Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
5. Adabiyot va teatr. Mil.avv. VIII–VI asrlarda yunon
madaniyati taraqqiyotida qadimgi Sharq madaniyatining ta’siri kuchli bo‘ldi. Yunonlar o‘zlarining Kichik Osiyodagi shaharlari orqali qadimgi Sharqning boy madaniyati bilan tanishdilar. Bu davrning asosiy madaniy o‘choqlari (Yunonistonning o‘zida bo‘lmay) Kichik Osiyodagi Milet shahri, Lesbos va Samos orol- larida edi. Adabiyotda poeziya janri rivojlandi. Alkey, Arxilox, Feognid, Safolar yunon poeziyasida yorqin iz qoldirdilar. Les- bosda tug‘ilgan, Spartada yashagan shoira Safo 9 poetik asar yaratdi. Shundan faqat bitta poema bizgacha yetib keldi. Uning mavzusi go‘zallik va muhabbat edi. Qul Ezop o‘zining masallari bilan mashur bo‘ldi. Qadimgi Yunonistonning eng noyob adabiy yodgorligi ijod- kor shoir Gomerning (mil.avv. IX yoki VIII asrlar yashagan deb taxmin qilinadi) «Iliada» va «Odissey» dostonlaridir. Hozir bu po- emalarni ikki yoki bir necha guruh mualliflar yozgan deb faraz qiladilar. «Iliada» dostonining birinchi varianti bir necha asr oldin Kichik Osiyodagi Frigiyada yaratilgan deb faraz qilinadi. Gomerning asarlari paydo bo‘lgunga qadar yunon xalq og‘zaki ijodining ajoyib namunalari: qo‘shiqlar, ertaklar, rivoyatlar va masallar yunon adabiyotining haqiqiy poydevori edi. Gomer- ning qahramonlik dostonlari u yashagan (taxminan mil.avv. IX–VIII asrlar) davrdan oldingi mil.avv. XI–IX asrlar voqealari- ning adabiy tasviridir. Arxaik davrda lirika keng tarqalgan bo‘lsa, mil.avv. V asr- da Afina adabiyoti va poetik ijodiyotning markazi bo‘lgan bir- lashma Attika tragediyasi bilan mashhur bo‘lib ketdi. Tragediya («Echkilar qo‘shig‘i») vinochilik xudosi Dionisning echki terisi kiygan quvnoq, doimiy hamrohlarini ifodalovchi satirlar ayta- digan xor qo‘shiqlaridan kelib chiqdi. Mil.avv. VII asrdayoq bu- tun Yunonistonda shunday «Echkilar xori» yoki satirlar keng tarqalgan edi. Attika tragediyasining tug‘ilishida Afina tirani Pisistratning umumdavlat bayrami sifatida Buyuk Dionisiy 403 bayramlarini ta’sis etishi muhim o‘rin tutdi. Shoir Fespid mil. avv. 530-yil atrofida Dionis bayramida xor qo‘shiqlariga ilk bor musiqa asboblari hamrohligida hikoyani qo‘shadi. Shu vaqtdan drama tug‘iladi. Aktyor xorga hikoya bilan «javob» berib, xor bilan dialog olib borar edi. Shu tariqa, tragediya dramatik ko‘ri- nishga aylandi. Tragediyada boshqa ko‘rinish qatnashchilari Dionis to‘g‘risidagi afsona-miflardan sahna ko‘rinishlari o‘ynar edilar. Keyinchalik boshqa afsonalarga navbat keldi. Mil.avv. V asr birinchi yarmida Esxil tomoshabin oldiga ikkinchi aktyorni, Sofokl uchinchi aktyorni qo‘shdi va natijada qadimgi «Echkilar xori» to‘la dramaga aylandi. Attika teatrida Dionis sharafiga o‘tkazilgan bayram vaqtida faqat uch kun tomosha ko‘rsatilgan. Birdaniga uch tragediya qo‘yilib, keyin satirik drama yana bir mifologiyadan yengil quv- noq sahnalashtirilgan parcha berilgan. Teatr ko‘rinishi ochiq havoda, dumaloq maydoncha – orxestrada namoyish qilingan. Tomoshabinlar uchun Akropolning toshloq qiyaligida toshdan o‘rindiqlar (teatron) yo‘nilgan. Tomoshabin o‘tiradigan tosh o‘rindiq teatron deb atalib, teatr so‘zi shundan kelib chiqqan. Ochiq va katta teatrda aktyorlar imo-ishoralarini va kiyimla- rini aniq ko‘rib bo‘lmas edi. Shu boisdan, aktyorlar sahnaga uzun tantanali kiyim va niqoblarda hamda aktyor gavdasini baland qilish uchun baland poshnali oyoq kiyim – koturnada chiqqan lar. Teatr tomoshalari mart oyining oxiri, aprel oyining boshlari da ko‘rsatilgan. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling