212
QADIMGI ERON
1. Eron iqlimi va aholisi. 2. Qadimgi Eron tarixi manbalari
va tarixnavisligi. 3. Qadimgi Elam. 4. Midiya podsholigi
(mil.avv. VII–VI asrlar). 5. Parsuash mamlakati. 6.Ahmoniy-
lar Eroni davlatining siyosiy tarixi. 7. Qo‘shin. 8. Ahmoniy-
lar davlatining ijtimoiy holati va davlat tuzumi. 9. Qadimgi
Eron madaniyati.
1. Eron iqlimi va aholisi. Eron bepoyon tog‘li va ko‘p cho‘llar-
dan iborat kontinental iqlimli mamlakat. Dehqonchilik uchun
qulay vodiylar, tog‘ oldi hududlari juda ko‘p. Shimolda Elburs
tog‘
tizimi va unga Turkman, Xuroson tog‘lari qo‘shiladi. G‘arb-
dan va janubdan Zagros va Janubiy Eron tog‘lari o‘rab turadi.
Janubiy-g‘arbiy Eronda (Xuziston) Qorun va Qerxa daryolari
vodiysida yuqori hosil beradigan yerlar mavjud.
Qadimgi G‘arbiy Eronda hind-yevropa tillarida so‘zlashadi-
gan elam, lulubey, qutiy (gutiy) va kassit qabilalari yashagan.
«Eron» so‘zi «ariana» – oriylar mamlakati degan ma’noni bildiradi.
Oriylar mil.avv. II ming yillikda O‘rta Osiyodan Eron, Afg‘onis-
ton, Hindistongacha tarqaldilar. Ular ko‘chmanchi chorvador-
lik bilan shug‘ullanib, bepoyon hududlarda yashaganlar. Bu
davrda sak-skif qabilalari Osiyo va
Yevropa sharqini Qora den-
giz bo‘yigacha bo‘lgan hududlarni egallagan edilar. Iqlimning
o‘zgarishi, mehnat qurollarining takomillashuvi, aholi sonining
ko‘payishi sak-skiflarni bo‘sh yotgan
yerlarni egallash uchun
siljishlariga sabab bo‘ldi. Ular bir necha ming yil davomida
Shimoliy Xitoydan Qora dengizigacha cho‘zilib ketgan, fanda
Buyuk cho‘llar deb atalgan bepoyon hududda yashadilar. Oriy-
lar sak-skiflarning mil.avv. II ming yillikdagi migratsiya to‘lqini
bo‘lib, Hindistongacha bo‘lgan hududlarda yuz berdi. Oriylar-
ning turmush tarzi, madaniyati, urf-adat va an’analari
sak-skif-
lar bilan aynan mos tushadi. Arxeologik topilmalar bu fikrning
yaqqol dalilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: