Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Klisfenning islohotchilik faoliyati
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
4. Klisfenning islohotchilik faoliyati. Pisistrat va uning
o‘g‘illari tiraniyasidan so‘ng Afinada turli ijtimoiy qatlamlar o‘rtasida kurash kuchayib ketdi. Pisistrat va uning o‘g‘illari- ning 50 yillik (mil.avv. 560–510-yillar) tiraniyasi ag‘darilgani- dan so‘ng, yevpatridlarning o‘z hukmronliklarini tiklashga uri- nishlari Afina demosining keskin qarshiligiga uchradi. Afinada taniqli bo‘lgan Alkmeonidlarning urug‘idan bo‘lgan Klisfen toi- 373 faviy tuzum sarqitlaridan xoli bo‘lib, Afinaning qudratini yangi Tiraniyani o‘rnatish bilan emas, aksincha, barcha fuqarolar- ning huquqlarda to‘la va mutlaq tengligini amalga oshirish bi- lan ta’minlash mumkin deb hisobladi. Shunday bir sharoitda demos qo‘llab-quvvatlagan Klisfen yangi islohotlarni o‘tkazdi (mil.avv. 509–507-yillar). Klisfen mil.avv. 509-yilda qo‘shim- cha vakolatlar bilan Birinchi arxont lavozimiga saylandi. Uning islohotchilik dasturining asosiy maqsadi Solon asos solgan demokratik muassasalarni rivojlantirish va mustahkamlash, demokratiyani oligarxik to‘ntarish yoki tiraniyaning o‘rnati- lishidan himoya qilish mexanizmini yaratish edi. U, eng avva- lo, demokratiyaning ijtimoiy tayanchi sifatida Afina fuqarolik jamoasini mustahkamladi va kengaytirdi. U ma’muriy-hudud- iy islohotni amalga oshirdi. Azaldan mavjud bo‘lgan urug‘- zodagonlari va badavlat boylarning hokimiyati tayanchi bo‘lgan to‘rt sinf (fillar) tugatildi. Klisfen Attika viloyatini geografik tu- zilishi bo‘yicha har birini tarkibida 10 dem (jamoa) bo‘lgan 10 fil (okrug)ga bo‘ldi. Fillarga chet elliklar va meteklar birlashtiril- di. Shu bilan urug‘ zodagonlari hokimiyati tugatildi. Har bir fil o‘n demdan iborat bo‘lib, har bir dem oliy ma’muriy organ Besh yuzlar kengashiga 25 kishigacha a’zo saylagan. Afina ko‘ngilli qo‘shinlari tarkibi ham o‘zgardi. Uning asosiy qismini og‘ir qurollangan jangchi – goplitlar tashkil etdi. Ular ko‘p sonli uchinchi toifa zevgitlardan to‘ldirilgan. Fetlar yengil qurollan- gan jangchilar va harbiy flot matroslarini tashkil etdilar. Afina siyosiy ustqurmasida zodagonlar tayanchi bo‘lgan areopagga qarshi turgan To‘rt yuzlar kengashi (Bule) tashkil etildi. Kengash a’zolari to‘rt fildan yuztadan fuqaro saylanadi- gan, muntazam faoliyat ko‘rsatadigan organ bo‘ldi. To‘rt yuzlar kengashi xalq yig‘inida ko‘riladigan va tasdiqlanadigan masa- lalarni tayyorlar edi. Xalq yig‘ini (ekklesiya) to‘laqonli barcha vakolatlarga ega bo‘lgan boshqaruv organi bo‘lib, fuqarolar- ning barcha qatlamlari ovoz berish va uning ishida qatnashish huquqiga ega bo‘ldilar. Xalq yig‘ini muntazam yig‘iladigan bo‘ldi (mil.avv. V asrda yiliga 40 marta yoki 9 kunda 1 marta). To‘rt yuzlar kengashi endilikda 500 fuqaroni o‘z tarkibiga kiritdi. Har yangi 10 hududiy fildan 50 kishi bu kengashga saylandi. Shu bilan birga, yangi Besh yuzlar kengashi tarki- bi (Bule) har yili to‘la yangilandi. Ikki martadan ortiq sayla- nish mumkin emas edi. Klisfen tub joy aholi huquqiga kelgindi aholi huquqini tenglashtirdi. Endi fuqarolik qadimgi urug‘ filiga 374 mansublik bilan emas, balki eng kichik hududiy birlik – demga mansublik bilan belgilandi. Endilikda har bir fuqaro o‘z ismiga otasining avlodi ismi emas, o‘z demining nomini qo‘shdi. Bu fuqarolik jamoasining barqarorligiga olib keldi. Yana bir siyosiy yangilik – tiraniyaning o‘rnatilishiga qarshi qo‘yilgan ostrakizm qonuni qabul qilindi. Bu qonunga ko‘ra demokratiya, tenglik va erkinlikka tahdid qiladigan fuqaro Af- inadan 10 yil muddatga, keyin besh yil muddatga quvg‘in qili- nishi mumkin bo‘lgan. Quvg‘in qilinadigan fuqaroga qarshi 6 ming kishi ovoz berishi kerak edi. Bu qonun siyosiy hayotda mil.avv. 487-yildan 417-yilgacha qo‘llanib, shu davrda tirani- yaning uch tarafdori Afinadan haydab yuborilgan. Klisfenning islohotlari urug‘chilik aloqalarining uzilishi va aholining ara- lashib ketishiga olib keldi. Endilikda Attika aholisi yashash joyi ga qarab hududiy aloqalar bo‘yicha birlashdi. Urug‘ fillari to‘la tugatildi. Bu vaqtda zodagonlar Isagor boshchiligida hokimiyatni zoda- gonlarga qaytarish uchun Spartadan yordam so‘radilar. Spar- taning kichik harbiy qismi Afinaga kirdi. 700 ta oila quvg‘in qilindi, beshyuzlar kengashi tarqatib yuborildi. Lekin oddiy xalq qurollanib, spartaliklarni Afinadan chiqib ketishga majbur qildilar. Spartaning yangidan tazyiq o‘tkazishidan qo‘rqqan afi- naliklar forslardan yordam so‘radilar. Sard shahrida turgan Eron satrapi Klisfen boshchiligidagi Afina elchilarini qabul qil- di. U yordam berishga va’da qilib, faqat fors podshosiga yer va suv berishga (qaramlik belgisi) rozi bo‘lishni so‘radi. Elchilar bunga rozi bo‘ldilar. Lekin afinaliklar bu shartnomani rad qil- dilar. Klisfen Afinaga qaytishi bilan u Afinaga xiyonat qilgan hisoblanib, ostrakizm yo‘li bilan Afinadan quvg‘in qilindi. Klisfen islohotining ahamiyati shundaki, bu islohotlar urug‘chilik munosabatlari va urug‘ zodagonlarining hokimiya- ti qoldiqlarini to‘la tugatdi. Afina davlat qurilishiga demokra- tiyaning to‘la hukmronligini o‘rnatdi. Barcha Afina fuqarolari (Afinada yashayotgan chet elliklar, qullar bundan mustasno) polisning siyosiy hayotida faol qatnashdilar. Ular har qanday davlat lavozimlariga saylanishlari, o‘z fuqarolik jamoalari si- yosiy hayotini eng muhim muammolarini yechishda ishtirok etishlari mumkin edi. Barcha yunon polislari orasida Afina davlati eng ilg‘or va rivojlangan demokratik davlat qurilishiga ega bo‘ldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling