Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

4. Sak-skif madaniyati. Sak-skiflar bir necha ming yillar 
davomida o‘ziga xos madaniyat yaratdilar. Sak-skif mifologiyasi 
boy va mazmunli bo‘lib, antik mualliflar tomonidan o‘zlashtiril-
gan. Osiyo va Yevropaning cho‘l va dasht hududlarida sak-
skifl arning moddiy madaniyat yodgorliklari bo‘lgan yuzlab, 
ming lab qo‘rg‘onlar topib o‘rganilgan. Sirdaryoning quyi oqimi, 
Markaziy Qozog‘iston, Tyan-Shan, Pomir, Oltoy, Shimoliy Qora 
dengizbo‘yi, Dnepr daryosi dashtlaridan qazib o‘rganilgan qabr- 
qo‘rg‘onlardagi topilmalar sak-skif madaniyatini bepoyon dasht-
cho‘l hududlarida an’anaviy bir xil shakllangani, syujetlar, 
uslublar, tasvirlar bir xilligi, bir-birini takrorlab kelishi bilan 
bu madaniyatning yaxlitligidan dalolat beradi. Chunki yaxlit 
etnik birlik xo‘jalik hayotining bir xilligini, an’anaviy turmush 
tarzi, dunyoqarash va diniy e’tiqodning ham bir xilligini ta’min-
ladi. Minglab kilometrlarga cho‘zilib ketgan bepoyon kenglikda 
iqlim, landshaft, geografik muhitning har xilligi madaniyatda 
shaklan o‘ziga xoslikni yaratdi. Arxeologik qazilma topilmalari-
da harbiy qurol-yarog‘larning tuzilishi, ularga tushirilgan hay-
von tasvirlari bir-biriga o‘xshash.
Sak-skif madaniyatining gullab-yashnashi mil.avv. VII–VI 
asrlarga to‘g‘ri keladi. Abadiy muzlik sababli Tog‘li Oltoydan 
topilgan juda yaxshi saqlanib qolgan Paziriq madaniyati yod-
gorligi bu san’atning ajoyib namunasi hisoblanadi. Paziriq va 
hududdagi boshqa qabrlardagi buyumlar yaxshi saqlangan. 
Bu buyumlar ichida marhumlarning kiyimi, taqinchoqlar va 
yog‘ochdan o‘yilgan ashyolar, kigiz, patli gilamlar va boshqa 
buyumlar bor. Dafn qilingan odamlarning badanlariga chizil-


196
gan (tatiurovka). Bular barchasi abadiy muzlik sharoitida yax-
shi saqlanib qolgan. Kuban dashtlarida mil.avv. VI–IV asrlarga 
oid skif qo‘rg‘on va qabrlarida odamlar jasadi bilan birga, katta 
miqdorda hayvon suyaklari, jez qozonlar, egar-jabduqlar, har-
biy va mehnat qurollari, turli xil oltin zeb-ziynatlar topilgan. 
Sak-skif qabrlarida qurol-yarog‘lar muntazam uchraydi: kamon 
o‘qi uchlari, kamon qoldiqlari, nayza va qilich-aqinaklar. Ayol-
lar qabridan baldoq, uzuklar, bilakuzuklar va oynalar topilgan. 
O‘rta Osiyo, Qozog‘iston, Sibir va Qora dengiz bo‘yi cho‘l-dasht-
larida yashagan sak-skif qabilalari urf-odat an’analari, turmush 
tarzini o‘z madaniyatlarida ifodali aks ettirdilar. Bu madaniyat-
ning tasviriy san’at sohasida hayvon uslubi nihoyatda mukam-
mallikda o‘z ifodasini topdi. Sak-skiflar tabiat qo‘ynida bir umr 
hayvonot dunyosi bilan birgalikda uyg‘un yashaganlar. Xonaki 
va yovvoyi hayvonlar ko‘chmanchi, yarim o‘troq urug‘ qabilalar 
uchun hayot manbayi edi. Kiyim-kechaklar, egar-jabduqlar, 
qurol-yarog‘lar va turar-joy, o‘tovlar hayvonlar tasvirlari bilan 
bezatilgan. Hayvonot dunyosi sak san’atida guruh-guruh qilib 
tasvirlangan. Kiyik, bug‘u, tog‘ echkisi, qo‘y, ot, sher, yo‘lbars, 
qoplon, qushlar sher gavdali, burgut boshli qilib afsonaviy qa-
notli mavjudotlar kabi tasvirlanar edi. Hayvonlarning olisha-
yotgan tasvirlari sak-skiflarning tabiat dunyosini uzoq kuzatib, 
uning borlig‘ini aks ettirishga harakat qilganlarini ko‘rsatadi. 
Ular o‘zlarining uzoq ajdodlari totemlari, asoschilari, homiylari 
qilib hayvonlarni tanlaydilar. Hayvonlarda sehrli kuch mavjud-
ligiga ishondilar. Hayvonlar tasviri urug‘ jamoaga, uning a’zo-
si – odamga yordam berishi, homiylik qilishi, balo-qazolardan, 
yovuz kuchlardan saqlashi va qutqarishi lozim edi. 
Har bir buyum – mehnat quroli, harbiy qurol-yarog‘da ba-
diiy san’at namunasini ko‘rish mumkin. Tasvirlar jonli, uyg‘un, 
hayotiy bo‘lib, ularda sak-skiflarning dunyo-jamiyat va tabiat 
to‘g‘risidagi tasavvurlari o‘z aksini topgan. Qrimdagi Ko‘loba 
qo‘rg‘onidan bundan 170 yil oldin topilgan elektron qadahda o‘z 
yarasini davolayotgan uch odamning tasviri hayotiy ifodalan-
gan. Shunday manzara Voronej yaqinidagi qo‘rg‘ondan topilgan 
kumush xumda tasvirlangan. Bu har ikkala topilmada tasvir-
langan manzara bepoyon cho‘l-dashtlarda yashagan sak-skif-
larning tuzmush tarzi, urf-odat, an’analari, marosimlari bir xil 
bo‘lgan xalqning yaxlit madaniyatni shakllantirganini ko‘ramiz. 
Sak-skiflar tabiat kuchlariga e’tqod qilganlar. Olov, suv, havo, 
hayvonlarga sig‘inish keng tarqalgan. Gerodotning guvohlik 


197
berishicha, temir qilichga singdirilgan xudo ruhiga e’tiqod qi-
lingan. Uning yozishicha, skiflarning har bir viloyatida yog‘och
va shoxlardan ulkan mehrob qilinib, uning tepasiga qo‘yilgan 
qilich – aqinakga xonaki hayvonlar, har yuz asirdan biri qur-
bonlik keltirilgan. Sak-skiflarning bir qismi bo‘lgan massagetlar 
osmon xudosi Ko‘k tangriga sig‘inganlar. Unga uchqur otni qur-
bonlik keltirganlar. Homiy hayvonlarga qurbonlik qilish, uning 
sharafiga marosimlar o‘tkazish an’ana bo‘lib qolgan. Chertom-
lik qo‘rg‘onidan topilgan katta kumush ko‘zada otni qurbonlik 
keltirish marosimi tasvirlangan. Diniy aqidalar yuqori daraja-
da shakllanganini sak-skif turmush tarzi, urf-odat, an’analari 
namoyon etsa, tabiat kuchlariga e’tiqodning singib ketganini 
arxeologik topilmalar, mifologiya, mozor-qo‘rg‘onlar, shakllan-
gan dafn marosimlari yaqqol ko‘rsatadi. 
Uzoq Norvegiyada Oseberg qo‘rg‘onida topilgan XI asrga te-
gishli kema san’at namunasi hisoblanadi. Kema hayvon uslu-
bidagi yog‘och o‘yma ornament bilan bezalgan. Ajdarning mo-
hirona yo‘nib ishlangan, ochilib turgan og‘zi sak-skif xanjari 
sopidagi hayvon tasviri bilan o‘xshash. Sak-skif madaniyati Old 
Osiyo, Yevropa va sharq ning boshqa mamlakatlari madaniyati-
ga asrlar davomida hayotbaxsh ta’sir qildi. O‘rta Osiyo, Eronda 
topilgan noyob san’at asari bo‘lgan oltin, kumush, jez ko‘za, jom, 
qadahlarda ot kallasi, kiyik va tog‘ echkisi tasviri tushirilgan. 
Cho‘llar, dasht va tog‘oldi hududlarida yashagan ko‘chmanchi 
chorvachilik bilan shug‘ullangan sak-skiflar o‘zlari bilan yon-
ma-yon yashagan o‘troq etnik birliklar bilan faol hamkorlik 
qildilar. Ko‘chmanchilar ko‘p hollarda birgalikda yashab o‘troq 
aholi tinchligini himoya qildilar. O‘zaro yaqin aloqalar har ikki 
tomonning turmush tarzi va madaniyatlariga ta’sir qildi. Yevro-
paning ilk sivilizatsiyasi hisoblangan Yunon dunyo si madani-
yatida sak-skiflar, sharqning ilk sivilizatsiyalarining ta’siri ya-
qqol ko‘rinadi. San’atdagi hayvon uslubi Xitoy san’atining eng 
qadimgi yodgorliklarida, Yevropaning so‘nggi temir davridagi 
kelt qabilalarining dekorativ san’atida yaqqol namoyon bo‘la-
di. Hozirgi O‘rta Osiyo, Afg‘oniston va Eron xalqlarining san’ati 
va madaniyatida sak-skiflarning san’atidagi ko‘chib yuradigan 
obrazlar: ot, kiyik, tog‘ echkisi, sher, qo‘y tasvirlari, geomet-
rik shakllar asrdan asrga, avloddan avlodga o‘tib keladi. Turli 
xalqlarning harbiy san’at namunalari bo‘lgan jez, kumush, tilla 
sopli qilich, xanjar va qalqonlarda hayvon uslubi mustahkam 
o‘rinni egallagan. Milodiy IV asrga oid Amudaryo xazinasidagi 


198
oltin buyumlarning barchasida sak-skif san’atining qaynoq na-
fasi yaqqol sezilib turadi. 
Tadqiqotchilarning fikricha, sak-skiflar hayvonlarda ilohiy 
kuchni ko‘rganlar. Odamlar ana shu ilohiy kuchni o‘zlashti-
rishlari lozim deb tasavvur qiladilar. Mifologiyada ma’budlar an-
tromorf qiyofada gavdalanadi. U o‘ziga xos keng dasht-cho‘llar, 
atrof dunyoni ramziy yaxlit aks ettirgan buyumlar, qurol-yarog‘, 
uy-ro‘zg‘or buyumlari, haykalchalar, qabr-qo‘rg‘onlarda aks 
etdi. Hayvon obrazi, uslubi bu xalqning moddiy va ma’naviy 
madaniyatining ustuvor yo‘nalishi edi. 
Saklarning kiyimlari ko‘chmanchi turmush tarziga mos edi. 
Ki yimlar ishlov berilgan charm, jun, bo‘zdan bo‘lgan. Charm 
etik, boshga cho‘qqi qalpoq kiyilgan. Kalta kamzul, belda kamar, 
tor yoki keng charm ishton etikka tiqilgan. Boy ko‘chmanchilar 
kiyimlarida tilla, kumush bezaklar, otlarning egar-jabduqlari 
ham shunday ziynatlangan. Ayollar belda kamar bilan uzun 
tor yengli ko‘ylak, kalta kamzul kiyganlar. Ularning bo‘yinlariga 
munchoq, qo‘llariga bilakuzuk, barmoqlariga uzuklar taqilgan. 
Oyoqlarida ham halqa taqqanlar. 
Sak-skif san’atining eng noyob namunalaridan biri – Tog‘li 
Oltoydagi qabr-qo‘rg‘ondan yoshi 2500 yilga teng, hajmi 83x2.00 
metrli qadimgi gilam topilgan. Bu qabrdan yana bir katta – 
4,5x6,5 m kigiz gilam topilgan. Uning oq rang bilan bo‘yalgan 
yuzasidagi ikki qatorli tasvirda taxtda o‘tirgan malika qo‘lida 
gullab turgan shoxcha oldida otliq turibdi. Suvoriy yo‘lboshchi 
kalta kamzul, tor ishton va yumshoq oyoq kiyimda, kamari-
da sadoq osilgan bo‘lgan. Ehtimol, gilam yo‘lboshchi chodiri 
– qaror gohi devoriga ilingan bo‘lgan. Topilmalardan yana biri 
foytun. U bir necha qismlardan tuzilgan bo‘lib, qayish bilan 
bir-biri ga bog‘langan. Butun foytun faqat yog‘ochdan bo‘lib,
qayish bilan bir-biriga puxta bog‘langan. Katta g‘ildiraklar 
qo‘yilib, ular o‘rtasiga ayvon qilingan bo‘lib, foytunning baland-
ligi uch metrga yetadi. To‘rt ot foytunni tortgan. Paziriq qo‘rg‘on-
larida ham otlar qabrga dafn qilingan. Otning egar-jabduqlari 
bug‘u terisidan qilinib, ichiga jun to‘ldirilgan charm yostiqcha-
lar bilan otning jasadi o‘ziga xos, otning dumi charm g‘ilof, yoli-
ga xo‘rozlar tasvirlangan kigiz g‘ilof kiydirilgan. Otning tum-
shug‘idan kiydirilgan niqobning davomida kallasiga charmdan 
tikilgan bug‘uning tarmoqlanib ketgan shoxlari turibdi. Charm 
niqob, kigiz va teri otning burni va peshanasi ustida yashil 
rangda bo‘yalgan sher tasviri bilan bezalgan. Bu topilmalar 


199
sak-skif san’atining yuksak darajada rivojlanganidan dalolat 
beradi. Gilamlardagi tasvirlar, rasmlar, hayvonlar, naqshlar, 
geometrik shakllar an’anaviy ravishda sak-skiflarning keyingi 
avlodlari bo‘lgan barcha turkiy xalqlarning madaniyatida to‘la 
saqlanib qoldi va yanada rivojlandi. 
Sak-skiflar Osiyo va Yevropa hududlarida ko‘payib, turli 
xalq-etnoslarning keyingi shakllanishida poydevor bo‘ldilar. Bu 
madaniyat insonni tabiat qo‘ynidagi erkin dunyoqarashi, un-
ing tabiat bilan uyg‘un munosabatini o‘zida aks ettirdi. Ayniq-
sa, hayvonot dunyosi sak-skiflar bilan uyg‘un bog‘langan edi. 
Sak-skiflar ko‘chmanchi chorvachilik bilan birga, ovchilik bilan 
shug‘ullanar edilar. Ov ularning doimiy hamrohi bo‘lib, ular 
yovvoyi hayvon va parrandalarning tabiatini yaxshi bilganlar. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling