Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

3. Afinada Pisistrat tiraniyasi (Mil.avv. 560–527-yillarda 
Afinani boshqardi).
Solon islohotlari barcha ijtimoiy muam-
molarni yecha olmadi. Afinada keskin ichki siyosiy kurash 
boshlandi. Tez orada kuchli ijtimoiy ziddiyatlar Afinada Pi-
sistrat tiraniyasining o‘rnatilishiga olib keldi. Mil.avv. 560-yil 
zodagonlardan biri Solonning qarindoshi Pisistrat (mil.avv. 
560–527-yillar) qattiq kurash natijasida hokimiyatni bosib oldi 
va o‘zining tiraniya shaklidagi shaxsiy hokimiyatini o‘rnatdi. 
Afi naning eng kambag‘al aholisi o‘z siyosiy huquqlarini kengay-
tirish va yer mulkini taqsimlashdan umidvor bo‘ldi. Shu sabab-


372
li ular Pisistrat tiraniyasini qo‘llab-quvvatladilar. U dastlab eng 
muhtoj kichik yer egalariga davlat xazinasidan yordam ko‘rsat-
di. Qishloq kambag‘allari uchun soliqlar majburiyatini yengil-
lashtirdi. Qishloq jamoalari huquqini kamaytirdi. Yer egalarini 
Afinaga sudga kelishdan qutqarib, qishloq joylarida sudyalarni 
tayinladi. U fuqarolardan qurollarini tortib olib, o‘z hokimiyati-
ni mustahkamladi. Fuqarolar daromadiga soliq joriy qildi. Bu 
o‘rta hol dehqonlarni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. 
Pisistrat dengiz savdosining rivojlanishiga shart-sharoit 
yaratdi. U Kichik Osiyoda Dardanel bo‘g‘oziga chiqadigan 
muhim nuqtani bosib olib, Afinaning Qora dengizga boradigan 
dengiz yo‘llari ustidan nazoratini o‘rnatdi. Afinada savdo-hu-
narmandchilikni rivojlantirish maqsadida bir qancha jamoat 
inshootlari qurilishini amalga oshirdi. Pisitrat davrida Afina 
akropolida Afina Pallada, Pifiyalik Apollon Elevsinada ibodat-
xonalari va yangi bozor qurildi. Pirey portining qurilishi davom 
etdi, 9-quvurli suv o‘tkazgich barpo etildi, bu suv quvuri milo-
diy 18 asrgacha ishlatildi. Pisistrat yollanma qo‘shinni tashkil 
qildi, hosilning o‘ndan bir miqdorida soliq joriy qilindi. Solon 
joriy etgan o‘zgarishlar saqlab qolindi, lekin Pisistrat boshqa ti-
ranlar bilan juda yaqin aloqa o‘rnatdi. Shoirlar va rassomlarga 
homiylik qildi. Uning farmoyishi bilan Afinada xalq qo‘shiqchi-
lari to‘planib, ularning so‘zlaridan Gomerning mashhur «Iliada» 
va «Odissey» poemalari yozib olindi. 
Pisistratning tadbirlari eski urug‘ zodagonlarining mavqeyiga 
putur yetkazdi. Ularning ko‘p vakillari Afinadan quvg‘in qilin-
di. Mil.avv. 527-yilda Pisistratning vafotidan so‘ng o‘g‘illari Gip-
pey va Gipparx Afina hokimlari bo‘ldilar. Bu vaqtda kuchli Fors 
davlati Kichik Osiyoni bosib olib, Egey dengizidan Qora den-
gizga boradigan yo‘llarni egallab oldi. Afina dengiz savdosiga 
katta putur yetdi. Natijada Afinaga chetdan g‘alla olib kelish 
vaqtinchalik uzilib qolib, oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlash-
di. Tabiiyki, bu aholining noroziligini keltirib chiqardi. Aholi Pi-
sistratning o‘g‘illari hokimiyatini ag‘darib tashladi.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling