Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

3. Afina demokratiyasi. Qadimgi yunon shahar-davlatlari-
ning eng katta yutug‘i demokratik siyosiy tuzumning yaratilishi 
bo‘ldi. Bu ayniqsa Afina shahar-davlatida to‘la o‘z aksini top-
di. Afinaning o‘rta qatlamini tashkil qilgan dehqonlar, savdo-
gar-hunarmandlar, yollanib ishlovchi demokratik tuzumning 
mustahkam ijtimoiy asosi bo‘ldi. O‘rta qatlamlar manfaatlarini 
himoya qilgan Afinaning siyosiy arboblari Solon Klisfen, Efialt 
va Periklning islohotlari Afina demokratiyasining huquqiy ne-
gizlarini shakllantirdi. 


381
Afina demokratiyasining taniqli vakillaridan biri bo‘lgan Efi-
alt (mil.avv. V asr o‘rtalari) Sparta bilan aloqani uzishni,mus-
taqil tashqi siyosat yuritishni, jamiyatni yanada demokrat-
lashtirish hamda zodagonlarning siyosiy tayanchi bo‘lgan are-
opagning mavqeyini tugatishga chaqirdi. Efialt mil.avv. 462-yil-
da areopagni funksiyalarini cheklash bo‘yicha islohot o‘tkazdi. 
Areopag ixtiyoriga faqat jinoiy ishlarni ko‘rib chiqish qoldiril-
di. Tez o‘tmay Efialt zodagonlar fitnasi qurboni bo‘ldi. Uning 
izdoshi Perikl demokratik islohotlarni davom ettirdi. Afi na 
demokratiyasining eng taniqli arboblaridan biri Perikl qa dimgi 
aslzoda urug‘idan edi. Perikl Afina demokratiyasini 15 yil (mil.
avv. 444–429-yillar) boshqardi. U kuchli siyosatchi, o‘tkir notiq 
edi. Xalq uni o‘zining otashin nutqlari uchun Zevsga qiyos qildi. 
Afina demokratiyasi va davlati Perikl davrida gullab-yashna-
di. Shahar buyuk haykaltaroshlar, rassomlar, me’morlar ning 
asarlari bilan bezatildi. Afina akropolida mashhur Parfenon 
(ma’buda Afina ibodatxonasi), Propiley (Akropolga bosh kirish 
darvozasi), Erexteyon (afsonaviy Afina podshosi sharafiga ibo-
datxona) bunyod qilindi. Afinada mashhur olim va faylasuflar 
o‘z maktablarini ochdilar. Afina teatri yunon dunyosidagi eng 
yaxshi teatr hisoblanar edi. Periklning o‘zi o‘z atrofiga mash-
hur me’mor va haykaltarosh Fidiy, faylasuf Anaksimen, shoir-
tragik Yevripid va boshqa san’at va fan arboblarini to‘pladi. U 
Afina butun Ellada uchun maktab bo‘lishini orzu qilar edi. 
Perikl qator demokratik islohotlar o‘tkazdi. Uning davrida 
saylov huquqi kengaytirildi. Saylovlarda qur’a tashlash joriy 
qilindi. Davlat lavozimlariga ilk bor maosh to‘lash boshlandi. 
Bu kambag‘al fuqarolarni ham lavozimlarni egallashlariga im-
koniyat yaratdi. Keyinchalik fuqaroni xalq yig‘iniga qatnash-
gani uchun haq to‘lash boshlandi. Kambag‘al fuqarolarni te-
atrga kirishi uchun «teatr puli» berila boshlandi. Perikl davrida 
Afina demokratiyasi o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling