Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Gomer davri Yunonistoni.
GOMER DAVRI YUNONISTONI.
YUNON SHAHAR-DAVLATLARINING SHAKLLANISHI 1. Gomer davri Yunonistoni. 2. Yunon polisining shakl- lanishi va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 3. Shaharlar va pul-tovar munosabatlari taraqqiyoti. 4. Davlat qurilishi. 5. Buyuk kolonizatsiya. 6. Tiraniya. 1. Gomer davri Yunonistoni. Mil.avv. XIII asrda axey dav- latlari tushkunlikka yuz tutdi. Axey davlatlarining zaiflashuvi bilan hozirgi Makedoniya va Epir hududida yashagan doriy qa- bilalari mil.avv. XII asrda Yunonistonga bostirib kirdilar. Doriy- lar o‘z hududlarini frakiya qabilalari tazyiqi ostida tark etdi. Yunonistonda axey hududlarini doriylar yuz, bir yuz ellik yil davomida egalladilar. Mil.avv. XI asr oxirida doriylar butun Shi- moliy va O‘rta Yunonistonga o‘rnashib, Peloponnesning katta qismini o‘zlashtirdilar. Axeylarning bir qismi doriylar taziyqi os- tida Attika hududi va Egey dengizi havzasiga ko‘chdilar. Yuqori darajada rivojlangan axey davlatlarini bosib olgan doriylar ibtidoiy jamoa turmush tarzida va harbiy demokratiya sharoitida yashar edilar. Doriylar axeylarning shaharlarini vay- ron qildilar va ibtidoiy jamoa tuzumida yashashni davom ettir- dilar. Yunonlar bu davrda ibtidoiy jamoa tuzumida yashadilar. Ayrim paytda urug‘lar o‘zlariga tegishli biror-bir umumiy masa- lani yechish uchun kattaroq tashkilot – fratriyaga birlashgan- lar. Fratriyalar birlashib, qabila – filni tashkil qilgan. Fratriya va urug‘ bir umumiy ajdoddan kelib chiqqan. Urug‘ boshliqlari bilan bir qatorda, fil va fratriyaning Gomerda filobasiley deb eslatiladigan yo‘lboshchilari bo‘lib, urug‘ boshliqlari ularga o‘z hokimiyatlarining bir qismini berganlar. Bir necha urug‘lar bir qabilaga birlashgani uchun qabila oqsoqoli saylanadi. Shimol xalqlari va doriylar mil.avv. XIII asrda Yunoniston- ga kirib keldi. Axeylar Yunonistonning bir necha viloyatlarida saqlanib qoldi. Yunon tarixidagi mil.avv. XI–IX asrlarni tarix- chilar «Qorong‘i davrlar» deb ataydilar. Chunki bu davrga oid ma’lumotlar juda kam. Mil.avv. XI–IX asrlardagi yunon tarixi- ni o‘rganish bo‘yicha asosiy manba bo‘lib, Gomerning «Ilia- da» va «Odissey» dostonlari xizmat qiladi. Shu sababli bu davr 344 Gomer davri deb ataladi. Bu davr uchun asosiy manba bo‘lgan Gomerning «Iliada» va «Odissey» dostonlari orqali yunon jami- yatining uch yuz yillik hayotini qayta tiklash mumkin. Poema- larda axeylarning Troyaga yurishi, shaharning bosib olinishi, Troya urushi qahramonlaridan biri bo‘lgan Odisseyning ko‘pgi- na sarguzashtlardan so‘ng uyga qaytishi hikoya qilinadi. Shu tarzda poema axey sivilizatsiyasi gullab-yashnashining so‘ng- gi davri hayotini tasvirlaydi. Lekin Gomerning o‘zi mil.avv. VIII asrda yashagani uchun o‘tmish voqealarini o‘zi yashagan davr nuqtayi nazaridan zamonaviylashtiradi. «Odissey» va «Iliada» dostonlarida yunon jamoasidagi mulkiy tabaqalanishni, urug‘chilik munosabatlari zaiflashganini, basi- leylar bilan hokimiyatga intilayotgan ko‘p sonli urug‘ zodagon- lari qatlami shakllanayotganini kuzatish mumkin. Asta-sekin mehnat taqsimoti natijasida dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqadi. Poemalarda temirchi, tosh teruvchi, duradgor va kema yasovchilar to‘g‘risida hikoya qilinadi. Erkin kishilar bilan bir qatorda, qullar ham mehnat qilganlar. Qulchilik hali xonaki shaklda ko‘rinadi. Ularning soni ko‘p emas edi. Xo‘jayin qul bilan yonma-yon jismoniy mehnat qilishdan hali jirkanma- gan. Odisseyning otasi Laert yerda ishlaydi. Uning xotini Pe- nelopa kalava yigiradi. Navsakiya kir yuvadi. Odissey sol, Paris butun bir saroy qur’adi. Odisseyning xo‘jaligida 50 qul bo‘lgan. Gomer o‘tmish qahramonlarini sharaflab, o‘zi yashagan davr- ning mavjud ijtimoiy tabaqalanishining hayotiy tasvirini chizadi Olimp xudolariga borib taqaluvchi yo‘lboshchi podsholar bilan oddiy xalq ommasi o‘rtasidagi yetilib kelayotgan qarama-qar- shiliklar kichkina bir epizodda o‘z aksini topgan: Troyani qamal qiluvchilar bilan yo‘lboshchi Agamemnon o‘rtasida unga qarshi norozilik tug‘diruvchi, o‘jar Tersit obrazining kelib chiqishi vo- qeasida ijtimoiy hayotni ko‘rish mumkin. Qadimgi Troya xaro- balarini XIX asrda havaskor arxeolog Genrix Shliman ochdi. Urug‘-jamoa kichik qishloqlarda yashab, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Jamoani saylab qo‘yilgan oqsoqol-basiley urf-odat, an’analar asosida boshqargan. Ba- siley urug‘ mulkini qo‘riqlagan, urug‘doshlarini sud qilgan va urug‘ning afsonaviy asoschisini hurmatlashga bagi’shlangan marosimlarni o‘tkazishda boshchilik qiladi. Axey sivilizatsiyasi asta-sekin parchalana boshladi. Mil.avv. XIII asr oxiridan axey- larning parokanda ahvoli vaqtida shimoldan doriy qabilalari Yunonistonga bostirib kirdi. Doriylar mil.avv. XI asrning oxiri- 345 ga kelib butun Shimoliy va O‘rta Yunoniston, Peloponnes yarim orolining katta qismini egallab oldilar. Bu davrda ularda ibtidoiy jamoa munosabatlari hukm surgan. Dostonlarda aholi qishloq- larda yashab, shahar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lmagani ba- yon qilinadi. Xo‘jalik natural shaklda bo‘lib, aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Asosiy ekin tariq edi. Sav- do ibtidoiy ayirboshlash holatida edi. Gomer davri yunonlari hatto ularning zodagonlari ham kichik, qo‘pol qurilgan, poli tuproq, xona o‘rtasida gulxan yoqiladigan uylarda yashaganlar. Mil.avv. XI asrda xo‘jalik hayotidagi bir qancha qiyinchilikdan so‘ng temir o‘zlashtirilib, xo‘jalik hayotining jonlanishi bosh- landi. Ammo Yunonistonda unumdor yerlar juda kam bo‘lgan. Taqchil bo‘lgan unumdor yerlarning asosiy qismini donli ekin- lar egallay boshlagan. Bog‘dorchilik, uzumchilik va zaytun da- raxtlarini o‘stirish yo‘lga qo‘yilgan. Chorvachilik rivojlangan. Gomer poemalariga ko‘ra, qoramol asosiy ayirboshlash vositasi bo‘lgan. «Iliada»da katta uch oyoqli jez buyum 12 buqaga, mohir usta ayol 4 ho‘kizga tenglashtiriladi. Hunarmandchilikda kat- ta o‘zgarishlar yuz berdi. Mehnat qurollari tayyorlashda temir keng qo‘llanila boshlandi. Jamoada oilalarning birgalikdagi mehnatiga o‘rin qolmadi. Temirdan yasalgan mehnat qurollari ish unumdorligini oshirdi. Oila moddiy ehtiyojini o‘z mehnati bilan qondirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shu sababli ekin yer- lari berildi. Keyinchalik bu yerlar xususiy bo‘ldi. Erkin dehqon xo‘jaligi asosiy ishlab chiqaruvchi bo‘ldi. Jamoa- ning alohida bir ko‘rinishi sifatida jamoa-polis jamiyat tash- kilotining asosiy shakli bo‘ldi. Keyinchalik polis shahar-dav- latga aylandi. Har bir oila iqtisodiy mustaqil birlik bo‘lib, ular huquqlarda teng edilar. Jamoada shakllanayotgan urug‘ zoda- gonlari jamoani o‘z nazorati ostiga olishga urinar edilar. Po- lis-jamoa asosan ikki vazifani bajargan: aholini va hududni qo‘shnilar bosqini va tazyiqidan himoya qilish va jamoaning ichki munosabatlarini tartibga solish. Hali davlat tashkiloti yu- zaga kelmagan edi. Mil.avv. IX asr oxirida yunon dunyosi dehqonlarni birlashtir- gan yuzlab kichik polis-jamoalardan yoki ular katta-kichik qishloqlardan iborat edi. Asosiy iqtisodiy birlik mustaqil xo‘ja- lik yuritish asosida tirikchiligini o‘tkazadigan, oddiy turmush kechirib, tashqi dunyo bilan aloqasi bo‘lmagan patriarxal oila bo‘lgan. Yunon dunyosida hali katta yer egalari, yersiz, birovga qaram oilalar, odamlar va jamoa a’zolari yo‘q edi. 346 Hunarmandchilikning sohasi bo‘lgan kulolchilikda protogeo- metrik usul shakllandi. Dafn marosimlari o‘zgardi. Endilikda tuproqqa dafn etish o‘rniga jasadni krematsiya qilish (yoqish) rasm bo‘ldi. Bolqon Yunonistonidan yuqori darajada rivojlan- gan Sharqqa yunonlar kirib kela boshladi. Mil.avv. XI asr oxi- ridan Kichik Osiyoning g‘arbiy qirg‘og‘ida yunon qo‘rg‘onlari paydo bo‘lib, ularning aholisi eoliy, ioniy va doriy shevalarida so‘zlashgan. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling