo‘nilib, oq toshdan 
boshchalar ko‘rinishidagi haykalchalarni ko‘rish mumkin.
Baqtriyaning tosh tumorlari, muhrlarida o‘yilgan ajdarho-
larning ilon bilan kurashi ezgulikning yovuzlik bilan kurashini 
ifodalaydi. Mis muhrlarda qadimgi Baqtriya ma’budlari, ular-
ning ba’zilarida qush boshli qanotli ma’budlar tasvirlangan. 
Qadimgi Baqtriyada jez davrida me’morchilik yuqori darajada 
rivojlangan. Saroy va ibodatxonalar qurilishida Baqtriyaning 
o‘ziga xos uslubi shakllanadi. Janubiy Baqtriyadagi Qutlug‘te-
padan topilgan ulkan inshootda aylana zallar tizimi inshoot 
asosini tashkil qiladi. Dashlin vodiysida ham katta me’moriy 
inshoot tadqiq qilinib, u Oltin-10 deb ataladi. Inshoot bir necha 
mustaqil binolardan tashkil topgan. Ulardan biri 80x55 m, to‘rt 
burchagining har birini markazida tayanch ustunli bittadan 
kvadrat bino joylashadi. Bu xonalarning tashqi burchaklari 
keng plyastrlar bilan jihozlanadi. Barcha inshootlar o‘rtasida 
cho‘zilgan xonalar tizimi bilan chegaralangan, o‘z navbatida, 
ularning teng yarmi bilan bo‘lingan. Ularning har biri uch to-
mondan ayvon bilan o‘raladi. 
Ikkinchi inshoot uncha katta bo‘lmagan bino bo‘lib, ichki 
hovli va hovuzga ega. Uch yo‘nalishdagi binolar hovli tomon-
dan yo‘lak bilan cheklanadi. Bu inshoot mahalliy hokimning 
qishki saroyi va bir vaqtning o‘zida ibodatxona vazifasini ham 


209
o‘tagan bo‘lishi mumkin. Mil.avv. IV asrning 20-yillarida make-
doniyalik Aleksandr yurishi davrida Afg‘oniston hududida bir 
necha shaharlar yoki to‘g‘rirog‘i mustahkamlangan qal’alar qu-
rilgani to‘g‘risida antik yozuvchilar ma’lumot beradilar. Shahar 
hududida uy-joy va jamoat binolari qurilgan. Bu yerda 6 ming 
kishilik teatr binosi, maktab mashg’ulotlari uchun gimnaziya 
va sport mashg’ulotlari uchun bino va hovuz joylashgan. 
Oyxonum shahri Yunon-Baqtriyaning eng ko‘zga ko‘ringan 
savdo-hunarmandchilik, madaniy va ma’muriy markazlaridan 
biri edi. Shaharning 1/3 qismini ulkan saroy egallagan. Saroy 
tarkibiga rasmiy tantanalar o‘tkaziladigan binolar, turar joy va 
xizmat xonalari kirgan. Saroy oldidagi keng hovli doriy uslu-
bidagi ustunlar (kolonnalar) bilan o‘ralgan. Saroy qurilishida 
sharqona uyg’unlik, barqarorlik yunoncha qurilish uslublari 
bilan uyg’unlikda gavdalanadi. Saroyga xazina binosi yopishib 
turadi. Bu binoda loy taxtachaga tush bilan yozilgan moliyaviy 
hisobot bo‘yicha bir necha hujjatlar saqlanib qolgan. Shahar-
dagi ibodatxonalar Sharq me’morchiligi uslubida qurilgan. Bu 
yerda sharqona diniy urf-odat va an’analar bajarilgan. Ibodat-
xona haykallari ham mahalliy uslubda yasalgan.
Bu davrning eng mashhur yodgorligi Afg’onistonning eng 
janubida joylashgan Surx Qo‘tal sulolaviy muqaddas ziyoratg-
ohidir. Ziyoratgoh baland tepalikda joylashgan. Tepalikka chi-
qishda bir-biriga tutashgan uch ulkan supa bunyod qilingan. 
Supalar markazida tepalikning eng yuqorisida qurilgan ibo-
datxonaga boradigan zinapoyasimon yo‘l mavjud. Ibodatxona 
katta maydon o‘rtasida joylashgan bo‘lib, to‘rt tomoni ayvon bi-
lan o‘ralgan. Ravoqlarda ko‘rinishidan hukmron sulola a’zola-
rining tasvirlarini aks ettiradigan haykallar va haykal guruhlari 
joylashtirilgan. Olimlarning fikricha, bu zardushtiylik ibodat-
xonasi bo‘lgan. 
Boshqa bir yirik madaniy markaz – Bagram. Bu yerda shahar 
devori yonidan inshoot qazib ochilgan. Bu binoda dunyoning tur-
li burchaklaridan keltirilgan san’at buyumlari saqlangan ulkan 
ombor binosi topildi. Arxeologik qazishmalar natijasida Hindis-
tondan olib kelingan fil suyagidan yasalgan panno, laklangan 
Xitoy qutichalari, Rim imperiyasi hududlaridan olib kelingan 
buyumlar qazib ochildi. Bagramdan topilgan katta miqdordagi 
jez haykalchalar, tasvirlar tushirilgan shisha ko‘zachalar, ku-
mush idishlar ajoyib taassurot qoldiradi. Bagram viloyatidan 
topib tadqiq qilingan shahar qoldig‘i va turli buyumlar bu yer 


210
xalqaro savdo yo‘llari tutashgan yirik savdo-hunarmandchilik 
markazi bo‘lganidan dalolat beradi. 
Milodiy I–V asrlarga tegishli budda san’atining noyob namu-
nalari Afg‘onistonning barcha viloyatlaridan topilgan. Chunki 
bu davrda Afg‘oniston qudratli Kushonlar davlati tarkibiga kir-
gan. Bu davrda Afg‘oniston turli sivilizatsiyalar bilan, ayniqsa, 
O‘rta Osiyoning qadimgi sivilizatsiyasi bilan hamnafas rivojla-
nadi. O‘zbekistonning janubiy va g‘arbiy hududlarida yashagan 
etnik guruhlarning Afg‘oniston bilan etnik-madaniy assimilatsi-
yasi va madaniyatlarning o‘zaro aloqasi yuz beradi. Bu Afg‘onis-
ton va O‘rta Osiyoning milodiy I–II ming yilliklarda bir-birini 
boyitgan yaxlit bir madaniy muhiti shakllanishiga olib keladi.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling