Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Tavsiya etilgan adabiyotlar
1. Сиркин Й.Б. Карфаген и его культура. – М.: 1986.
2. Харден Д. Финикийцы. Oснователи Карфагена. – М.: 2002. 


185
Asosiy sanalar 
Mil.avv. V–III asrlar
Karfagen yirik hunarmandchilik
markazi.
Mil.avv. IX asr oxiri 
Karfagen shahriga asos solinishi
Mil.avv. VII asr
Karfagen dengizchisi Gannon 60 
kema va 30 ming kishilik dengiz
ekspeditsiyasi bilan Atlantika 
qirg‘oqlarini tekshirdi.
Mil.avv. VI asr o‘rtalari
Karfagenda lashkarboshi Malx
o‘z hokimiyatini o‘rnatdi. 
Mil.avv. 535-yil 
Alali jangi.
Mil.avv. V asr o‘rtalari –
Karfagen davlatining gullab-
III asr o‘rtalari
yashnashi.
Mil.avv. 146-yil 
Rimliklar tomonidan Karfagen- 
ning bosib olinishi.
Mil.avv. VI asr o‘rtalarida
Karfagen markaziy Italiyadagi
etrusklar bilan do‘stona shart-
noma tuzgan.


186
IV BOB
SAK-SKIF SIVILIZATSIYASI
1. Sak-skif sivilizatsiyasini o‘rganish manbalari. 2. Aso-
siy siyosiy voqealar. 3. Ijtimoiy hayot. 4. Sak-skif madani-
yati.
1. Sak-skif sivilizatsiyasini o‘rganish manbalari. Eng qa-
dimgi sivilizatsiyalar qatorida sak-skif sivilizatsiyasini o‘rgan-
maslik, insoniyatning eng qadimgi madaniyatining ajralmas 
bir qismini e’tibordan chetda qoldirish yoki uning bir qismini 
unutish demakdir. Chunki mil.avv. II–I ming yilliklardan 
Shimoliy Xitoydan O‘rta Osiyo, Sibir, Oltoy, Uraldan toki Shi-
moliy Qora dengiz, Dnepr bo‘ylarigacha cho‘zilib ketgan be-
poyon cho‘l-dasht, tog‘lik hududlarda yashagan ko‘chmanchi 
sak-skif xalqlari betakror, ulug‘vor sivilizatsiyani yaratdilar. 
Bu sivilizatsiya insoniyatning keyingi taraqqiyotiga, madaniy- 
etnik, siyosiy tuzilishiga katta ta’sir o‘tkazdi. Bu sivilizatsiya 
fanda Buyuk cho‘llar sivilizatsiyasi yoki sak-skif sivilizatsi-
yasi deb nomlanadi. Sak-skif sivilizatsiyasini buyuk cho‘llar-
da yashagan ko‘chmanchi, yarim o‘troq va o‘troq yashagan 
yuzlab etnik birliklar bir necha ming yillar davomida yaratdi-
lar. Sak-skiflarda urug‘-qabila, qabila ittifoqlaridan toki o‘zi-
ga xos mukammal shakllangan davlatlar, davlat birlashma-
lari mavjud bo‘lgan. Lekin ularning barcha shakllarini asosi 
urug‘ edi. Urug‘ni 3-4 avlod vakillari yashagan oilalar tash-
kil etgan. Oila o‘ta xavfli muhit, noqulay tabiat sharoitida
yashay olmas edi. Bir necha patriarxal oilalardan tashkil 
topgan urug‘ o‘z urf-odat, rasm-rusum marosimlari va e’tiqo-
di bilan xavf-xatarga to‘la tashqi muhitga moslashib yasha-
gan. Urug‘ o‘zining saylab qo‘yiladigan oqsoqol-yo‘lboshchisi 
va yaxshi qurollangan jangchilariga ega edi. Vaqt o‘tishi bi-
lan urug‘larda odamlar ko‘payib, o‘tloq yaylovlar tor bo‘lib 
qolganda, katta urug‘dan kichik urug‘ ajralib chiqib, bo‘sh 
yaylovlarni izlagan. Urug‘lar birlashib qabilani, qabilalar bir-
lashib qabilalar ittifoqini tashkil etar edi. Qabilalar ittifoqi 
yo‘lboshchisi birlashgan qabilalarning yig‘ini qurultoylarda 


187
odamlari kop va kuchli urug‘dan saylangan. Cho‘l sharoitida 
qabila ittifoqi yo‘lboshchisi yoki podsho mutlaq hukmdor emas 
edi, uning oldida «oqsoqollar kengashi» va xalq yig‘ini mavjud 
edi. Ular o‘ziga xos yuksak bir sivilizatsiyani yaratdilar. Sak-
skif atamasi ilmiy adabiyotda qabul qilingan bo‘lib, yuqorida 
ko‘rsatilgan bepoyon hududlarda yashagan, qon-qarindosh, 
umumiy madaniyatga ega bo‘lgan o‘nlab urug‘, qabila, elat, 
xalqlarning umumiy nomidir. Shimoliy Qora dengiz, Azov 
bo‘yida yashagan qabilalarni antik mualliflar skiflar deb ata-
ganlar. Antik mualliflar Qora dengizbo‘yi qabilalarini bosh-
qa ularga qarindosh qabilalar – saklar, savromatlar, mas-
sagetlar, issedonlardan ajratish uchun skiflar deb ataganlar. 
Skiflar o‘zlarini qanday atagani bizga noma’lum. Sak-skiflar 
tarixi va madaniyati to‘g‘risida Gerodot, Strabon, Katta Pliniy 
va boshqa mualliflar boy ma’lumot beradilar. Sak-skif yozuv-
lari bo‘lgan, lekin saqlanib qolmagan. Shu sababli, ularning 
ijtimoiy-siyosiy tarixi arxeologik qazilma topilmalar asosi-
da o‘rganiladi. Bu topilmalar juda boy, xilma-xil, juda katta 
davrni o‘z ichiga oladi. Birgina Sankt-Peterburg shahridagi 
Ermitaj muzeyida sak-skif madaniyatiga oid 40 mingdan or-
tiq buymlar saqlanadi. 
Yunon tarixchilari Sirdaryoning o‘rta oqimini Tanais deb 
atashgan. Arrianning yozishicha, Sirdaryoni qadimda «Yaksart» 
deb atashgan. Bu qadimgi nom mahalliy sak qabilalari o‘rtasi-
da tarqalgan bo‘lishi ehtimol.
Qadimgi yunon tarixchilarining ma’lumotiga ko‘ra, sobiq 
SSSR ning Yevropa qismida, Qozog‘iston va O‘rta Osiyo, Oltoy 
chegaralarigacha bo‘lgan hududda yashagan barcha ko‘ch-
manchi va o‘troq qabilalarni skiflar degan umumiy nom bilan 
atashgan. Ayrim yunon tarixchilarining asarlaridan shu nar-
sa ma’lumki, yuqorida aytilgan hududlarning turli qismlarida 
yashagan skiflar boshqa-boshqa nomlar bilan atalgan va turli 
tillarda gaplashgan. 
Mil.avv. I ming yillikning o‘rtalarida O‘rta Osiyoda yashagan 
ko‘chmanchi va dehqonlar na yashash tarziga ko‘ra, na til ji-
hatidan hali bir-biridan ajralib ketmagan edi.
O‘rta Osiyoning, shu jumladan, O‘zbekiston hududining mil.
avv. I ming yillik o‘rtalaridagi iqtisodiy-geografik va etnografik 
xaritalari quyidagi ko‘rinishga ega: Girkaniya, Parfiya, Marg‘i-
yona, Baqtriya, Xorazm, So‘g‘d viloyatlari, Gurgon, Murg‘ob, 


188
Qunduz, Amudaryo ning quyi oqimi, Zarafshon daryolarining 
vohalarini tashkil qilar edi.
Amudaryo ostonasining quyi tomonida – g‘arbda Sariqamish 
va sharqda Janidaryoda yashagan apasakilar (apasiaki, pasiki, 
abiyalar, skiflar, saka-tiay-tara-darayya) O‘rta Osiyoning janu-
bida saka ravakilar (saka-xaumavaraka, skif-amyurgiyalar va 
boshqalar) yashaganlar. Amudaryo qadimda bir necha nomga 
ega bo‘lgan. Avestoda u «Raxa», «Ranxa» yoki «Aranxa» nomi bi-
lan tilga olinadi. Yunon tarixchilari Gerodotdan boshlab Amu-
daryoni Araks deb ataydilar. Gerodot Araks (Amudaryo)ni 360 
ta kanalga ajralishi, 40 ta tarmog’i botqoqliklar orasida yo‘q 
bo‘lib ketishi, tarmoqlaridan birigina ochiq joylardan oqib borib, 
Kaspiy dengizga quyilishi haqida ma’lumot beradi. 
Sak-skiflarning kelib chiqishini yozma va arxeologik man-
balar ma’lumotlari orqali aniqlashtirish mumkin. Antik mu-
alliflardan Gerodot Shimoliy Qora dengizbo‘yi skiflarining kelib 
chiqishi to‘g‘risida batafsil ma’lumot beradi. Uning ma’lumo-
tiga ko‘ra, skiflar Qora dengiz bo‘yiga Osiyodan kelganlar va 
bu yerda yashagan kimmeriy qabilalarini siqib chiqarganlar. 
Yana bir taniqli antik muallif sitsiliyalik Diodor Gerodotning 
fikrini yanada aniqlashtiradi. Diodor skiflar qachonlardir Araks 
(Amudaryo) qirg‘og‘ida yashaydigan zaif xalq bo‘lib, keyinchalik 
kuchayib ketib, Kavkaz oldi va Qora dengizning shimoliy sohi-
lini egallaganlari to‘g‘risida ma’lumot beradi. 
Antik mualliflar asarlarida keltirilgan ma’lumotlar orqali 
sak-skif siyosiy tarixi to‘g‘risida tushuncha hosil qilish mum-
kin. Ularning ma’lumotlari sak-skif mifologiyasi asosida kelti-
rildi. Gerodot malika To‘marisning Kayxusravga qarshi ozodlik 
urushini, Polien saklari ning Ahmoniylarga qarshi kurashini 
sak afsona-hikoyalari asosida quradi. Gerodot Doro I ning skif-
lar ustiga yurishining batafsil tasvirini skif hikoyalari asosida 
tuzgan. Bundan tashqari, sak-skiflarning O‘rta Osiyo, Oltoy, 
Sibir, Kavkazorti, Dnepr, Qora dengizbo‘yi cho‘l-dashtlaridagi 
qo‘rg‘on qabrlaridan topilgan boy arxeologik topilmalar sak-skif-
larda davlat tashkiloti shakllanganidan dalolat beradi. Qo‘rg‘on 
qabrlardagi qimmatbaho qurol-aslahalar, noyob toshlar, oltin, 
kumush bilan ziynatlangan xanjar-qilichlar, kamon sadoqlari, 
gilam qoldiqlari sinfiy jamiyat, davlat tashkiloti shakllangani-
dan guvohlik beradi. Doro I ning Behustun yozuvlarida sak 
hukmdori Skunxani tor-mor qilgani (mil.avv. 519-yil), uning 
o‘rniga boshqa podsho tayinlaganini yozib qoldirgan.


189
Arxeologik qazishmalar natijasida to‘plangan ma’lumotlar 
antik mualliflarning matnlarini tanqidiy o‘rganishga yordam 
beradi. Hozirgi kunda Osiyo va Yevropaning cho‘l-dasht hudud-
laridan juda katta miqdorda to‘plangan boy madaniy topilmalar 
sak-skif madaniyatini yaxlit tasavvur qilishga yordam beradi. 
Sak-skif tili to‘g‘risida ilmiy tadqiqotlar mavjud. Shaxsiy ismlar, 
joylar, hududlar, daryolarning nomlari boshqa tilda yozilgan 
matnlarda saqlanib qolgan. Bu ism va nomlar bilan sak-skif 
tilini olimlar aniqlashga harakat qiladilar. Hozirgi kunda skif 
tili hind-yevropa tillari oilasiga mansubligi e’tirof etiladi. Osiyo 
va Yevropaning bepoyon hududlarida yashagan ko‘chmanchi 
qabila-elatlarning tillari asosida keyingi davrda turkiy til shakl-
langan. Toponomika ma’lumotlari ham bu fikrni tasdiqlaydi. 
Etnik va til jihatidan sak-skiflar bir-biriga qarindosh bo‘lgan 
Osiyo, Sharqiy Yevropa cho‘l-dashtlarida yashagan ko‘chman-
chi qabila-elat va xalqlarning ulkan konglomerati edi. Ularning 
urf-odat, an’ana, marosimlari mazmunan bir xil, shaklan esa 
turli ko‘rinishda bo‘lgan. Ularning shaklan har xil bo‘lishiga sa-
bab, iqlim, atrof-muhit, joylashgan joyi ta’siri natijasi edi. Ular 
bir tilda, lekin turli shevalarda so‘zlashganlar. Buning dalili 
Osiyo, Yevropa cho‘l-dashtlarida yashagan etnoslarning ism-
lari, geografik nomlarning har xilligidir.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling