Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
3. Ijtimoiy hayot. Sak-skiflarda jamiyat shakllanishi bilan
boy chorvadorlar, urug‘-qabila oqsoqollari ko‘plab chorva mol- lariga egalik qilib, urug‘ zodagonlar qatlami va oddiy chorvador cho‘ponlar – jangchilar qatlami shakllanadi. Antik mualliflar asarlarida bir necha sak-skif yo‘lboshchilari nomlari tilga olina- di. Uchinchi qatlam diniy urf-odat, an’analarni bajaradigan ko- hinlar, shomonlar (turkiy xalqlarda – toyinlar) har bir ovulda bo‘lgan. Cho‘l-dasht, tog‘oldi hududlarida yashagan sak-skiflar qisman dehqonchilik bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lgan- lar. Chunki qurg‘oqchilik yillarida cho‘l va dasht hududlarida chorva mollari ko‘p qirilib ketgan va ochlik ko‘chmanchi chor- vadorlarning doimiy hamrohi bo‘lgan. Shuning uchun ishonch- li oziq-ovqat manbalarini izlashga majbur edilar. Ular tog‘oldi daryo vodiylarida o‘zlariga kerakli oziq-ovqat manbalari – g‘alla, sabzavot-poliz ekinlarini ekib olganlar. Qo‘shni xalqlar, davlat- lar bilan faol ayirboshlash, madaniy va harbiy aloqalar o‘rnatil- gan. Qo‘shnilar bilan munosabatlar ziddiyatli ham bo‘lgan. Sak-skiflarda mulkiy tabaqalanish kuchli bo‘lgan. Topil- gan sak-skif qabrlarida uning izlarini ko‘rish mumkin. Zoda- gonlarning qabrida buyumlar boy va xilma–xil. Aqinak (xanjar) va uning qini, o‘q-yoy sadoqlariga marosim mifologik tasvirlari tushirilgan hamda oltin plastinkalar bilan bezatilgan. Sag‘ana- ning o‘lik qo‘yilgan xonasi devorlari marhumning zarbof kiyim- lari, so‘zanalar bilan bezatilgan. Zodagonlarning qabrlarida 193 marosim buyumlari bo‘lgan ko‘zalar – sharsimon qadah-riton- lar, ikki gorizontal quloqli ochiq jomlar ko‘p uchraydi. Bunday jom-qadahlar oltin, kumushdan yoki yog‘ochdan metall bilan mustahkamlab yasalgan. Gerodot hikoyasi bo‘yicha, yo‘lbosh- chilarning dafn marosimida uning barcha fuqarolari ishtirok etgan. Yo‘lboshchi qabri ustiga ulkan qo‘rg‘on – tepalik bun- yod qilingan. Dafn marosimidan keyin marhumni xotirlash uchun shu yerning o‘zida jamoa umumiy ovqatlanish marosi- mini o‘tkazgan. Uning izlari arxeologik qazilmalarda topilgan. Ukrainadan arxeologlar «Tolstaya Mogila» qo‘rg‘on-qabrni tek- shirganlarida, dafndan keyin iste’mol qilingan xonaki va yov- voyi hayvon suyaklarining ulkan miqdoriga qarab, dafn maro- simiga 2,5-3 ming kishi qatnashgan deb faraz qiladilar. Ko‘chmanchi sak-skiflar chorvachilik bilan shug‘ullanib, o‘tovlarda, ba’zi hududlarda aravalarda yashar edilar. Yilqi, qo‘y, tuya, echki boqilgan. Go‘sht, sut va ulardan tayyorlan- gan qazi, pishloq, suzma, qimiz, quritilgan go‘shti asosiy oziq- ovqat va ichimlik edi. Asosiy ovqat qo‘y-echki, ot-tuyadan oli- nadigan sut, go‘sht bo‘lgan. «Ular qaynatilgan go‘sht yeydilar, yilqi sutini ichadilar va ippaki yeydilar» deb yozgan edi antik mualliflar. Idish-tovoqlar juda oddiy bo‘lib, yog‘och, mis, jez va temirdan edi. Katta jez qozonlarda ovqat tayyorlanar edi. Hayvon terisiga ishlov berilib, ulardan kiyim-kechak, oyoq kiyim, uy-ro‘zg‘or buyumlari (teridan qilingan mesh, ovqat saqla nadigan, yeyiladigan, tayyorlanadigan, pishiriladigan idishlar) tayyorlangan. Shuningdek, hayvon terisidan qamchi, xurjun, arqon, egar-jabduq, bosh kiyim, ko‘rpa-to‘shak, gilam va boshqalar tayyorlangan. Sero‘t yaylov-o‘tloqlar uchun doimiy to‘qnashuvlar yuz berib, hududlar qabila-urug‘lar o‘rtasida nisbatan barqaror taqsim- langan edi. Sak -skif yo‘lboshchilari o‘lganda ularning xotinlari, qurolbardorlari, xizmatkorlari, jangovar otlari va yo‘lboshchi- ning qurol-yarog‘lari, shaxsiy buyumlari bilan birga ulkan qabr – qo‘rg‘onda dafn qilingan. Sak-skiflar qaynoq, keskin va yorqin hayot kechirdilar. Doimiy xavfli tahdidlar bilan kurash, doimo bepoyon kengliklarda o‘zini himoya qilish moddiy va ma’naviy madaniyatga ham ta’sir qildi. Sak-skiflar o‘troq dehqon qo‘shni- lari bilan o‘zlariga zarur bo‘lgan don, meva, poliz mahsulotlari, gazlama, uy-ro‘zg‘or buyumlarini ayirboshlar edilar. Qurol-yarog‘ har bir kishi uchun hayotiy zarurat edi. Sakning o‘ng biqiniga taqiladigan yog‘och qinda kalta qilich (aqinak) bo‘lib, 194 uning qini tilla qoplamasi hayvonlarning o‘yib tushirilgan tasvi- ri bilan bezatilgan edi. Qilichning sopiga ba’zida tilla, kumush qoplangan. Uzun nayzalarning uchlari temirdan bo‘lib, uzoqqa otadigan qurol – o‘q-yoy edi. Kamon o‘qining uchi suyak, jez va temirdan yasalgan. Sak kamoni yengil bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan. Bunday kamondan otdan turib nishonga olib otish qulay edi. Kamon belda, chap tomondagi kamarga taqiladigan sadoqda saqlangan. Kamon o‘qi ham shu sadoqda saqlanar edi. Sadoq jang manzarasi, hayvonlarning nafis tasvirlari tushiril- gan tilla, kumush qoplama bilan bezatilgan. Uzunligi 2 metr bo‘lgan yaproqsimon yoki tor yaproqli temir uchli nayza keng tarqalgan. Kalta uchli, kalta nayzalar bo‘lgan. Kalta, temir das- tali qilich sopi tilla, kumush bilan bezatilgan. Qilichning sopi trapetsiya, uchburchak shaklida bo‘lib, hayvon tasviri bo‘lgan. Qilichning qini ham sadoq kabi jang manzarasi, hayvon tasvir- lari bilan bezalgan. Sak-skif temir pichog‘i bukri yelkali bo‘lib, odatda, sopi suyakdan yasalgan. Ot sak uchun minish, urush- da jangovar yo‘ldosh, doimo yonidagi oziq-ovqat manbayi. Ot sakning doimiy hamrohi bo‘lgan. Sak oti uncha katta bo‘lma- gan, qaynoq va o‘ynoqi, chidamli edi. Ot anjomlari temir yoki jez jilov, egardan iborat bo‘lgan. Otning ko‘kragi qo‘ng‘iroqcha- lar bilan bezatilgan. Yumshoq egarlarning asosi yog‘ochdan ishlanib, oltin yoki kumush, yapaloq boshli mixlar bilan beza- tilgan. Sak-skiflar daryo vodiylari havzasida chorvachilik va dehqon- chilik bilan shug‘ullanganlar. Arxeologik qazishmalar natijasida ko‘plab o‘troq manzilgohlar topilgan. Sak-skiflar chorvachilik va dehqonchilikdan tashqari, ovchilik bilan ham shug‘ullan- ganlar. Cho‘l-dashtlardagi parranda-qushlar, hayvonlar asosiy ov o‘ljalari bo‘lgan. Har bir sak bolasi ovchi, cho‘pon, jangchi qilib tarbiyalan- gan, xavf-xatarga to‘la hayot, urug‘-qabilalar o‘rtasida sero‘t yaylovlar uchun kurash, tabiat ofatlari bilan qurg‘oqchilik, qahraton qish, ov o‘ljalari bo‘lgan hayvonlarning qirilib keti- shi urug‘-qabila turmush tarzini belgiladi. Har qanday vaziyat- ga tayyor turish, sabr-toqat va chidam, og‘ir holatlarda ham urug‘-qabilani, o‘z hayotini saqlab qolish, tirik qolish zaruriy ehtiyoj bo‘ldi. Sak-skiflar harbiy san’atni mukammal daraja- da shakllantiradilar. Ularning kamon, qilich, nayza, temir, jez, charm sovutlari nihoyatda pishiq va nozik did bilan yasalgan. Saklarning otliq qo‘shinlari jangda yengilmas, tutqich ber- 195 maydigan harakatchan edi. Sak otliqlari ulkan Ahmoniylar imperiya sining yaxshi qurollangan qo‘shinlarini yanchib tash- lagan edi. Saklarning harbiy san’atiga tan bergan Ahmoniylar ularni harbiy xizmatidan foydalanadilar. Sak-skiflar urug‘-qa- bilaning har bir a’zosi bo‘lgan erkak-ayol jang san’atini bilishi lozim deb hisoblaganlar. Har bir sak bolasi 5 yoshidan kamon- dan o‘q otishni o‘rganib, qushlarni ov qilib, o‘ziga ovqat topishi shart edi. Otda yurish, otda jang qilish san’atiga bolalikdan o‘rgatilgan. Har bir sak bolaligidan chavandozlikni o‘rganar, balog‘at yoshiga yetguncha otda jang qilish san’atini puxta egallar edi. Kuch sinash bellashuvlari muntazam o‘tkazilgan. Kamondan uzoq masofaga bexato nishonga urish, yugurib ke- tayotgan otda kamondan otish ko‘nikmasi bolaga yoshligidan singdirilgan. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling