Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

4. Davlat qurilishi. Qadimgi davrda sud ishlarini urug‘ ja-
moasining o‘zi bajarar edi. Davlat hokimiyati urug‘dan bu vazi-
fani tortib oldi. Zodagonlar uzoq vaqt sud hokimiyati, bosh-
qaruvni o‘z qo‘llarida saqlab turdilar. Vaqt o‘tishi bilan ular 
bir qism hokimiyatni yangi ijtimoiy kuchlarga berishga majbur 
bo‘ldilar. Yangi ijtimoiy kuchlar bo‘lgan savdo-hunarmandlar 
tabaqasi zodagon sudyalar hokimiyatiga chek qo‘yish uchun 
odatdagi huquqni yozishni talab qildi. Jamiyat yana olg‘a qa-
dam tashlab, savdo munosabatlarini muvofiqlashtirishga, maj-
buriy qoidalarini kiritish ehtiyojini tug‘dirdi. Qonunlarning eng 
qadimgi kodifikatsiyasini Lokrada Zalevk (Italiyadagi yunon 
shahrida), Katanada Xarond (Sitsiliyadagi yunon shahrida) 
amalga oshirdi. 
Yunon shaharlarida odatdagi huquqni yozish va yangilash 
barchaning hurmatiga sazovor bo‘lgan «diallakt» – murosa-
ga kel’tiruvchi yoki «aysyumet» – adolatni biluvchi kishilarga 
isho nib topshirilgan.
 Yunon an’analariga ko‘ra, «yetti donodan 
biri» Lesbosdagi Mitilena shahrida Pittak, Sirakuzada Diokl, 
Fivada Filolay, Afinada Drakont va Solon shunday kishilar-
dan edi. 
Yangi qonunchilik natijasida sudyalar mansabdor shaxs 
sifatida saylab qo‘yiladigan bo‘ldi. Chiqarilgan hukmni xalq 
yig‘inida appelatsiya (qayta ko‘rib chiqish) qilish mumkin edi. 
Qadimgi qonunchilikda jazo hajmi va xususiyati aniq belgila-
nib, sudya o‘zicha jazo belgilay olmas edi. Huquqiy hujjatlar-
da «qonga-qon», «jonga-jon» olish an’anasi mavjud edi (talion 
huquqi). Jazo juda og‘ir edi. Drakont qonunchiligida (mil.avv. 
622-yil) jinoyatning og‘ir, yengil shakllari yo‘q edi. Faqat So-
lon bu tushunchani kiritdi. Drakont qonuniga ko‘ra, har qan-
day o‘g‘rilik uchun o‘lim jazosi belgilangan. Bundan tashqari
qonunda pul jarimasi, qullikka sotish, kaltaklash va fuqarolik 
huquqidan mahrum qilish ko‘zda tutilgan edi. Qarzini to‘lama-
gani uchun qarzdor turmaga qamashga hukm qilingan. Dra-
kont qonunlari «fonos dikayos» – o‘zini himoya qilish maqsadida 
odam o‘ldirish jinoyati tushunchasini olib kirdi. Bu holda ayb-
dor quvg‘in qilinishi yoki pul jarimasi to‘lashi ko‘zda tutilgan. 
Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida ijtimoiy 
ziddiyatlarning keskinlashuvi turli yunon shaharlarida siyosiy 


350
vaziyatni murakkablashtirdi. Ularning ko‘pchiligida tiranlar 
hokimiyatni qo‘lga oldilar. 
Mil.avv. VIII–VI asrda Buyuk yunon kolonizatsiyasida Afi-
na qat nashmadi. Attikada mavjud hosildor yerlardan qishloq 
xo‘jaligida unumli foydalanildi. Kulolchilik sohasi rivojlandi. 
Mulkiy tabaqalanish kuchaydi. Siyosiy hokimiyat yevpatridlar 
– urug‘ zodagonlari qo‘lida edi. Yevpatridlarga qarshi dehqon-
lar, savdo-hunarmandchilik tabaqalari – demos qat’iy kurash 
olib bordi.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling