Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Yunon-fors urushlaridan so‘ng Afina
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
3. Yunon-fors urushlaridan so‘ng Afina. Yunon-fors urush-
laridan so‘ng Afina tez tiklandi. Pirey porti qayta qurilib, o‘sha davrda O‘rtayer dengizidagi eng yirik port hisoblangan Karfa- gen portiga tenglashdi. Dengiz ittifoqiga yetakchilik qilgan Afina yunon dunyosi dengiz savdosida ham birinchi o‘rinni egalladi. Afina eksporti Shimoliy Qora dengiz, Sitsiliya, Apuliya, Etru- riyani qamrab oldi. Egina, Korinf, Kerkira va boshqa shaharlar savdoda Afinaning birinchiligini e’tirof etishga majbur bo‘ldi. Afina ijtimoiy qatlamlarida ham tegishli o‘zgarishlar yuz berdi. Jamiyatda yetakchi o‘rinni savdo-hunarmand tabaqalari egal- ladilar. Davlatning ichki va tashqi siyosatini ana shu tabaqalar belgilar edi. Attika dehqonlari poytaxtni g‘alla bilan ta’minlay olmas edilar. G‘allani Qora dengiz bo‘yidan yoki Italiyadan olib kelish arzonga tushar edi. Qishloq aholisi ish topishi uchun ko‘plab shaharlarga kelib o‘rnasha boshladilar. Yunon shahar-davlatlarining hukmron tabaqalari qadimgi sharq ning davlat apparati bilan bog‘langan, hukmron sinfdan (saroy a’yonlari, amaldorlar, kohinlar, oqsuyak zodagonlar) farq qilar edi. Yunon shahar-davlatlarining hukmron tabaqasi, kat- ta yer egalari, boy savdogar – tadbirkorlardan iborat edi. Davlat byudjetlari hisobidan hech yashamas, boylik xususiy tadbirkor- lik savdo-hunarmandchilik faoliyati bilan orttirilgan. Qadim- gi sharqdagidek hukmron tabaqa ulkan boylikka ega bo‘lmay, fuqarolarning boshqa tabaqalari orasida boylik jihatdan katta ajralish yo‘q edi. 2-3 talant (1 talant – 6 ming draxm) mulk 380 katta boylik hisoblanib, 10-15 talantlik mablag‘ga ega bo‘lish katta mablag‘ hisoblangan. Katta boylikka ega bo‘lgan boylar hashamat uchun soliq to‘laganlar. Davlat hokimiyati mulkiy keskinlik ni doimo yumshatib, ijtimoiy muvozanatni saqlashga harakat qilgan. Bundan tashqari o‘sha davrda tadbirkorlik bi- lan katta boylik jamg‘arish juda qiyin bo‘lgan. Mil.avv. V asr o‘rtalaridan Afinada hunarmandchilik va deh- qonchilikda foydalaniladigan qullarning soni ko‘payib ketdi. Afi na olib borgan ko‘plab urushlar natijasida Kichik Osiyo, Frakiya va Illiriyadan qullar olib kelib sotiladigan Xios oroli- dagi qul bozori iqtisodiyotining ishchi kuchiga bo‘lgan doimiy ehtiyojni qondirdi. Qullarning soni keskin oshib ketdi. Malaka- siz qul arzon bo‘lib, hunarga o‘rgatilgan qulning narxi 100-150 draxma belgilanar edi. Perikl davri Afinasida qullarni aniq soni noma’lum. Taxminlarga ko‘ra, ular 400 mingtaga yetmagan. Shahardagi eng boy odamlardan biri Nikiyning Lavrion ku- mush konlarida ming quli, boy Gipponikning 600 quli bo‘lgan. Oddiy hunarmandlarning ustaxonalarida 5 tadan 10 tagacha qul ishlagan. Qalqon yasovchi usta Lisiyning ustaxonasida 120 qul bo‘lgan. Boy shaharliklar xo‘jaligida 10-20 qul mehnat qilgan. Hunarmandchilik korxonalari, konlar, poliz, uzumzor va zaytunzorlarda qullar mehnat qilgan. Afina shahar politsi- yachilari asosan qullardan iborat bo‘lgan. Qullarga «gapiruvchi qurol» deb qarashgan. Ularning hech qanday ijtimoiy huquqi bo‘lmagan. Ishlab chiqarishda qullarning ko‘payib borishi bi- lan erkin fuqarolar orasida jismoniy mehnat qilish past ish, qulga xos mehnat degan tushuncha keng tarqala boshladi. Arxaik davridayoq zodagonlar ish haqi uchun kundalik og‘ir ishga nafratlanib qaraganlar. Mil.avv. V asrga kelib, bunday qarashni aholining erkin qatlamlarining ichida ham uchratish mumkin edi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling