Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Qudratli Karfagen davlatining tashkil topishi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

3. Qudratli Karfagen davlatining tashkil topishi. Karfa-
genning gullab-yashnagan davri mil.avv. V asr o‘rtalaridan 
– mil.avv. III asr o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Sitsiliyadagi yurish-
larda mag‘lub bo‘lgan Karfagen o‘z tashqi siyosatining asosiy 
yo‘nalishini Shimoliy Afrikaga qaratdi. Karfagen hozirgi Tunis 
va Jazoir qirg‘oqlarini va bu hududlarning ichki hosildor yerla-
rini kolonizatsiya qila boshladi. Karfagen dengizchilari Mavri-
taniya, Marokkoning Atlantika okeani qirg‘oqlariga chiqib, bu 
yerlarda o‘z koloniyalariga asos soldilar. Mil.avv. VII asrda Kar-
fagen dengizchisi Gannon 60 kema va 30 ming kishilik dengiz 
ekspeditsiyasi bilan Atlantika qirg‘oqlarini tekshirdi. Afrikada 
katta-katta hududlarni bosib olinishi, Ispaniya janubidagi, 
Sardiniya orolidagi va Sitsiliya g‘arbidagi koloniyalar Karfagen-
ni ko‘p sonli aholiga, iqtisodiy va siyosiy jihatdan qudratli va 
katta imkoniyatlarga ega qudratli davlatga aylantirdi. O‘z sav-
dogarlarini himoya qilish, muhim savdo yo‘llarini o‘z qo‘lida 
saqlab turish uchun Karfagen boshqa davlatlar bilan o‘nlab 
shartnomalar tuzdi va faol tashqi siyosat yuritdi. Xalqaro qu-
lay vaziyat, faol tashqi siyosat, kuchli yollanma qo‘shin Kar-
fagen davlatini qudratini ta’minladi. Bu Karfagenning G‘arbiy 
O‘rtayer dengizi havzasida uzoq vaqt yetakchi o‘rinni egallashi-
ga qulay shart-sharoit yaratdi. Bu hududda boshqa biror-bir 
kuchli davlat yo‘q edi. 
4. Karfagendagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (mil.
avv. V–III asrlar). Mil. avv. V–IV asrlarda Karfagen O‘rtayer 
dengizidagi vositachi savdoning markazi edi. Karfagen Sharqiy 
O‘rtayer dengizining turli viloyatlariga, yunon shaharlariga va 
Pireney yarim orolining Atlantika qirg‘oqlariga turli mahsulot-
lar yetkazib berdi. G‘arbiy O‘rtayer dengizida Karfagenning sav-
do manfaatlarini himoya qiladigan Rim bilan uchta shartnoma 
tuzildi. Mil.avv. V–III asrlarda Karfagen yirik hunarmandchilik 
markazi edi. Kulolchilik, zargarlik va qurolsozlik ustaxonalari-
da oliy navli mahsulotlar tayyorlandi. Karfagenliklar mohir qu-


182
ruvchi bo‘lganlar. Karfagen shahri mustahkam devorlar bilan 
o‘rab olingan edi. Shahar ichida ibodatxonalar, saroylar, zoda-
gonlar, oddiy fuqarolar uylari, ombor va doklar (kema ta’mirla-
nadigan va quriladigan joy) qurildi. Kemasozlik yuqori darajada 
rivojlandi. 
Karfagen bepoyon ekin yerlariga ega bolib, dehqonchilik 
quldorlik xo‘jaliklarida asosiy soha edi. Tokzorlar, zaytun da-
raxtlari, bog‘ va polizlar mo‘l-ko‘l hosil berar edi. Mil.avv. VI–
III asrlarda Karfagenda rivojlangan qulchilik unsurlari bo‘lgan 
quldorlik jamiyati mavjud bo‘lib, erkin ishlab chiqaruvchilar 
ko‘p edi. Dehqonchilik, hunarmandchilik ishlab-chiqarishida 
qullar va yarim qaram kichilar –bodular mehnatidan keng foy-
dalanilgan. Xususiy ustaxonalar bilan birga davlat korxonalari 
ham mavjud bo‘lib,bunday korxonalarda qul mehnatidan foy-
dalanilgan. Karfagenga qaram bo‘lgan dehqonlar davlatga don-
li ekinlar hosilidan 0,1 miqdorda soliq to‘laganlar. Karfagen 
tarkibiga kirgan finikiya koloniyalari ichki avtonomiyadan foy-
dalanganlar, lekin o‘z savdolaridan soliq – boj to‘laganlar. Qa-
ram hududlar aholisi, ayniqsa, liviya dehqonlari zulmga qarshi 
tez-tez qo‘zg‘olon ko‘targanlar. Karfagen shahrining o‘zida 200 
ming aholi yashar edi. Oliy tabaqa yirik yer egalari, katta sav-
dogarlar, hunarmandlar va kohinlardan tashkil topgan. Sharq 
mamlakatlaridan farq qilgan holda Karfagenda byurokratik 
boshqaruv apparati yo‘q edi. Mamlakatning iqtisodiy qudra-
ti asosini ko‘p sonli qullar va qaram aholini shafqatsiz talash 
tashkil qildi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling