Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

9. Tibbiyot va aniq fanlar. Mil.avv. V asr ikkinchi yarmi-
dan kohinlar tibbiyoti o‘rniga, aniq kuzatishlarga asoslan-
gan shifokorlarning tibbiyoti vujudga keldi. Mil.avv. 400-yilda 
mashhur yunon tabibi Gippokrat (mil.avv. 470–430-yillar) ning 
tibbiyot maktabi paydo bo‘ldi. Gippokrat kasallikni o‘rganish 
nazariyasidan ko‘ra muhimroq deb uqtiradi. U «Tibbiyotning 
otasi» sifatida shuhrat qozondi. Uning maktabida tabiblar taj-
riba, kuzatish usuliga tayanib, tez va to‘g‘ri tashxis qo‘yishga 
harakat qildilar va davolashda dorivor o‘tlar, parhez va gigiyena 
kabi usullarni keng qo‘lladilar. Yunon tabiblari singan suyaklar-
ni, urushda olingan jarohatlarni tuzatishni, davolashni bilar 
edilar, lekin yuqumli kasalliklarni davolashni bilmas edilar. 
Asklepiy davolash ma’budi hisoblangan. Tabiblar odam ning 
sog‘lig‘i uning organizmidagi 4 asosiy suyuqlik: qon, flegma, 
qora va sarit o‘t orasidagi muvozanatga bog‘liq deb hisoblagan-
lar. Apolloniyalik Diogen qon aylanish tizimini yaxshi o‘rgandi. 
Krotonlik Alkmeon kasalliklarning manbai inson organizmidagi 
suyaklarning mutanosibligining buzilishi deb ko‘rsatdi. O‘sha 
davr tibbiy bilimlari to‘g‘risida 53 traktatdan iborat «Gippokrat 
korpusi» deb ataladigan tibbiyot to‘plamlari orqali ma’lumot
olish mumkin.
Yunonlar matematikani misrliklardan, astrologiyani bobil-
liklardan o‘zlashtirdilar. Aniq fanlar to‘g‘risida ma’lumotlar 
juda kam. Afinalik astronom, matematik Meton quyosh soatini 
yasagani, taqvimni isloh qilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar biz-


410
gacha yetib kelgan. Samos orolida tug‘ilgan Pifagor (mil.avv. 
540–500-yillar) matematika va musiqa bilan shug‘ullangan 
hamda mashhur matematik teoremani kashf etgan. Aytish-
laricha, o‘z kashfiyotidan xursand bo‘lib, u 100 ho‘kizni qur-
bonlik keltiradi. U juda katta jismoniy kuch va aqliy qobilyat-
ga ega bo‘lgan va 18 yoshida Olimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘ladi. 
Pifagor Krit va Misrga sayohat qiladi. Misrning ma’naviy-diniy 
g‘oyalari uning keyingi faoliyatiga katta ta’sir o‘tkazadi. Olim 
janubiy Italiyadagi yunon shahri Krotonda yashab ijod qiladi. U 
ilm asosida davlatni boshqarish g‘oyasini ilgari suradi. Knidlik 
astronom va geograf Evdoks yer shar shaklida ekanini asoslab 
berdi va uning aylanasini hisoblab chiqishga urindi. Mil.avv. 
432-yilda afinalik matematik yangi taqvimni joriy qildi. Aristo-
tel fizika bo‘yicha, Empedokl kimyoviy unsurlar to‘g‘risida asar-
lar yaratdi. Aristotel zoologiya bo‘yicha o‘z asarida mavjudotlar 
dunyosini turkumladi. Miletlik Gippodam meteorologiya bilan 
shug‘ullandi. Mil.avv. IV asrda afinalik Ksenofont harbiy ishga 
bag‘ishlangan va stunfallik Eney shaharlar mudofaasi to‘g‘risi-
da asarlar yaratdilar.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling