Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

 Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Бузескул В.П. История афинской демократии. – СПб. 2003.
2. Курциу Э. История Древней Греции. В 5 т. – Минск: 2002.
Asosiy sanalar
Mil.avv. VII asrning
Zodagon Kilon hokimiyatni bosib
30-yillarida 
olishga urinib ko‘rdi.
Mil.avv. 622-yil
Arxont Drakont tomonidan og‘zaki
qonunchilikning yozma to‘plamga
keltirilishi. 
Mil.avv. 594-yil 
Solon Afina arxonti etib saylandi.
Mil.avv. 560-yil
Hokimiyatni Pisistrat o‘z qo‘liga oldi.
Mil.avv. 527-yil
Pisistratning vafot etishi.
Mil.avv. 509–507-yillar
Klisfen yangi islohot o‘tkazdi.
Mil.avv. 487–417-yil
«Ostrakizm» ya’ni tiraniyaning oldini
olish uchun Afina demokratiyasida
o‘ylab chiqilgan tadbirning rivojlan-
gan davri.
Mil.avv. VI asr
Afinada demokratik tartib-qoidalar
g‘alaba qildi.
Mil.avv. VI asr
Arxaik davrning tugashi.


376
MIL.AVV. V ASRDA YUNONISTON
1. Yunon-fors urushlari. 2. Afina dengiz ittifoqi. 3. Yunon-
fors urushlaridan so‘ng Afina4. Afina demokratiyasi.
1. Yunon-fors urushlari. Mikala yonidagi jang ham 
yunonlarning g‘alabasi bilan tugadi. Forslar ustidan g‘alaba 
Afina strategi Femistoklning dengiz va moliya islohotlari nati-
jasida yuz berdi. Mil.avv. 483-yilda yunonlar katta dengiz floti 
qurishga rozi bo‘ldilar. Bu ulkan mablag‘ni talab qilar edi. Fe-
mistoklning boshqaruvi davrida Afina kumush konlaridan katta 
daromad qilgan. Olingan foyda qadimgi odat bo‘yicha fuqarolar 
yunon-fors urushlari o‘rtasida taqsimlanishi lozim edi. Femis-
tokl fuqarolarga bu pulni taqsimlashdan voz kechib, mablag‘ni 
davlat ehtiyojlariga beg‘araz berishni taklif qildi. Afina harbiy 
dengiz floti qurish uchun yetarli pul mablag‘iga ega bo‘ldi. 
Mil.avv. VI asr oxirida Yunonistonda polis tizimining shaklla-
nishi tugadi. Uncha katta bo‘lmagan mustaqil shahar – davlat-
lar shakllandi. Mil.avv. VI asr oxirida qadimgi Sharqning kat-
ta qismini birlashtirgan qudratli Ahmoniylar davlati va yunon 
dunyosiga o‘zining madaniy-siyosiy ta’sirini o‘tkaza boshladi. 
Mil.avv. V asr oxirida forslar Kichik Osiyodagi barcha yunon 
shaharlari va Lidiya podsholigini bosib oldilar. 
Qudratli Ahmoniylar Bolqon yarim orolidagi yunon-sha-
har davlatlarini bosib olishni rejalashtirdi. Mil.avv. 490-yil 
fors qo‘shinlari kemalarda Egey dengizidan o‘tib, Attikaga Afi-
nadan 42 kilometr uzoq likdagi Marafon tekisligiga kelib tush-
di. Marafon tekisligida forslar bilan yunon qo‘shinlari o‘rtasida 
shiddatli jang bo‘ldi. Jangda forslar yengildi. Mil.avv. 480-yil-
da podsho Kserks katta qo‘shin va flot bilan Dardanell bo‘g‘ozi 
orqali kemalardan yasalgan suzuvchi ko‘prik orqali o‘tib, Shi-
moliy Yuno nistonni jangsiz egalladi. Sparta podshosi Leonid 
boshchiligida fivalik va fespiylik jangchilar fors qo‘shinini O‘rta 
Yunonistonga o‘tkazmaslik uchun Fermopil darasida jang qilib 
halok bo‘ldi. Forslar Attika viloyatini egalladilar. Salamin oroli 
yonida yunonlarning birlashgan floti fors floti bilan to‘qnashdi. 
Afina strategi yoshi endigina 30 dan o‘tgan Femistokl Salamin 
oroli yonida fors floti bilan jangda o‘zining harbiy qobilyatini 


377
namoyon qildi. Jang yunonlarning birlashgan floti g‘alabasi bi-
lan tugadi. 
Mil.avv. 479-yilda fors sarkardasi Mardoniy boshliq fors 
qo‘shini Afina shahrini ishg‘ol qilib, Beotiya viloyatiga yurish qil-
di. Fors qo‘shini Asop daryosi qirg‘og‘idagi Plateya shaharchasi 
yonida yunon-shaharlarining birlashgan qo‘shini bilan jang qil-
di. Jangda fors qo‘shini yengilib, qo‘shin sarkardasi Mardoniy 
halok bo‘ldi. Mil.avv. 479–459-yillarda Egey dengizi orollari va 
Kichik Osiyodagi forslar bosib olgan shaharlar ozod qilindi.
Forslar bilan tinchlik shartnomasi mil.avv. 449-yilda Kipr 
orolida Afina elchisi olimpiya o‘yini g‘olibi Kalliy imzoladi. Shart-
nomaga ko‘ra yunonlar Kichik Osiyo satrapliklari va Misrning 
ishlariga aralashmaydi. Forslar esa Egey dengizi va bo‘g‘ozlarga 
harbiy flotni kiritmaydi. Kichik Osiyodagi yunon koloniyalari 
va Egey orollaridagi yunon shaharlari mustaqilliklarini saqlab 
qoldilar. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling