Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

6. Qadimgi Arabiston madaniyati. Qadimgi Arabiston sivi-
lizatsiyasining eng katta yutuqlaridan biri yozuvning alfavit 
tizimi yaratilishidir. Bu yozuv farazlarga ko‘ra, Finikiya proto-
sinay (Sinaydan topilgan yozuvlarga ko‘ra) alfavitlaridan kelib 
chiqqan. Shimoliy Arabiston aholisi nabateylar ham oromiy
yozuvlariga o‘xshash o‘z alfavitlarini yaratdilar. Yozuvlar toshga
qoyatoshlarga o‘yilgan; yog‘och va loy taxtachalarga yozilgan; 
jez buyumga quyilgan; yumshoq buyumlarga bitilgan. Tari xiy 
voqealar bayoni, qonunlarning moddalari yozilgan bitiklar to-
pilgan. Bag‘ishlov va qurilish matnlari, sag‘ana yozuvlari, ish 
yozishmalari bizgacha yetib kelgan.
Monumental me’morchilik sohasida katta yutuqlarga erishil-
di. Marib, Timna, Shabva va Karnava shaharlari xarobalariga 
ko‘ra, shaharlar to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida qurilib, balandligi 
10-12 metrli tosh devorlar bilan o‘rab olinadi. Shahar devorlari-
da kvadrat shaklida minoralar bunyod qilinadi. Petra shahri 
qoyatosh bag‘rida bunyod qilinib, uning inshootlari qoyalarda 
qurilgan. Alebastr, jez va loydan haykallar yasalgan. Hayvonlar 
(ho‘kiz, tuya, ot) tasviri dinamik va ifodali tasvirlanadi. 
Arabiston yarim oroli dini politeistik xususiyatda bo‘lgan. 
Janubiy Arabistonda bosh xudo Astar hisoblangan. Saba qa-
bilalarida Almakaxon oy xudosi hisoblanib, unga ho‘kiz qur-
bonlik keltirilgan. Osmon, quyosh va bir necha sayyoralarga 
ham e’tiqod qilingan. Nabateylar Ilaxu yoki Alloh («xudo»), 
Dusharg (chaqmoq xudosi, dunyo boshqaruvchisi)ga sig‘in-
ganlar. 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. История Древнего Востока. /Под редакции Кузищина. –М.: 
2002.
2. Лундин А.Г. Государство Мукарибов Саба. –М.: 1971.
Asosiy sanalar
Mil.avv. II ming yillik
Arabiston yarim orolining janubi-
g‘arbida Mina, Saba va Kataban
qabilalari ittifoqining shakllanishi.
Mil.avv. IX–VIII asrlar
Qadimgi Yaman davlatlarining
shakllanishi. 


178
Mil.avv. X–IX asrlar
Janubiy Arabistonning ilk daviat-
lari paydo bo‘lishi.
Mil. avv. VII asr
Uzunligi 600 metr, balandligi 15
metr bo‘lgan Marib to‘g‘onining
qurilishi.
Mil. avv. VI–V asrlar
Main, Kataban, Saba va Xadramaut 
davlatlari o‘rtasida yetakchilik
uchun kurash. 
Mil.avv. II asr
Saba podsholigining yuksalishi. 
Mil.avv. II asr oxirida
Ximyarit podsholigining yuksalishi.
Mil.avv.106-yil
Rimliklar Nabatey davlatini bosib
oldi.


179

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling