Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
KARFAGEN MIL.AVV. IX–III ASRLARDA
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Karfagen – G‘arbiy O‘rtayer dengizidagi Finikiya kolo- niya larining markazi.
KARFAGEN MIL.AVV. IX–III ASRLARDA
1. Karfagen tarixining ilk davri. 2.Karfagen – G‘arbiy O‘rtayer dengizidagi Finikiya koloniyalarining markazi. 3. Qudratli Karfagen davlatining tashkil topishi. 4. Karfa- gendagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (mil.avv. V–III asr- lar). 5. Karfagenning siyosiy tuzumi. 6. Qadimgi Karfagen madaniyati. 1. Karfagen tarixining ilk davri. Mil.avv. II–I ming yilliklar oralig‘ida finikiyaliklar G‘arbiy O‘rtayer dengizida ilk koloniya- larni barpo qila boshladilar. Mil.avv. I ming yillik boshlaridagi Finikiyaning Ispaniyadagi koloniyalari Gades, Afrikadagi Utika shaharlari yirik savdo-hunarmandchilik markazlariga aylandi. Tir shahri yoshlari mil.avv. 814–825-yillarda Shimoliy Afrika- da (hozirgi Tunis hududi) Karfagen (Karxamish – «Yangi sha- har») koloniyasiga asos solgan edilar. Dastlab ko‘chib kelganlar yersizlikdan qiynalib, mahalliy aholi yerlarida yashash huquqi uchun pul to‘lashga majbur bo‘ldilar. Shahar boyib borishi bi- lan uning atrofidagi yerlar mahaliy aholidan sotib olina bosh- landi yoki bosib olindi. O‘rtayer dengizida savdo va dengiz yo‘llari kesishgan qulay joyda joylashgan Karfagen asta-sekin kuchaya boshladi. 2. Karfagen – G‘arbiy O‘rtayer dengizidagi Finikiya kolo- niya larining markazi. Mil.avv. VII asrdan boshlab Karfagen tarixida ikki yuz yilga yaqin davom etgan yangi davr boshlan- di. Bu davrda Kar fagen shahri G‘arbiy O‘rtayer dengizidagi Finikiyaning boshqa koloniyalari markaziga aylandi. Finikiya kolo niyalari ichida Karfagen yetakchi bo‘lishining bir qancha sabab lari bor edi: 1. Finikiyaning Osuriya va Eronga qaram bo‘lishi natijasida metropoliya bilan siyosiy aloqalarning zaiflashuvi. 2. Yunonlarning Janubiy Italiya va G‘arbiy O‘rtayer dengizini faol kolonizatsiya qilishi tufayli ularning foydali xalqaro savdo va dengiz yo‘llarida hukmron bo‘lish xavfi. 3. G‘arbiy O‘rtayer dengizidagi Finikiya koloniyalarining ich- ki taraqqiyotini ma’lum darajada muvofiqlashtirish (koordinat- siya) va hamkorlikni kuchaytirish ehtiyoji. 180 Mil.avv. VII asr o‘rtalarida Karfagen Shimoliy Afrikadagi rivoj- langan hunarmandchilik markazi, Markaziy O‘rtayer dengizi- ning ko‘p havzalarini savdo munosabatlari bilan bog‘lagan eng yirik Finikiya koloniyasiga aylandi. Shahar hududi va aholi- si tez o‘sib ketdi. Karfagenning qulay tabiiy gavani kemalarga mo‘ljallangan sun’iy gavan qurish hisobiga kengaydi. Karfagen shahar-davlat doirasidan chiqib, G‘arbiy O‘rtayer dengizi havzasining katta davlatiga aylandi va faol tashqi siyo- sat olib bordi. U G‘arbiy O‘rtayer dengizining boshqa qismlarida o‘z koloniyalarini barpo qila boshladi. Shu bilan birga, bu yerda mavjud bo‘lgan Finikiya koloniyalari ustidan o‘z rahnamoligini o‘rnatdi. Karfagenning Afrikadan tashqaridagi birinchi koloni- yasi Ispaniya yaqinidagi Pitius orollaridagi Ebes (mil.avv. VII asr o‘rtalari) bo‘ldi. Ebesni tayanch nuqta qilgan holda Karfa- gen Ispaniyaga kirishga yo‘l bermayotgan Finikiya koloniyasi Gadesni tor-mor qilib, mil.avv. VII–VI asrlarda Pireney yarim oroli janubiga o‘rnashdi. Yunonlar Karfagenni Ispa niya sharqiy qirg‘og‘ida o‘rnashib qolishiga yo‘l bermadilar. Karfagen Sitsi- liyada faol harakat qilib, orol g‘arbidagi Finikiya koloniyalari- ni o‘z nazorati ostiga oldi. Karfagen mil.avv. VI asr o‘rtalariga kelib, Ispaniyadagi mulklari bilan Janubiy Sitsiliyaning g‘ar- bi, Pitius orollari va Shimoliy Afrikagacha cho‘zilib ketgan yirik davlat birlashmasi markaziga aylandi. Karfagen mil.avv. VI asr oxirida Yaqin Sharqda o‘zgargan xalqaro ahvoldan yaxshi foydalandi. Bu vaqtda Old Osiyoda o‘tmishda qudratli bo‘lgan Osuriya, Misr kabi davlatlar zaif- lashib qoldi. Yangi qudratli davlat Ahmoniylar Eroni butun Old Osiyoda va Shimoliy Afrikada o‘z ta’sirini o‘tkaza boshla- di. Karfagen Ahmoniylar Eroni bilan aloqa o‘rnatdi. Bu aloqa Karfagen uchun noqulay bo‘lsa-da, lekin Karfagen Sitsiliya va uning janubiy qismini, Janubiy Italiya, Korsika va Sardi- niyani yunon shaharlariga qaram bo‘lishiga qarshi faol siyosat olib borish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mil.avv. VI asr o‘rtalarida Karfagen Markaziy Italiyadagi etrusklar bilan do‘stona shart- noma tuzdi. Mil.avv. 535-yilda Karfagen–etrusklarning birlash- gan floti Korsika yonidagi Alali jangida yunon flotini yanchib tashladilar. Karfagen Sardiniya janubini egallashga muvaffaq bo‘ldi. Natijada yunonlarning Ispaniyaga ta’siri kamaydi. Mil. avv. V asrda Bolqon yarim orolida yunon shahar-davlatlari- ning zaiflashuvi natijasida Kichik Osiyoning g‘arbidagi barcha 181 yunon shahar-davlatlari Ahmoniylar Eroni ta’siri ostiga tushib qoldi. Ahmoniylar Yevropa tomon yurish qilib, Bolqon yarim oroliga ham bostirib kirdi. Mil.avv. V asrda Eronning Yuno- nistonga bostirib kirishidan foydalangan Karfagen qulay payt poylab, Sitsiliyadagi yunon shaharlariga hujum qildi. Hujum muvaffaqiyatsiz chiqdi. Oqibatda Karfagen Sitsiliyaning g‘arbi- da o‘zining bir necha shaharlarini zo‘rg‘a saqlab qoldi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling