Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Janubiy Arabistonning qadimgi davlatlari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

4. Janubiy Arabistonning qadimgi davlatlari. Arabiston 
yarim oroli janubi va janubiy-g‘arbida (hozirgi Yaman Arab 
Res publikasi va Yaman Arab Demokratik Respublikalari hudu-
di) mil.avv. X–IX asrlarda bir necha davlatlar vujudga keldi. 
Janubiy Arabistonning chekka shimolida bosh shaharlari Isil 
va Karnava bo‘lgan Main davlati tashkil topdi. Maindan janub-
roqda markazi Marib shahri bo‘lgan Saba, undan janubroq-
da poytaxti Timna bo‘lgan Kataban, Katabandan janubroqda
Ausan davlati, sharqroqda markazi Shabva bo‘lgan Xadramaut 
davlatlari bor edi. 
Qadimgi Yaman davlatlari mil.avv. IX–VIII asrlarda shakl-
lana boshladi. Mil. avv. VI–V asrlarda Main, Kataban, Saba va 
Xadra maut davlatlari o‘rtasida yetakchilik uchun kurash bosh-
landi. Saba, Kataban va Xadramaut dastlab Ausanga qarshi bir-
lashib kurash boshladilar. Natijada Ausan Katabanga qo‘shib 
olinadi. Main davlati Kataban va Sabaning tazyiqiga zo‘rg‘a bar-
dosh beradi. Mil.avv. III–I asrlarda zaiflashib qolgan Kataban 
Arabistondagi eng kuchli davlatlar Saba va Xadra maut tomoni-
dan bo‘lib olindi. Mil. avv II asrda eng qudratli davlat Saba pod-
sholigi bo‘lgan. Saba gullab-yashnagan davrida uning hududi 
Qizil dengizdan Xadramautgacha, Markaziy Arabistondan Hind 


175
okeanigacha cho‘ziladi. Bu davlat Yaqin Sharq bilan yaqin alo-
qalarni o‘rnatdi.
Mil.avv. II asr oxirida shu vaqtgacha Kataban tarkibidagi, 
poytaxti Zafar bo‘lgan yangi Ximyarit davlati yetakchi o‘ringa 
chiqdi. Milodiy IV asr boshlarida Ximyarit davlati butun Janu-
biy Arabistonga o‘z hukmronligini o‘rnatdi. Ximyarit davlati 
davrida Janubiy Arabiston va Efiopiya o‘rtasida urush va tinch-
lik munosabatlari hukm surdi.
Mil.avv. I ming yillik o‘rtalaridan milodiy I ming yillik o‘rta-
larigacha Arabiston Yunoniston, Ptolomeylar Misri va Rim im-
periyasi bilan juda samarali savdo aloqalarini olib bordi. Bu 
aloqalar hududda savdo-hunarmandchilikning rivojlanishiga 
ijobiy ta’sir qildi. Ko‘chmanchi chorvadorlar savdo yo‘llarini 
qo‘riqlashda faol ishtirok etdilar.
Janubiy Arabiston davlatlari iqtisodiyoti birinchi navbatda, 
sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik va ko‘chmanchi 
chorvachilik bilan belgilanadi. Saba davlati hududidagi Marib 
to‘g‘oni (uzunligi 600 metr, balandligi 15 metr) mil. avv VII asr-
da qurildi va XIII asr davomida hududning sug‘orma dehqon-
chiligida suv ta’minotini amalga oshirishda yetakchi o‘rin tutdi. 
G‘alla, poliz ekinlari, xurmo o‘stirildi. Yirik va mayda chorva 
mollari va tuya boqildi. Hunarmandchilik sohalaridan toshga 
ishlov berish, qurilish ishlari, metallarni qayta ishlash, kulol-
chilik, to‘quvchilik va teriga ishlov berish yuqori darajada rivoj-
lanadi.
Mil.avv. I ming yillikda Janubiy Arabiston iqtisodiyoti in-
qirozga uchrashiga bir necha omillar sabab bo‘ldi. Ulardan 
biri yunonlar, misrliklar va forslarning Arabistonni chetlab 
o‘tib, bevosita Hindiston bilan aloqa o‘rnatishlari edi.
 Endilik-
da quruqlikdagi xavfli savdo yo‘lidan ko‘ra, xavfsizroq bo‘lgan 
dengiz yo‘li yetakchi o‘rinni egalladi. Inqirozga sabab bo‘lgan 
ikkinchi omil mavjud sun’iy sug‘orish tizimlarining yemirilishi, 
iqlimning o‘zgarishi bilan hosildor yerlarning sahroga aylanishi 
edi. Bundan tashqari, ichki va tashqi urushlar Janubiy Arabis-
ton davlatlarining iqtisodiga katta zarar yetkazdi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling