Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

4. Miken madaniyati. Yunoniston mil.avv. III ming yillikda 
ibtidoiy jamoa tuzumida edi. Gerodotning ma’lumotlariga ko‘ra, 
Bolqon Yunonistonida tub joy aholi leleglar, pelasglar va kariy-
lar yashar edilar. Ularning mehnat qurollari toshdan bo‘lib, 
endigina mis qurollari tayyorlay boshlaganlar. Jez davri mil.
avv. III ming yillik o‘rtalaridan boshlandi. Shu davrdan boshlab 
ibtidoiy kichik qishloqlar o‘rnida katta qishloqlar, mustahkam-
langan qal’alar paydo bo‘la boshladi. Urug‘chilik munosabatla-
rining yemirilish jarayoni faqat mil.avv. III ming yillik oxiridan 
asta-sekin boshlandi. Mil.avv. III ming yillik oxirida hind-yev-
ropa madaniy til birligiga mansub etnik guruhlar o‘z vatanlari 
– Markaziy Yevropadan turli yo‘nalishlarda ko‘cha boshladi. 
Ulardan bir qismi Bolqon yarim oroliga kirib kelib, yunon etno-
siga asos soldi. Ularni dastlab axeylar deb nomladilar.
Mil.avv. III ming yillik oxirlarida Bolqon Yunonistonida qa-
bilalarning ko‘chishi bilan jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida 
jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Taxminlarga ko‘ra, bu vaqtda 
Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘ida ham hind-yevropa tillarida 
so‘zlashuvchi etnik guruhlar paydo bo‘ladi. Ular Yunonistonda 
urug‘chilik munosabatlarining yemirilishini vaqtincha sekin-
lashtirdilar.
Mil.avv. II ming yillik boshlarida kulolchilikda, kumushga 
ishlov berish ishlarida, urf-odat, an’analarda (jumladan, uy 
ichida, pol ostida yoki devor orasida bolalar qabri) yangi jihatlar 
paydo bo‘ladi. Yangi etnik birliklar eskilari bilan aralashib, yan-
gi moddiy va ma’naviy madaniyatni vujudga keltirdilar. Taxmi-
nan, mil.avv. XVIII asr oxirlarida Bolqon Yunonistonida mus-
tahkamlangan kichik-kichik qishloqlar ko‘plab paydo bo‘ladi. 
Qabrlarda metall qurollar uchramaydi. Bolqon Yunonistonini 
Kritdan (qabrlarda Krit ko‘zalari, Krit namunasiga taqlid qilib 
yasalgan sopol buyumlar) boshqa hududlar bilan aloqalari de-
yarli yo‘q edi. Mil.avv. 1600-yillar atrofida Kritda yuksak rivoj-
langan madaniyat mavjud bo‘lgan paytda Bolqon Yunonistoni-
da jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. 
Axeylar mil.avv. III ming yilliklar oxiri – II ming yillikning bi-
rinchi yuz yilliklarida Yunoniston janubiga asta-sekin siljib, o‘z 
manzilgohlarini barpo qila boshladilar. Ehtimol, ular ilk bor 
kulolchilik charxi, ot qo‘shilgan arava va jang aravasini olib 
kelganlar. Mil.avv. XVI asrda kelgindilarning mahalliy aholi 
bilan to‘la assimilatsiyasi tugallandi. Natijada yangi samarali 
iqtisodiyot, zodagonlar (ko‘pincha harbiylar), kohinlar, oddiy ja-


337
moachilardan iborat ijtimoiy guruhlar shakllandi. Markaziy va 
Janubiy Yunonistonda markazi Miken shahri qudratli davlat 
va boshqa ilk davlatlar (Tirinf, Pilos, Afina) shakllana boshladi.
Miken madaniyati Ilk Miken 
(mil.avv. 1700-yillardan – 
1550-yillargacha),
O‘rta Miken (1550–1400-yillar) va So‘nggi 
Miken (1400–1200-yillar) davrlariga bo‘linadi. Egey havzasida 
400 yil davomida bir xil madaniyatning mavjud bo‘lishi uni 
shartli ravishda «Miken» madaniyati deb atalishiga sabab bo‘ldi. 
Miken (Axey) sivilizatsiyasining gullab-yashnagan davri mil.avv. 
XV–XIII asrlarni o‘z ichiga oladi. Miken siyosiy markaz sifatida 
o‘z hukmronligini keng qamrovda amalga oshira olmadi. Miken-
da olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida faqat Miken 
madaniyatiga mansub inshootlar qazib ochilgan. 1876-yilda 
arxeolog G. Shliman Mikendan qoyaga o‘yilgan shaxta tipidagi 
qabrlarni topdi. Qabrlardan kumush va oltin bilan bezatilgan 
jez qilichlar, oltin va kumush qadahlar, tilla niqoblar va boshqa 
buyumlar topildi. Qabr toshlarida ov va jang manzaralari tas-
virlangan. 
Mil.avv. XV asrdan Mikenda va Yunonistonning boshqa 
viloyatlarida gumbazli qabrlar rasm bo‘la boshladi. Bunday qa-
brlarda hokimlar dafn qilingan. Mikendagi mashhur «Agamem-
non qabri» hashamatli va ulug‘vor qilib qurilgan. 5 metrgacha 
balandlikda bo‘lgan og‘ir eshiklar, usti har biri taxminan 120 
tonna keladigan ikki xarsang tosh bilan yopilgan. Qabrlardan 
ko‘p miqdorda qimmatli buyumlar, qurol-yarog‘lar topilgan. 
Miken madaniyatining kulolchilik mahsulotlari Rodos, Kipr, 
Kichik Osiyo, Misr, Sitsiliya va Janubiy Italiyaga chiqarilgan. 
Bolqon Yunonistonida mil.avv. 1400-yildan mustahkamlangan 
qo‘rg‘onlar 
(Terin, Miken, Afina, Fiva, Iolik) paydo bo‘ladi.
Miken san’ati ko‘p jihatdan Krit madaniyati bilan o‘xshash. 
Miken tasviriy san’atida mavhum chizgilar va o‘simliklar tasviri, 
hashamatli kiyingan kishilarning bir xildagi tantanali yurishlari 
mavjud. Tasvirlarda statiklik, shartlanganlik hukm suradi. Bu 
davrda monumental me’morchilik mavjud emas. Diniy tasav-
vurlar to‘g‘risida ma’lumotlar juda kam. Diniy rasm-rusumlar 
gemma va muhrlarda ifodalangan. Joylardan diniy topilmalar 
bo‘lgan mehroblar qoldiqlari topilgan. XX asrning 60-yillarida 
Miken akropolidan (mustahkamlangan qal’a) diniy marosimlar 
bajariladigan markaz topildi. Markazdan topilgan topilmalar 
ichida qo‘llarini yuqoriga ko‘targan 16 ta loy haykalcha, loydan 
yasalgan ilonlar va mehrob bor. Muqaddas joy yaqinida turar 


338
joy binosi bo‘lib, tadqiqotchilarning fikricha, bu binoda bosh 
kohin yashagan. 1953-yil ingliz olimlari Ventris va Chedvik 
Miken saroylaridan topilgan buyumlarda sanoq, hisob-kitob-
lar to‘g‘risida ma’lumot beradigan loy taxtachalardagi Miken 
yozuv larini o‘qidilar. 
Miken sivilizatsiyasining asosiy markazlari mil.avv. XV–XII 
asrlarda Miken, Tirinf va Pilos edi. Ularning ichida Miken bu 
davrda eng kuchli davlat birlashmalaridan biri bo‘lib, axey 
dunyosining yetakchisi bo‘lgan. Gomer Miken podshosi Agam-
emnonni Troyaga qarshi umumyunon yurishining yo‘lboshchi-
si deb tilga oladi. Zaiflashgan Krit mil.avv. XV asr o‘rtalarida 
Miken istilosiga uchrab, unga qaram bo‘ldi. Axey hukmdorlari 
Mikenda ulkan inshootlar, boyliklarga to‘la «shaxta qabrlar, 
mustahkam qal’alarni barpo qildilar. Miken qal’asining kirish 
qismidagi darvozaning tepa qismida ikki sher relyef tasviri 
tushirilgan. Miken shahrida hashamatli podsho saroyi, Miken 
hukmdorlarining katta va ajoyib sag‘analari mavjud. 
Tirinf Mikenga qo‘shni bo‘lgan yana bir axey davlat birlash-
masi edi. Tirinf hokimining saroy qal’asi balang va ulug‘vor 
qurilgan. Qal’a devorlari og‘irligi 12 tonnagacha bo‘lgan yaxlit 
ohaktoshlardan bunyod qilingan. Ularning eni 4,5 metrgacha, 
balandligi 7,5 metrgacha yetadi. Qal’a devorlarining ba’zi joy-
larida oziq-ovqat va qurol saqlanadigan ombor inshootlari qu-
rilgan. 
Qal’aning ichida ikkinchi mudofaa devori tepalikda joylash-
gan podsho saroyini himoya qilgan. Saroyga yaqinlashish max-
sus to‘siq inshootlari bilan himoyalangan. Qal’ada ichimlik suv 
zaxirasi bilan shahar tashqarisidagi suv manbasiga boradigan 
yashirin yerosti yo‘li qurilgan. Chunki Tirinf uchun eng xavfli 
raqib Miken 17 km uzoqlikda joylashgan edi. Tirinf saroyi de-
vorlari ov manzaralari, hashamatli kiyingan xonimlarning ara-
vadagi tasvirlari bilan bezalgan. 
Axey davlatlaridan yana biri Peloponnes yarim orolining 
janubiy-g‘arbida joylashgan, markazi Pilos bo‘lgan Pilos sha-
har-davlatidir. Gomer «Iliada» dostonida Troyaga qarshi yurish-
ga qatnashgan yunon floti ichida eng ko‘p sonli 90 kemadan 
iborat Pilos floti to‘g‘risida hikoya qiladi. Bu flotning qo‘mon-
doni Pilos podshosi Nestor edi. Nestor yunon yo‘lboshchilari 
ichida eng donosi, Pilosning o‘zi esa eng boy davlatlardan biri 
hisoblangan. Pilos podsho saroyi yaxshi saqlanib qolgan bo‘lib, 
Miken saroy me’morchiligining eng yaxshi namunasi hisobla-


339
nadi. Bu saroy maydoni boshqalarga qaraganda kichik bo‘lsa-
da, uyg‘un rejalashtirilgan. Saroy devori freskalar bilan, tosh-
dan yasalgan pol geometrik va dengiz mavjudotlari tasvirlari 
bilan bezatilgan. Xonalarning biridan Pilos davlati va jamiyati, 
Miken sivilizatsiyasining turli sohalari to‘g‘risida ma’lumot be-
radigan bir yarim ming loy taxtachadan iborat arxiv topilgan. 
Pilos doimiy raqobat va o‘zaro urushlar ichida bo‘lgan Miken 
va Tirinfdan uzoqda joylashgan. Pilos mil. avv XIV–XII asrlar-
da eng rivojlangan va farovon davlat bo‘lgan. Miken, Tirinf va 
Pilos Janubiy Yunoniston va Peloponnesda shakllangan axey 
davlatlari edi. O‘rta Yunonistonda ilk davlat birlashmalari Atti-
ka va Beotiya viloyatlarida mil.avv. XIV–XII asrlarda shakllana 
boshladi.
Mil.avv. XIV asrda Kichik Osiyoda Axaya davlati mavjud 
bo‘lgani to‘g‘risida mixxat yozuvlari ma’lumot beradi. Xett man-
balarida (XIV–XIII asrlarda) Axaya
deb atalgan davlatni tad-
qiqotchilar Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo va Rodos orolida 
deb turli farazlar qiladilar
Yunonistonning Axaya davri siyosiy 
tarixi yaxshi yoritilmagan. Ba’zi olimlar Miken boshchiligida 
yagona Axaya davlati mavjud bo‘lganini yozadilar. Bir necha 
Axaya davlatlari mustaqil mavjud bo‘lib, ular vaqtinchalik bir-
lashgan bo‘lishlari mumkin. Troya urushi yunon qabilalari-
ning tarqalishi jarayonining bir unsuri bo‘lishi mumkin. Axey 
koloniyalari Kichik Osiyoning g‘arbiy va janubiy qirg‘oqlarida 
paydo bo‘ldi. Rodos va Kiprda axeylar o‘rnashib olganlar. Mil.
avv. 1000-yillarning oxirida Kipr Kichik Osiyodagi panfiliyalik 
axeylar tomonidan o‘zlashtiriladi. Sitsiliya va Janubiy Italiyada 
axey faktoriyalari (tayanch nuqtalari) paydo bo‘ladi. Axeylarning 
Old Osiyo mamlakatlari qirg‘oq bo‘ylariga kuchli bosqini «dengiz 
xalqlarining» harakati deb ataladi. Ilmiy farazlarga ko‘ra, mil.
avv. XIII asrda yuz yil davomida doriylar va boshqa xalqlarning 
Bolqonga kuchli tazyiqi axey sivilizatsiyasining halokatiga olib 
keldi. Ularning bir qismi Attika va boshqa viloyatlar, Egey den-
gizi orollari, Kichik Osiyoning g‘arbiy qirg‘og‘i va Kipr orolida
 
saqlanib qoldi. Qolgan qismi qirilib ketdi. 
Mil.avv. XII asr boshida Sharqiy O‘rtayer dengizining Osiyo 
qirg‘og‘ida filimstimlar deb atalgan xalqlar o‘rnashdi. Ularning 
manzilgohlaridan bu yerda ilgari bo‘lmagan, shu yerning o‘zida 
ishlab chiqarilgan Miken sopolga o‘xshash buyumlar ko‘plab 
topilgan. Bu vaqtda Bolqon Yunonistoniga shimoldan turli 
qabila guruhlari migratsiyasi boshlandi. Yodgorliklarda mod-


340
diy-ma’naviy madaniyatning tushkunligi ko‘rinadi. Bu vaqtdan 
boshlab temir o‘zlashtirila boshlanadi. Eng avvalo, Peloponnes 
yarim oroli va Kritga doriylar kelib o‘rnashadilar. Troya urushi 
to‘g‘risida muammoli fikrlar juda ko‘p. Qadimgi Troya Kichik 
Osiyoda joylashgan bo‘lib, jez asrida paydo bo‘lgan bo‘lishi 
mumkin. Lekin Troyaning yoshi Mikendagi shaxta qabrlaridan 
yosh jihatidan 600 yil katta bo‘lgan va Bolqon yarim orolidan 
kelgan qabilalar tomonidan bosib olinishi mumkin emas edi. 
Troya shahri hududidan arxeologlar olti madaniy qatlamlarni 
qazib ochdilar. Bu madaniy qatlamlar Troyada hayot uzluksiz 
davom etganligidan dalolat beradi. Mil.avv. 1800-yillar atrofida 
Troya-VI qatlami paydo bo‘ldi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling