Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
2. Afina dengiz ittifoqi. Yunon polislari forslarga nisbatan
turli munosabatda bo‘ldi. Fessaliya va Beotiya forslar bilan yaqin aloqa o‘rnatdi. Sparta va Afina forslarga qarshi yunon shaharlari ittifoqini tashkil qildi. Mil.avv. 481-yil yunon sha- har-davlatlari forslarga qarshi Ellin ittifoqini tuzdilar. Dastlab ittifoqda Sparta yetakchi rol o‘ynadi. Sparta vakili uning ishi- ga rahbarlik qildi. Lekin forslarga qarshi harbiy harakatlarda asosan flot hal qiluvchi o‘rin egallar edi. Sparta o‘zining flotiga ega bo‘lmaganligi sababli, ittifoqda yetakchi o‘ringa da’vo qila olmas edi. Spartaliklardan rahbarlikni olish uchun Ioniya orol- larining Afinaga yordam so‘rab murojaat qilishi bahona bo‘ldi. Afina atrofida bir necha yunon shaharlari birlashib, yangi siyo- siy kuch Birinchi Afina ittifoqi (Afina Arxesi) ni vujudga keltirdi. Shu vaqtdan boshlab Sparta va Afina ittifoqchilari o‘rtasidagi raqobat mil.avv. V asrda Yunonistondagi voqealar rivojiga hal qiluvchi ta’sir o‘tkazdi. Afina ittifoqi tez orada mustahkam, uyushgan kuchli tashkilot- ga aylandi. Ittifoqning barcha qatnashchilari to‘la huquqli bo‘lib, uning xazinasi Delos orolidagi Apollon ibodatxonasida joylash- gan edi. Ittifoqchilar kengashiga har bir a’zo davlat bittadan vakil yubordi. Afina ittifoqi mablag‘i 480 talant hajmida belgi- lanib, har bir ittifoqchi davlat umumiy xazinasiga a’zolik to‘lovi (foros)ni amalga oshirar edi. Ittifoq ichida Afinaning harbiy-siyo- siy va savdo mavqeyi kuchayib ketdi. Barcha ittifoqchi yunon 378 shaharlari o‘zlarida Afina tosh-tarozi va o‘lchov birliklarini joriy qildi. Umumiy xazina Delosdan Afinaga ko‘chirildi. Afinaliklar ittifoqchilarning to‘lov badali hisobiga Afinada mashhur Propiley va Parfenon ibodatxonasini qurdilar. Afina- ning bunday zo‘ravonligi ittifoqchilarning norozilik chiqishlariga sabab bo‘ldi. Ittifoqchilarning chiqishlari afinaliklar tomonidan shafqatsiz jazolandi. Masalan, jazolangan Tasos Afinaga o‘zi- ning barcha kemalarini berish, devorlarini buzish, tovon to‘lash va eski a’zolik badalini to‘lashni davom ettirishga majbur bo‘ldi. Plutarxning yozishicha, «Ittifoqchilar xiroj to‘lovchilar va qullar- ga aylandilar». Afinaning o‘z ta’sir doirasini yunon dunyosida muntazam ravishda kengaytirib borishi Spartaning qarshiligiga uchradi. Forslar bilan umumiy g‘alabadan so‘ng, har ikki dav- lat o‘rtasidagi raqobat keskinlashdi. Forslar Egey dengizidan siqib chiqarildi , u yana «Yunon ko‘li» bo‘lib qoldi. «Kalliy» sulh shartnomasi (mil.avv. 449-yil)dan so‘ng, forslarning dengiz flo- ti Egey dengiziga kirishdan mahrum bo‘ldi. Eron quruqlikda- gi qo‘shinlarini Kichik Osiyo qirg‘og‘idan uzoqda saqlab turish majburiyatini oldi. Mil.avv. V asrda yunon dunyosining siyosiy va madaniy hay- otining markazi Kichik Osiyo va Egey orollaridan Bolqon Yuno- nistoniga ko‘chdi. Yunon viloyatlari ichida Attika viloyatining roli oshdi. Yunon-fors urushlaridan so‘ng Afinada keskin siyo- siy kurash natijasida demokratik kuchlar Perikl boshchiligida g‘olib chiqdilar. Periklgacha Efial’t islohot o‘tkazib, zodagonlar areopagining siyosiy mavqeyini yo‘q qilgan edi. Areopag ixtiyo- rida faqat qasddan odam o‘ldirish va diniy an’analarga qarshi jinoyatlarni ko‘rib, sud qilish vazifalarigina qoldi xolos. Are- opagning siyosiy funksiyalari Klisfen joriy qilgan Besh yuzlar kengashi va gelieyaga berildi. Xalqaro savdodan manfaatdor bo‘lgan Afina savdogar-hu- narmand va dengizchilari Afinaning yunon shaharlari ustidan yetakchiligini mustahkamlashni talab qildilar. Ular ittifoqchi- larga nisbatan qat’iy siyosat yuritish, Afinaning yunon dunyo- siga boshchilik qilishiga qarshi turadigan har qanday kuchlar- ga qarshi keskin kurash olib borishni talab qildilar. Afinada zodagon Kleonning Periklga qarshi turishi tugatilgandan so‘ng, demokratik harakat Afina siyosiy hayotida yetakchi o‘ringa chiqdi. Besh yuzlar kengashining ta’siri kuchaydi. Bu kengash- da aholining kambag‘al tabaqalarining ishtiroki uchun imkoni- 379 yatlar yaratildi. Gelieyada sudyalik vazifasini bajarish uchun yoki Besh yuzlar kengashiga a’zolik uchun ish haqi to‘lashning joriy qilinishi, hatto kambag‘allarga ham qur’a tashlash yo‘li bilan saylanadigan 5 ming sudyadan biri bo‘lish imkoniyati- ni berdi. Shahar aholisining o‘rta qatlami bo‘lgan zevgitlarga ar xont vazifasini bajarishga ruxsat berildi. Tashqi siyosatda Afina yunon dunyosiga hukmronlik qilish uchun faol harakat qildi. Afinaning qo‘shni viloyatlarga taziyqi kuchayib, Sparta bi- lan urush harakatlari olib borildi. Mil.avv. 445-yil Sparta bilan 30 yil muddatga tinchlik shartnomasi imzolandi. Ammo tinch- lik 14 yil davom etdi. Keyin esa Peloponnes urushi boshlanib, uzoq qa cho‘zilgan urush barcha yunon shaharlarini zaiflashtir- di. Urush 27 yil davom etib, ko‘pgina shaharlar vayron bo‘ldi. 10 minglab kishilar qurbon bo‘ldi. Urf-odat va qonunlar poymol qilindi. Yunon dunyosi shundan so‘ng tushkunlikka yuz tutdi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling