Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

EGEY MADANIYATI 
1. Egey dunyosi madaniyati. 2. Krit madaniyati. 3. Iqti so- 
diy-ijtimoiy hayot. 4. Miken madaniyati. 5. Kiklad madani-
yati.
1. Egey dunyosi madaniyati. Krit-Miken madaniyati ingliz 
arxeologi Artur Evansning (1851–1941) Krit orolida olib borgan 
arxeologik qazishmalari, G. Shliman (1822–1892)ning Kichik 
Osiyodagi Hissorlik tepaligida Troya shahri xarobalarini qazib 
ochishi, Yunoniston janubida Mikeni va Tirinf shaharlarining 
arxeologik qazishmalari natijasida fanda ma’lum bo‘ldi. Artur 
Evans Krit orolidagi Knoss saroylarini ochib, Kritning afsonaviy 
podshosi Minoy nomi bilan atalgan ajoyib Minoy madaniyati 
manzarasini yaratdi. 
Genrix Shliman kambag‘al pastorning o‘g‘li. Non topish 
uchun kichkina Genrix do‘konda yugurdak, kemada yunga 
bo‘lib xizmat qiladi. Og‘ir ahvolga tushganda sadaqa so‘raydi. 
Nihoyat Amsterdamdagi savdo uyiga agent bo‘lib ishga kiradi. 
U 1846-yil firma ishlari bilan Rossiyaga kelib qolib, shu yerda 
turib qoldi. Qrim urushi (1853–1856-yillar) davrida rus armi-
yasi ta’minotchisiga aylanadi. Armiyaga chirigan charm etik va 
qog‘oz taglik yetkazib beradi. Urushda rus armiyasi yengildi. 
Lekin G.Shliman millionlarni orttirib boyib ketdi. G.Shliman 
Amerika, Afrika, Hindiston, Xitoy va Yaponiyaga sayohat qildi. 
U 1861-yilda 42 yoshida Sarbonna Universitetining talabasiga 
aylandi va arxeologiya kursini o‘rgandi. 
U bolaligida Gomer poemasida Troya tasvirini o‘qib, uni topib 
ochishni orzu qilgan edi. G.Shliman 1870-yil Turkiya hukuma-
tining ruxsati bilan Kichik Osiyoda qadimgi Troya xarobalari 
bo‘lgan Hissorlik tepaligini qazishni boshladi. Uch yil davomida 
u arxeologik qazishma ishlarini olib bordi. Tepalikda 13 madaniy 
qatlam bor edi. Troya qoldiqlarini topishni maqsad qilib qo‘ygan 
Shliman bu madaniy qatlamlarni ayovsiz buzib tashladi. U mil.
avv. III ming yillikka tegishli qatlamdagi shaharni Troya ekaniga 
ishonib, qazishmalar natijasida katta miqdorda tilla buyumlar 
topdi. Bu buyumlarni biror-bir muzey sotib olishga qurbi yet-
madi. Shliman janubiy Yunonistonda Mikenini qazib, shahar-
ning mashhur «Sherlar darvozasi» poydevorini ochdi. Qabrlar-


331
dan boy tilla topilmalar, Agamemnon qabri hisoblangan qabrni 
mo‘l-ko‘l tilla buyumlar bilan topdi. Topilgan katta miqdordagi 
qadimgi tilla buyumlarni biror-bir muzey sotib olish imkoni-
yatiga ega emas edi. U Tirinf va Arxomenda ham qazish ishla-
rini olib bordi. G.Shliman topilgan san’at asarlarini ilmiy tad-
qiq qilib, uch tilda kitob yozdi. G.Shliman Yevropada mashhur 
bo‘lib ketdi, qirollar, hatto O. Bismark ham u bilan yozishmalar 
olib borishni o‘zi uchun baxt hisobladi. U o‘z kolleksiyasini Ber-
lin muzeyiga sovg‘a qildi. U Afinaga dafn qilindi. 
Artur Evans arxeolog, Oksford muzeyi xodimi, taniqli ar-
xeolog va geolog Jon Evansning o‘g‘li. U yunonlardan bir necha 
ming yil oldin bo‘lgan mashhur Krit sivilizatsiyasini ochdi. Krit 
madaniyati mil.avv. III ming yillikda sharqdan kelgan xalq 
yaratgan ajoyib sivilizatsiya edi. A. Evans 1900-yilda qazish-
ma ishlarini boshladi. Arxeolog hududi 20 ming kv metrdan 
ko‘proq bo‘lgan ulkan saroyning qoldiqlarini ochdi. Saroy bir 
necha qavatdan iborat bo‘lib, saroyda ajoyib devoriy tasvirlari 
bo‘lgan saroy zallari, turar joylar, ustaxonalar, omborlar, yer 
osti yo‘llari va cho‘milish joylari mavjud edi. Omborlarda don, 
moy qoldiqlari bilan ulkan sopol xumlar (pifos) saqlanib qolgan. 
Bundan tashqari, katta miqdorda qurol-aslaha, mehnat qurol-
lari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, taqinchoqlar topildi. Noma’lum tilda 
yozilgan loy taxtachalar yozuvlari topilib, ularni 50 yil davo-
mida hech kim o‘qiy olmadi. Faqat ingliz olimlari Maykl Ven-
tris va Jon Chedvik 1953-yilda bu yozuvlarni o‘qishga erishdi-
lar. Evans bilan birga italyan arxeologlari qadimgi Fest shahri 
qoldiqlarini ochdilar. 
Bundan tashqari, Amorgos, Paros, Sifnos, Siros, Naksos, 
Tera, Melos kabi Egey orollaridagi ko‘pgina madaniy yodgor-
liklar ochildi. Natijada mil.avv. II ming yillikgacha Sharq xalqlari 
yaratgan va bu xalqlar yutuqlarini ijodiy o‘zlashtirgan, yunon-
largacha bo‘lgan axeylarning Miken madaniyati deb atalgan 
madaniyatini yaxlit ko‘rinishi shakllantirildi.
Qadimda Egey havzasida uch madaniy birlik mavjud bo‘lgan:
 
1. Eng qadimgi Krit yoki Minoy madaniyati (mil.avv. 
3000–1200-yillar, markazi Krit). 2. Orollardagi Kiklad madani-
yati. 3. Bolqon Yunonistonidagi Miken madaniyati.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling