Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
7. Me’morchilik. Yunon-fors urushlaridan so‘ng Afina juda
katta miqdorda moliyaviy mablag‘larga ega bo‘ldi. Mil.avv. 449–444-yillarda Afinaning xalq yig‘inlari va bozor maydoni Ago rada olov va temirchilik xudosi Gefestga bag‘ishlangan ibo- datxona qurilib, ibodatxona ichida Gefestning bronza haykali qo‘yilgan. Ayniqsa, Afina Akropolida Perikl davrida Afinada yigirma yil ichida ulug‘vor inshootlar barpo qilindi. Akropoldagi Parfenon ibodatxonasi, Propiley (Akropolga kirishdagi marmar darvo- za), G‘olib Afina ibodatxonasi, Parfenon qarshisida mil.avv. 421–406-yillarda me’mor Filokl bunyod qilgan, mahalliy ilohlar- ga bag‘ishlangan Erexteyon ibodatxonasi Afinaning mashhur inshootlari bo‘ldi. Ioniy, korinf va doriy uslublarida qurilgan bu inshootlar me’morchilik san’atining ajoyib namunalari bo‘ldi. Parfenonning quruvchilari Iktin va Kallikrat nafislik va ulug‘vorlikni uyg‘unlashtirishga erishdilar. Akropol darvozala- rini qurishda me’mor Mnesikl (mil.avv. 438–432-yillar) ioniy va doriy ustunlarini yonma-yon qo‘lladi. Ibodatxonaning janubi- da ustun qizlarning figuralari (Kariatid) bilan almashtirildi. At- 406 tikaning Pentelikoni konlarida marmar qazib olish boshlandi va bu me’morchilik san’atining ravnaqiga yo‘l ochdi. Mil.avv. V asrning ikkinchi yarmida Afinadan tashqari Yunonistonning boshqa viloyatlarida, Janubiy Italiya va Sitsiliyada (Agrigentda- gi Zevs ibodatxonasi, Pestdagi olti ustunlik Poseydon ibodatxo- nasi) me’morchilik inshootlari barpo qilindi. Dastlab shaharlar rejasiz qurilgan. Faqat mil.avv. V asrdan shaharlar rejali asosda qurila boshladi. Miletlik Gippodam sha- har qurilishining rejali tizimini yaratdi. U Miletni qayta tikladi. Afinada Pirey portini, o‘zi asoschisi bo‘lgan janubiy Italiyada Furiya koloniyasini qurdi. Har bir shaharda akropol (mustah- kamlangan qal’a), markaziy maydon, hunarmandchilik ma- hallalari va minorali mudofaa devorlari bunyod qilindi. Teatr va odeonlar (musiqali chiqishlar uchun yopiq inshoot), stadi- on va ippodrom, gimnasiy va palestrlar (sport mashqlari o‘tka- ziladigan inshoot), pritaniya va bulevteriylar (ma’muriy bino) qurila boshlandi. Me’morchilik san’atida yangi bosqich bosh- landi. Hashamat, ulug‘vorlik, yengillik va dekorativ nafislikka intilish sezildi. Yunon badiiy an’analari Sharq an’analari bilan qo‘shilib ketdi. An’anaviy doriy va ioniy uslublari bilan keyin- chalik paydo bo‘lgan korinf uslubi ko‘proq qo‘llanila boshlandi. Kichik Osiyoda Ahmoniylarning Kariy viloyati satrapi Mavsol sharafiga Galikarnas shahrida qurilgan maqbara ulkan yodgor- lik hisoblanadi. Mavzoley so‘zi shundan kelib chiqqan. Galikar- nas mavzoleyida uch uslub o‘z aksini topdi. Mavzoleyni me’mor Satir va Pifiylar bunyod qildi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling