Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
6. Qadimgi Karfagen madaniyati. Karfagenda amaliy fan-
lardan agronomiya, geografiya, matematika, fortifikatsiya va astronomiya sezilarli rivojlandi. Karfagen dengizchilarining Britaniyaga dengiz sayohati (Giskon ekspeditsiyasi), Atlanti- kaning ekvatorial qirg‘og‘iga Gannonning mashhur sayohati va Karfagen atrofini yuqori darajada mohirona qurilgan mudofaa devorlari bilan o‘rab olish tabiiy fanlarning taraqqiyoti natijasi edi. Karfagenliklar qadimda Afrika, O‘rtayer dengizi, Atlantika qirg‘og‘i, Kanar va Azor orollarining eng aniq geografik xarita- siga ega bo‘ldilar. Ular qishloq xo‘jaligining dehqonchilik so- hasida katta yutuqlarga erishdilar. Karfagenda dehqonchilik sohasidagi qadimgi asarlardan biri Magon tomonidan maxsus yozilgan agronomiya traktati paydo bo‘lib, u lotin tiliga tarjima qi lingan. Karfagen Misr, Xett, Bobil va Osuriya madaniyatlari- ning doimiy ta’siri ostida bo‘ldi va shu sababli uning madani- yati sinkretik (madaniyatlar qo‘shilmasi hosilasi) xususiyatiga ega edi. Karfagen aholisi savdo-hunarmandchilik bilan shug‘ul- lanib, faqatgina iqtisodiyot ehtiyojlariga xizmat qiladigan aniq va tabiiy fanlarga e’tibor berdilar. Adabiyot, tasviriy san’at va falsafa zaif rivojlandi. Diniy e’tiqod qadimgi Finikiya an’analari asosida rivojlandi. Karfagen panteonining bosh xudolari ma’buda Tinnit va Vaal- Melkart edi. Tinnit shahar homiysi, donolik, mo‘l-ko‘lchilik va tirilayotgan tabiat, hayotbaxsh ne’matlar yaratuvchisi edi. Dushmanlarni qo‘rqituvchi Molox urush xudosi bo‘lib, bu iloh odamlarni qurbonlikka keltirishni talab qilgan. Qurbonlikka katta odamlar va go‘daklar keltirilgan. Bu xudolar sharafiga Finikiya an’analarini, Misr motivlarini va yunon me’morchili- gi usullarini o‘zida to‘plagan sinkretik uslubda ibodatxonalar qurilgan. Karfagen madaniyati G‘arbiy O‘rtayer dengizi va Shi- moliy Afrika tarixida muhim iz qoldirgan. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling