Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Gomer. Iliada. – Toshkent: 2000.
2. Gomer. Odissey. – Toshkent: 2000.
3. Андреев Ю. В. Раннегреческий полис. – Л.: 1976. 
4. Молчанов А.А. Социальные структуры и общeственные от-
ношения в Греции II тысячелетия до н.э. – М.: 2000.


356
5. Блаватская Т.В. Черты истории государственности Эллады. 
– СПб. 2003.
6. Высокий М.Ф. История Сицилии в архаическую эпоху. Ранняя 
греческая тирания конца VII – середины V в.до н.э. – СПб. 2004.
7. Фролов Э.Д. Рождение греческого полиcа. – СПб. 2004.
Asosiy sanalar
Mil.avv. VIII asr 
Yunonlarning Sitsiliya, Janubiy Italiya, 
Shimoliy-Sharqiy Qora dengiz bo‘ylari- 
da koloniyalari tashkil topdi. 
Mil.avv. VIII–VII asr
Janubiy Italiyada yunon koloniyalari
paydo bo‘ldi.
Mil.avv. 735-yil
Evbey Xalkidasi yunonlari Naksos, 
Katanu, Leontida, Zankli, Regiy koloni- 
yalari barpo qildilar.
Mil.avv. VII asrda
Misrda yunonlarning tayanch nuqta-
lari vujudga keldi.
Mil.avv. VII asrda 
Yunon shaharlarida savdo-hunar-
mandchilik tez sur’atda rivojlandi.
Mil.avv. VII–VI asrlar
Buyuk kolonizatsiya davri.


357
SPARTA
1. Sparta jamiyati. 2. Davlat tuzumi. 3. Sparta davlatida 
fuqaro tarbiyasi. 4. Arxaik davr hayotining umumiy man-
zarasi.
1. Sparta jamiyati. Qadimgi Sparta arxaik va klassik davr-
larda Yunonistonning eng katta polislaridan biri edi. Sparta 
polisi va davlatchiligining boshlanishi doriylar bosqinining tu-
gallanish vaqtiga to‘g‘ri keladi. Doriy qabilalari mil.avv. XII–XI 
asrlarda Peloponnes hududiga o‘rnashdilar va mil.avv. XI–VIII 
asrlarning birinchi yarmi davomida mahalliy qabilalar bilan 
hukmronlik uchun uzoq kurash olib bordilar. Mil.avv. X asr-
da Peloponnes janubidagi Lakonikada Yevrot daryo vodiysi ning 
o‘rta qismidagi unumdor yerlarda Sparta manzilgohi paydo 
bo‘ldi. Qadimgi yunonlar Sparta davlatini Lakedemon deb ata-
dilar. Ko‘pchilik doriylar bo‘lg‘usi Sparta polisining fuqarolari 5 
qishloqni birlashtirgan Sparta manzilgohiga o‘rnashdilar. 
Doriylar mahalliy axey aholisining bir qismini qaram qilib, 
qolgan qismini qirib tashladi, Sparta davlatining paydo bo‘li-
shi qisqa vaqt ichida boshqa keng hududlarni bosib olish bi-
lan belgilanadi. Doriylar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning quyi 
bosqichida, urug‘ munosabatlarining yemirilish davrida turar 
edilar. Bu hol Sparta davlatida urug‘chilik tuzumi qoldiqla rining 
uzoq vaqt saqlanishi uchun shart-sharoit yaratdi. Peloponnes 
yarim orolida arxaik davrdan Sparta davlati yetakchi o‘ringa 
chiqib oldi va bu hududda tashkil topgan shaharlar ittifoqiga 
boshchilik qildi. Mil.avv. VIII asrda Sparta Janubiy Lakonika-
ning bir qancha viloyatlari, Kifera oroli, keyin esa Pamis dar-
yosi vodiysidagi hosildor Messeniyani bosib oldi. Bu boy o‘lka 
Spartaning kam sonli, to‘la huquqli fuqarolari tomonidan bo‘lib 
olindi. Mahalliy aholining bir qismi qirib tashlanib, qolganlari 
huquqsiz qaram ilotlarga aylantirildi. 
Lakonika va boshqa bosib olingan hududlarning aholisi 
perieklar deb atalib, savdo, hunarmandchilik bilan shug‘ul-
langanlar, o‘zlariga qoldirilgan yerda ishlab, mahsulotning bir 
qismini spartaliklarga berganlar. Ular bundan tashqari harbiy 
xizmat majburiyatini ham o‘taganlar. Perieklardan tashqari 
Sparta davlatiga qaram bo‘lgan ilotlar davlatga tegishli qullar 


358
hisoblanib, alohida spartaliklarga taqsimlab berilgan. Ilotlar 
davlat va spartaliklarning yerlarida ishlab, ularga mahsulot 
yetkazib berganlar. Shu bilan birga harbiy yurishlar paytida 
qarorgoh qurish, urushda yengil qurolli bo‘lib qatnashish maj-
buriyatlarini o‘taganlar. Ilotlar bir xil kiyim – charm qalpoq va 
qo‘y terisini kiyganlar. Periek va ilotlar hech qanday siyosiy 
huquqqa ega bo‘lmaganlar. 
Spartaliklar o‘zlariga tegishli bo‘lgan ekin yerlarini 9000 ta 
ulushga bo‘ldilar. Har bir to‘la huquqli spartalik shunday yer 
ulushini bu yerdagi bosib olingan mahalliy aholi – ilotlar oila-
si bilan umrbod mulk qilib oldi. Ilotlar xo‘jayinlariga hosilning 
yarmini berishga majbur edilar. Yuz yildan so‘ng Sparta G‘arbiy 
Messeniyani ham egalladi. Keyin esa Sparta sharq va shimolda-
gi Agros, Arkadiya viloyatlarini ham o‘ziga qo‘shib oldi. Arka-
diyaning janubiy qismidagi bir qancha viloyatlar ham Sparta 
tarkibiga kirdi. Tergiya, Korinf, Sikion, Megara, Egina va Eli-
da kabi shahar va davlatlar Sparta bilan simmaxiya

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling