Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
Xalq yig‘ini – appella. Xalq yig‘ini – appellada 30 yoshga
yetgan barcha spartaliklar ishtirok etar edilar. Xalq yig‘ini eng muhim masalalar yuzasidan qaror chiqarish huquqiga ega bo‘lgan. Faqatgina xalq yig‘inigina urush e’lon qilish huquqiga ega edi. Sparta appellasi masalalar qizg‘in muhokama qilina- digan, oddiy fuqaro faol so‘zga chiqadigan Afina xalq yig‘ini – ekklesiyasidan keskin farq qilar edi. Appellada oddiy sparta- liklarning ovozi faqat favqulodda holatlarda eshitilar, barcha qarorlar eforlar va gerusiya a’zolari tomonidan taklif etilar edi. Appellada fuqarolar masalani muhokama qilmas, bahslash- mas edilar, faqat ular ovoz berar edilar. Spartaliklarning davlat qurilishi ana shunday edi. Bu davlat qurilishi qonunshunos Likurg tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasi edi. Li- kurg Sparta podsholaridan birining tog‘asi bo‘lib, o‘z jiyanining yoshi kichik bo‘lganligi uchun davlatni boshqargan. Likurg is- lohotlarining asosiy maqsadi Sparta fuqarolarining hukmron- ligini ta’minlash edi. Shuningdek, qaram ilot va perieklarning norozilik chiqishlari va tashqi hujumni bartaraf qilishga qodir kuchli harbiy tashkilotni yaratish edi. Likurg spartaliklarning tengligiga raxna soladigan, mulkiy tabaqalanishga olib kelish ehtimoli bo‘lgan, savdo-hunarmandchilikni cheklaydigan qator 361 qonunlarni amalga oshirdi. Sparta fuqarolariga xo‘jalik faoli- yati bilan shug‘ullanish taqiqlandi. Fuqaro o‘ziga berilgan yer ulushida ilotlar yetishtirgan mahsulotlarni olib, o‘z ehtiyojini qondirgan. Hunarmandchilik bilan perieklar, dehqonchilik bi- lan ilotlar shug‘ullanganlar. Qaram ilotlar olingan mahsulot- ning yarmini o‘z xo‘jayinlari yoki davlatga toshirganlar. Spar- tada katta binolar qurish, zeb-ziynat buyumlari, san’at asarla- rini ishlab chiqarish keskin cheklangan. Kumush tanga o‘rni- ga sav do ishlari uchun noqulay, qo‘pol, katta temir bo‘laklari ishlatilgan. Bu tadbirlar savdo, hunarmandchilikning keskin cheklanishiga olib keldi. Faqat qurol-aslaha ishlab chiqarish bundan soqit edi. Likurg spartaliklarning tengligini saqlab qol- ish uchun boylik to‘plashni taqiqladi. Sparta to mil.avv. IV as- rning ikkinchi yarmigacha shu holatda yashadi. Spartalik erkaklarning barchasi uchun harbiy xizmat maj- buriy edi. Spartaliklar 7 yoshdan 18-20 yoshgacha harbiy ta’limni o‘rganib, 20 yoshdan 60 yoshgacha harbiy xizmatda bo‘lganlar. Harbiy lagerda yashash bayram hisoblangan. Dush- mandan tortib olingan o‘lja – ozuqa va ichimlik harbiy xizmat- dagilar kayfiyatini yanada ko‘targan. Sparta jangchilari zich saflanib (falanga) gulchambar bilan bezalgan qizil kiyimda sur- nay, musiqa bilan jangga kirganlar. Faqat jangda halok bo‘lgan- lar qizil kiyimda tantanali dafn etilganlar. Qo‘rqoq haqoratlanib obro‘siz lantirilgan. Kimdir jangda qo‘rqoqlik qilib qochsa yoki safni tashlab ketsa, u gimnastika o‘yinlarida, sissitiyalarda qat- nashish huquqidan mahrum qilingan. Hech narsani sotib ol- ishga jur’at qilmagan, xalqning oldida sazoyi qilingan. Sparta shahari devorlar, mudofaa inshootlari bilan o‘rab olinmagan, mudofaa faqat shahar fuqarolarining jasoratiga asoslangan. Spartaliklar shaharlarni qamal qilishni bilmaganlar va yoq- tirmaganlar. Yuzma-yuz jang qilish ularning qoidasi bo‘lgan. Jangda qo‘shinning oldingi qismida ilotlar , perieklar borgan. Ulardan keyin yosh spartaliklar, oxirida 60 yoshgacha bo‘lgan keksalar jangga kirishgan. Qayrilgan qilich, uzun nayza, zich saf – falanga va jangchilarning jasorati hamda mohirligi g‘ala- bani ta’minlagan. Sparta qo‘shini mil.avv. VI–V asrlarda Yunonistondagi eng yaxshi tashkil etilgan intizomli va kuchli qo‘shin edi. Qo‘shinlar 12 ta harbiy qismga (loxga) bo‘lingan. Harbiy qism tepasida har- biy boshliq (loxak) turgan. Qo‘shinga qo‘mondonlikni podsholar 362 amalga oshirgan. Ularga harbiy ishlarda harbiy maslahatchilar yordam bergan. Qo‘shin tarkibida 300 ta suvoriy askar bor edi. Suvoriylar urush vaqtida podsholarni qo‘riqlaydigan, tinchlik vaqtlarda esa mamlakat xavfsizligini ta’minlaydigan o‘ziga xos otliq gvardiyani tashkil etgan. Sparta Peloponnes urushidan so‘ng qisqa vaqt mil.avv. 404-yildan 379-yilgacha yunon dunyosida yetakchi o‘rinni egalladi. Mil.avv. IV asrning II yarmidan butun yunon dunyosi- ni qamrab olgan ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlar Spartaga ham o‘z ta’sirini o‘tkaza boshladi. Spartaning maqtalgan tenglar jamiyati buzildi. Spartaning harbiy qudrati mil.avv. 371-yilda Fiva bilan urushdagi mag‘lubiyatdan keyin zaiflashdi va tush- kunlikka yuz tutdi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling