Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

 3. Qadimgi Elam. Qadimgi Elam tarixi uchga: qadimgi mil.
avv. III ming yillikdan – mil.avv. XIV asrgacha, o‘rta elam davri 
mil.avv. XIV asrning II yarmidan – mil.avv. VIII asrgacha, yangi 
elam davri mil.avv. VII – mil.avv. VI asr o‘rtalari.
 Mil.avv. VII – 


215
VI ming yilliklarda G‘arbiy Eronda dehqonchilik bilan shug‘ul-
lanadigan o‘troq va ko‘chmanchi chorvador qabilalar yashagan-
lar. Aholining ko‘payishi natijasida ushbu qabilalarning bir qis-
mi mil.avv. VI – V ming yilliklarda Eronning boshqa hududida 
tarqaladilar. Mil.avv. III ming yillik boshlarida Janubiy-G‘arbiy 
Eronda elam qabilalarining Elamtu (Bobil va osur tilida «mam-
lakat») yoki Elam ilk davlat birlashmasi shakllanadi. Elam 
Mesopotamiya hamda Shimoliy va Sharqiy Eron bilan bog‘lan-
gan Qorun va Qerxa daryolari vodiylarida joylashgan edi. Suza 
shahri poytaxtga aylanadi. Elam davlati mil.avv. XXIV–XXII 
asr larda Akkad podsholigiga bevosita qaram bo‘ladi. 
Elamning tekislik qismi Qorun va Qerxa daryolari bilan 
sug‘orilib, mil.avv. IV – III ming yilliklarda tariq, emmer va me-
valar yetishtirilgan. Shu vaqtda hunarmandchilik, ayniqsa, ku-
lolchilik rivojlandi. Tog‘li Baxtiyor hududlari mis, qo‘rg‘oshin-
ga boy bo‘lgan. Tog‘li hududlar aholisining asosiy mashg‘uloti 
chorvachilik edi. Bundan tashqari, Elamda qadimda Avan, An-
shan, Qimash va Simash kichik davlatlari mavjud bo‘lgan. Ular 
asta-sekin bir davlatga birlashtiriladi.
Elamning siyosiy tarixi uning butun tarixi davomida Mesopo-
tamiya tarixi bilan yaqin bog‘langan. Har ikkala hudud bir-bi-
ri bilan yaqin siyosiy-iqtisodiy, savdo va madaniy aloqalarda 
bo‘ladi. Mil.avv. XXIV – XXIII asrlarda Elam Mesopotamiyani 
birlashtirgan Akkad davlati tarkibiga kirdi. O‘sha davrda Elam-
dagi ko‘pchilik hujjatlar va yozuvlar akkad tilida tuziladi. Mil.
avv. XXII – XXI asrlarda III Ur sulolasi davrida Elam Mesopota-
miya tarkibida qoldi. Mil.avv. XXI asrning II yarmida Elam yana 
mustaqilligini tikladi. Podsho Kutir-Naxxunte I davrida (mil.
avv. 1730–1700-yillar) Elam Mesopotamiyani bosib oldi. Elam 
mil. avv XIV asrgacha mustaqil davlat sifatida mavjud bo‘ldi. 
Mil.avv. XIV asrdan – mil.avv. XII asrgacha Elam kassit-
lar hukmron bo‘lgan Bobilga qaram bo‘ladi. Elam mil.avv. 
1155-yildan – mil.avv. 1115-yillarda o‘z mustaqilligini qayta 
tikladi. Elam podshosi Shutruk – Naxxunte I Bobilga g‘olibona 
yurish qilib, shaharni taladi va boy o‘lja bilan Suzaga qaytdi. 
Bu o‘ljalar ichida Xammurapi qonunlari bitilgan tosh lavha bor 
edi. XX asr boshlarida Suzada fransuz arxeologlari olib bor-
gan qazishmalarda bu lavha topildi. Elam podshosi Kutir-Nax-
xunte III mil.avv. 1159–1157-yillar kassitlar Bobili bilan urush-
lar olib boradi. Urush Bobil, Sippar, Nippur va boshqa sha-


216
harlarni elamliklar tomonidan bosib olinishi bilan tugadi. Bu 
davr Elamning gullab-yashagan davri edi. Elam davlatining 
hududi Eronning o‘zida hukmronligi janubda Fors qo‘ltig‘i-
gacha, shimolda Hamadon shahrigacha cho‘zilgan. Mil.avv. 
VIII asrda Elam Bobil va Osuriyaga qarshi urushlar olib bor-
di hamda mil.avv. 720-yilda Elam qo‘shinlari Der yonidagi 
jangda
 osuriyaliklarga kuchli zarba berdi. O‘n yil o‘tgandan 
so‘ng Osuriya podshosi Sargon II Elamga bostirib kirib, uning 
qo‘shinini yanchib tashladi.
Mil.avv. VII asrda ham Elam Osuriyaga qarshi kurashda 
Bobilga bir necha marta yordam berdi. Ashshurbanipal Elam-
ga olti marta yurish qilib, Elam shaharlarini vayron qildi. Elam
Osuriyaga rasman bo‘ysundirildi. Osuriyaning halokatidan 
so‘ng, o‘zaro urushlar girdobida qolgan Elamni Midiya bosib 
oldi. Ke yinchalik midiyalik mil. avv 549-yil atrofida Elam forslar 
tomonidan bosib olinib, o‘z mustaqilligini abadiy yo‘qotdi.
Qadimgi manbalarda Elam – xatamti deb aytiladi. Elam ning 
eng muhim viloyatlari Baraxishi, Simashki, Anshan, asosiy sha-
harlari Avan (bu shahardan elam hukmdorlari kelib chiqqan. 
Shumer hujjatlari Mesopotamiyaning Elam bilan savdo aloqa-
lari mil.avv. III ming yillikdan o‘rnatilgani to‘g‘risida ma’lumot 
beradi. Elamdan shumer shaharlari qimmatli yog‘och, kumush 
va mis olib ketganlar, tariq va metall eksport qilganlar. Elam-
da hunarmandchilik mil.avv. II ming yillikdan yuqori daraja-
da rivojlanadi, hujjatlarda quruvchi, duradgor, kulol va novvoy 
kasblari keltiriladi. Podsho yerlari, ibodatxona xo‘jaligi va uy 
xo‘jaligida mil.avv. II ming yillikdan boshlab qul mehnatidan 
foydalaniladi. 
Qadimgi Elamda shakllangan davlat boshqaruvi mavjud 
bo‘lgan. Podsho sukkalmax («buyuk elchi») unvoni bilan Suza-
dan turib davlatni boshqaradi. Davlatni boshqarishda yordam 
bergan podshoning kenja ukasi sukkalom («elchi») deb atalib, 
Simash (elam tilida Nishanki) shahrini qarorgoh qilib, Elam va 
Simashni boshqaradi. Kichik viloyatlarni «otalar» («adda») bosh-
qaradilar. Hukmdor dunyodan o‘tgach, uning o‘rniga podsho-
ning ona urug‘idan jiyani yoki singlisining o‘g‘li taxtga o‘tirgan. 
Elam podsholari oilasida bo‘lg‘usi hukmdorlar o‘z singillari bi-
lan turmush qurganlar (levirat). Podsho vafot qilgach, uning 
ukasi akasining beva ayoliga uylanib, podsho bo‘lish huquqiga 
ega bo‘lgan. Mil.avv. XIII asrdan boshlab podsholik taxti ota 


217
urug‘i bo‘yicha podshodan uning katta o‘g‘liga meros bo‘lib o‘ta-
digan bo‘ldi.
Elamda mil.avv. III ming yillikda qishloq dehqon jamoasi 
asosiy iqtisodiy-ijtimoiy tashkilot shakli edi. Qishloq jamoasi-
ga qon-qarindoshligidan qat’iy nazar yerga jamoa egalik qilib, 
jamoa tarkibiga barcha erkin kishilar kirar edi. Jamoa xalq 
yig‘inida saylangan oqsoqol tomonidan boshqarilgan. Xalq 
yig‘ini va ular saylagan vakolatli kishilar mulkiy muammolar-
ni va boshqa muammoli masalalarni hal qilib, jinoyatchilarni 
sud qilganlar. Mil.avv. II ming yillik boshlarida qishloq jamoa-
lari mulkiy tabaqalanish natijasida yemirila boshladi. Yer boy 
oilalar qo‘lida to‘planib, qaram dehqonlar paydo bo‘la boshladi. 
Elamda jamoa yer egaligi o‘rniga xususiy xo‘jalik, podsho va 
ibodatxona xo‘jaliklari paydo bo‘ldi. 
Elam o‘zining uch ming yillik tarixi davomida yuksak madani-
yatni yaratdi. Elamliklar mil.avv. III ming yillik boshlarida pik-
tografik (rasm) yozuvni yaratdilar. U 150 belgidan iborat bo‘lib, 
ko‘pincha xo‘jalik hujjatlarini yozishda 400 yil davomida foyda-
lanib kelindi. Yozuv takomillashib borib, mil.avv. III ming yillik-
ning ikkinchi yarmida Elamda 80 belgili chiziqli yozuv vujudga 
keldi. Bu yozuvda siyosiy matnlar bitilgan. 
Elam jamiyati rivojlangan diniy e’tiqodga ega bo‘lgan. Mil.
avv. XXIII asrga bir matnda Elamning 37 ilohlari nomlari kel-
tirilgan. Iloh va ma’budalarga bag‘ichlab hashamatli ibodat-
xonalar qurilgan. Elamning diniy markazi Suza shahri bo‘lib, 
bu shaharning homiysi xudo Inshushinak edi. Dastlab Elam 
xudolari panteonida «ulug‘ ma’buda», xudolar onasi ma’buda 
Pinekir birinchi o‘rinda turgan. Bu Elam jamiyatida matriarxat 
an’analarining ustuvor bo‘lganini ko‘rsatadi. Keyinchalik xudo 
Xumban yetakchi mavqyeini egallaydi. Quyosh xudosi Naxunta 
kunning yaratuvchisi hisoblangan. Ibodatxona, zikkuratlar qu-
rilib, ularda ilohlarning haykallari qo‘yilgan.
Elam uch ming yil ichida yuqori darajada shakllangan san’at 
yaratdi. Elam xum va ko‘zalari geometrik chiziqlar, qushlar 
va mavjudotlar va odamlarning geometrik shakldagi tasvirlar 
bilan bezatilgan. Muhrlarda grifonlar (yirtqich qush), qanot-
li sherlar va devlar, tosh ko‘zalarda yirik qoramol, qushlar va 
yovvoyi hayvonlar tasviri tushirilgan. Elamda haykaltaroshlik 
san’ati rivojlangan bo‘lib, ilohlarning haykallari oltin, kumush 
va jezdan ishlangan. Malika Napirasuning 1800 kg vaznli jez 


218
haykali Elam san’atining noyob namunasi hisoblanadi. Elam 
haykaltaroshlik san’atida Bobilning ta’siri seziladi.
Elamliklar mohir me’morlar bo‘lib, jamoa inshootlari, mudo-
faa devorlari qurganlar. Elam me’morchiligining eng katta yod-
gorligi bu – Suza shahridan 30 km masofada bo‘lgan Dur–Un-
tash shaharida qurilgan zikkuratdir (mil.avv. XIII asr). Zikku-
ratga kirishda sherlar, buqalar, kalxatlar, oltin va kumushdan 
quyilgan xudo va podsholarning haykallari qo‘yilgan. Zikkurat-
ning pastki qavati tomonlarining uzunligi 105 metrga teng. Zik-
kurat 7 darvozaga ega bo‘lib, 4 qavatli edi. Inshootning umumiy 
baland ligi 42 metrni tashkil etadi. Uning qurilishiga millionlab 
g‘isht, yuz minglab toshlar ishlatilgan. Zikkurat xarobalaridan 
fransuz arxeologlari metall, marmar va shishadan yasalgan 
ko‘plab bag‘ishlov ko‘zalarini hamda yuzlab podsho yozuvlarini 
topdilar. Dur-Untash shahri mil.avv. VII asrda Elamga bostirib 
kirgan Osuriya qo‘shinlari tomonidan vayron qilingan. Elam 
madaniyati qo‘shni xalqlarning madaniyatlariga hayotbaxsh 
ta’sir qildi.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling