Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Qadimgi Eron tarixi manbalari va tarixnavisligi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
2. Qadimgi Eron tarixi manbalari va tarixnavisligi. Eron
tarixining alohida davrlari turli xil yozma manbalarga boy. Yozuvlardan eng qadimgilari mil.avv. III–I ming yilliklardagi Janubiy-G‘arbiy Eron hududi bo‘lgan Elam tarixini yoritadi: 213 ular podsho yozuvlari, huquqiy hujjatlar, bag‘ishlov matnlari, davlatlararo shartnomalardir. Qadimgi fors davlati tarixi bo‘yicha manbalar xilma-xil: bu xo‘jalik hujjatlari, tarixiy yozuvlar, podsho Doro I ning tosh bi- tiklari, amaldorlarning rasmiy yozishmalari. Hozirgi vaqtda qa- dimgi fors tilidan elam va akkad tillariga tarjima qilingan 200 ga yaqin (podsholar) mixxat yozuvlari chop etilgan. 1972-yilda fransuz arxeologlari Suzadan Doro I ning ulkan haykalini top- dilar. Haykal qadimgi fors, elam, akkad va misr iyeroglif matn- lari bilan qoplangan. Qadimgi Eron poytaxtlaridan biri Perse- poldan podsho Kserks yozuvlari nusxalari hamda mil.avv. III ming yillikka oid elam tilida mixxat bilan yozilgan 800 ta hujjat topilgan. Mil.avv. I ming yillikda O‘rta Osiyo va Eronda hukmron bo‘lgan zardushtiylik e’tiqodining muqaddas kitobi «Avesto» Eronning qadimgi tarixini o‘rganishda eng muhim tarixiy man- balardan biri bo‘ladi. «Avesto» oromiy alfavitida yozilgan bo‘lib, bizgacha uning ayrim qismlari yetib kelgan. Fors qabilalarining Old Osiyo chegaralaridagi migratsiyasi to‘g‘risida mil.avv. IX–VII asrlarga oid Osuriya yozuvlari ma’lu- mot beradi. Bobil tarixiy xronikasi Mesopotamiyani forslar to- monidan bosib olinishi haqida hikoya qiladi. Forslar davriga oid loy taxtachalarda yozilgan 100 ming Bobil xususiy-huquqiy va ma’muriy xo‘jalik hujjatlari mavjud. Misrdan forslar davri- ga oid turli xil ma’muriy xo‘jalik hujjatlari, podsho Kambizning Misr ibodatxona mulklarini cheklash to‘g‘risidagi dekreti, Doro I ning Misr qonunlarini kodifikatsiya qilish to‘g‘risidagi farmoni katta qiziqish uyg‘otadi. Midiya va Eron tarixi bo‘yicha ma’lumot beradigan manbalar- dan biri bu – yunon mualliflarining asarlari hisoblanadi. Gero- dot (mil.avv. V asr)ning asari, Fukidid (mil.avv. V asr) tarixi, Ksenofontning «Yunon tarixi» asari, uning «Anabasis» memuari, sitsiliyalik Diodor ning «Tarixiy kutubxona»si kabi asarlar qa- dimgi fors tarixiga oid boy siyosiy, ijtimoiy, harbiy-diplomatik ma’lumotlar beradi. Eronda mezolit va neolit davriga oid manzilgohlar, ar xeolo- gik topilmalar, kulolchilik buyumlari, Suza shahrining ilk qatlamlari yodgorliklari, Eron poytaxt shaharlari – Suza, Ekbata- na, Persepol xarobalaridan topilgan ulug‘vor haykallar, qoya- tosh relyeflari, qimmatbaho metallardan qilingan buyumlar: 214 riton-qadahlar, harbiy qurollar va taqinchoq-bezaklar topib o‘rganildi. Qadimgi Eron tarixi bo‘yicha Yevropa olimlari qator tad- qiqotlarni amalga oshirdilar. Italiyalik yosh sayyoh keyinchalik papa Urban VIII ning kamergeri bo‘lgan Petro della Valle 1614-yil- da Eronga sayohat qilib, qadimgi Persepol shahri xarobalari va undagi yozuvlar to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar beradi. Daniya- lik olim Karsted Nubur 1760-yilda Persepol yozuvlari ni o‘rganib, bu yozuv uch tilda yozilganini aniqlaydi. Shundan so‘ng nemis olimi O.G. Tixsen bu yozuvlarni o‘qishga harakat qildi. Perse- pol yozuvlarini o‘qishga nemis olimi Gpotefend, ingliz Rouling- son va boshqa olimlar o‘z hissalarini qo‘shdilar. Yevropa olimlari J. de Margo va Grishman qadimgi shaharlar xarobalari ni o‘rga- nib, eronshunoslik faniga muhim hissa qo‘shdilar. Qadimgi Elam poytaxti Suzada 1807-yil fransuz arxeologi De Morgan arxeologik qazishmalarni olib bordi. De Morgan Su- zada Xammurapining qonunlari yozilgan bazalt toshini topdi. M.M.Dandamayevning «Qadimgi Eron tarixi ocherklari», ame- rikalik R.Frayning «Eron merosi» asarlari hamda J. Kameron, V. Xins, Yu.B. Yusupovlarning asarlarida qadimgi Elamning siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy tarixi yoritiladi. I.M. Dya- konov, E.A. Granovskiylarning asarlarida Eronda ilk qabilalar migratsiyasi, I.M. Dyankonov, I.G. Aliyevning asarlarida Midiya tarixi va madaniyati yoritiladi. Qadimgi Eron diniy e’tiqodlari V.I. Abayev, V.V. Struve, A. Dandamayev, J. Dyushen-Gilmen va G. Videgren asarlarida o‘z aksini topgan. Manbalar asosida qadimgi Eron tarixini to‘rt bosqichga bo‘lish mumkin: 1. Elam sivilizatsiyasining paydo bo‘lishi va gullab-yashna- gan davri (mil.avv. IV ming yillikning oxiridan – mil.avv. VII asr oxirigacha). 2. Midiya davri (mil. avv VIII – mil.avv. VI asr o‘rtalari). 3. Ahmoniylar davri (mil.avv. VI asr o‘rtalarida – mil.avv. 330-yilgacha). 4. Parfiya davri (mil.avv. III asr o‘rtalari–milodiy 224-yiliga- cha). Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling