Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
2. Aleksandrning Sharqqa yurishlari. Filipp II Eron bilan
urushga jiddiy tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Bu davrda Ahmoniy- lar imperiyasi ancha zaiflashgan edi. Mil.avv. 360-yillarda sat- raplarning isyonlari, Finikiya shaharlarining qo‘zg‘olonlari yuz berib, Misrning mustaqillikka intilishi kuchaydi. Eronning so‘nggi qudratli podshosi Artakserks III Ox 20 yil davomida yemirilayotgan davlatni bir qadar mustahkamladi. Ammo shi- joatli hukmdor o‘z a’yonlari tomonidan zaharlab o‘ldirildi. Pod- sho Artakserksni zaharlab o‘ldirgan qudratli Bagoy amalda hokimiyatni qo‘lga oldi. Miloddan avvalgi 338-yilda Artakserks- ning o‘g‘ li Aresni taxtga o‘tqazdi. Lekin ikki yildan keyin Ares ham o‘ldirildi. U mamlakatni boshqarishda o‘zining mavqey- iga putur yetkazmaydigan zaif bir shaxsni taxtga o‘tqazishni niyat qildi. Bagoy qo‘g‘irchoq hukmdor sifatida ko‘plarga ta nish bo‘lmagan Armaniston satrapi Qodomonni Doro III nomi bi- lan taxtga o‘tqazdi. Yangi podsho Bagoyni hokimiyatdan chet- lashtirib, o‘z hokimiyatini mustahkamlashga kirishdi. Makedoniya esa bu davrda yunon dunyosida o‘z mavqeyi- ni mustahkamlab, Sharqqa yurishga faol tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Filipp II mil.avv. 336-yil Kichik Osiyoning g‘arbiy qirg‘og‘ini bosib olish uchun 10000 makedon qo‘shinini jo‘nat- di. Ammo Sharqqa yurish g‘oyasini amalga oshirish Filipp II ga nasib etmadi. Bu g‘oyani uning o‘g‘li Aleksandr amalga oshirdi. Aleksandr taxt vorisi va oqsuyak oilaning farzandiga munosib bo‘lgan ta’lim-tarbiyani oldi. O‘sha davrda hali mash- hur bo‘lmagan faylasuf Aristotel (Arastu) uning o‘qituvchi va tarbiyachilaridan biri bo‘ldi. Filipp II o‘g‘lini davlat boshqaruv ishlariga asta-sekin torta boshladi. Aleksandr mil.avv. 340-yil- da Shimoliy Yunonistonning tog‘li hududlaridagi qabilalardan birining qo‘zg‘olonini bostirib, birinchi bor o‘zini kuchli sarkar- da ekanligini ko‘rsatdi. Mil.avv. 336-yil yozida Filipp II qizining to‘yi bo‘lgan kuni o‘ldirildi. Zodagon Pavsaniyning tansoqchisi makedon a’yoni Attal uni haqorat qilganda, Filipp uning shikoyatini e’tiborsiz qoldirgani uchun Filipp soqchisiz teatrga kirayotganda xanjar sanchib o‘ldirdi. Demosfen Filipp II ning o‘limini eshitib, xalq yig‘iniga ajoyib kiyim va boshida gulchambar kiyib keldi. Filipp- ning 20 yoshli o‘g‘li Aleksandr podsho hokimiyatini egalladi. Aleksandr otasining o‘limidan so‘ng barcha yunon davlatlari vakillari to‘plangan Korinf shahrida otasi kabi o‘zining forslar- ga qarshi barcha ellinlarning yo‘lboshchisi vakolatini majbu- 416 ran tan oldirdi. Faqat Sparta bundan bosh tortdi. Filipp II ning o‘limidan foydalangan yunon shaharlari Fiva shahri bosh- chiligida Makedoniyaga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Yunonlar uchun kutilmagan holda Aleksandr bu qo‘zg‘olonni shafqat- siz bostirdi. Fiva shahri buzib tashlandi va uning tirik qolgan 30 ming aholisi qul qilib sotib yuborildi. Aleksandr Eron bi- lan bo‘lg‘usi urush katta tayyorgarlikni talab qilishini bilar edi. U forslarning hushyorligini yo‘qotish uchun Kichik Osiyodagi makedon qo‘shinini chaqirib oldi. Ammo Fors davlati mavjud makedon bosqiniga qarshi hech qanday tayyorgarlik ko‘rmadi. Ikki yildan so‘ng, mil.avv. 334-yilda nihoyatda puxta tayyogar- likdan keyin makedon qo‘shinlari Gellespont bo‘g‘ozidan o‘tib, Osiyo hududiga kirdi. Qo‘shin 30 ming piyoda, 5 ming otliq, 160 harbiy kemadan iborat edi. Urush e’lon qilish uchun mil. avv. V asr o‘rtalarida yunon-fors urushlari davrida yunon ibo- datxonalarining forslar tomonidan oyoq-osti qilinishi bahona bo‘ldi. Bu mafkuraviy shiordan Aleksandr yunon-makedon kuchlarini birlashtirishda foydalandi. Forslar bilan birinchi jang Kichik Osiyodagi Granik daryosi bo‘yida bo‘ldi (mil.avv. 334-yil). Bu jangda yunon-makedonlar Eronning Kichik Osiyo satraplari va yunon yollanma askar- lari qo‘shinlari bilan jang qildilar. Eron podshosi Doro III va uning muntazam qo‘shini Granik jangida ishtirok etmadilar. Bu jangdan so‘ng Aleksandr Kichik Osiyo qirg‘og‘idagi yunon shaharlarini forslardan ozod qildi va Kichik Osiyoning katta qismini bo‘ysundirdi. Sard va Gordiy shaharlari ishg‘ol qilindi. Galikarnas shahri forslarga sodiq qolib, makedonlarga qattiq qarshilik ko‘rsatdi. Kichik Osiyoni bosib olishni tugallab, Aleksandr Kilikiya orqali Shimoliy Suriyaga o‘tdi. Mil.avv. 333-yil kuzida Issa shahri yonida yunon-makedonlar Doro III qo‘shinlari bilan to‘qnashdilar. Har ikki tomon uchun bu jang og‘ir bo‘lib, katta qurbonliklar berildi. Fors qo‘shinlari son jihatidan yunon-makedonlardan ko‘ra ko‘p edi. Doro III jangda o‘zini yo‘qotib qo‘ydi va jang natijasini kut- may, maydonni tashlab ketdi. Hattoki Doro III qarorgohdagi o‘z oilasini ham tashlab ketdi. Aleksandr juda katta qiyinchilik bi- lan g‘alaba qozondi. Bu jang Suriya va Falastin qirg‘og‘ini bosib olish uchun yo‘l ochdi. Doro III g‘olibga tinchlik bitimini taklif qilib, Aleksandrga Kichik Osiyoni berishni, katta Kontribunisiya va katta qizi Statirani Aleksandrga rafiqalikka berishni taklif qil- di. Lekin Aleksandr bu foydali shartlarni rad qildi. 417 Damashq shahrida Doro III ning xazinasi bosib olindi. Bu Aleksandr qo‘shinlarining moddiy ta’minotini ancha yaxshiladi. Tir va G‘azo shaharlari bosqinchilarga qattiq qarshilik ko‘rsat- di. G‘azoning bosib olinishi yunon-makedonlarga Misr tomon yo‘l ochdi. Doro III yordamidan mahrum bo‘lgan fors satrapi g‘oliblarga taslim bo‘ldi. Misrliklar fors zulmidan Aleksandrni xaloskor sifatida kutib oldilar. O‘rtayer dengizi qirg‘og‘ida, Nil daryosi bo‘yida mil.avv. 331-yilda Aleksandriya shahriga asos solindi. Bu shahar Misrda yangi hokimiyatning markazi, muhim savdo porti bo‘lib xizmat qildi. Misr hududida bu shaharga asos solinishi Sharqda shaharlar qurilishi siyosatining boshlanishi edi. Aleksandr Memfis shahrida toj kiydi va bu bilan Misrda o‘z hokimiyati qonuniyligini ta’kidladi. Mil.avv. 331-yil bahoridan Sharqqa yurishning ikkinchi bosqichi boshlandi. Dajla daryosidan uzoqda bo‘lmagan Gav- gamela qishlog‘i yaqinida 1-oktabr kuni Aleksandr va fors qo‘shini o‘rtasida hal qiluvchi jang bo‘ldi. Jang boshlanishida fors qo‘shini makedonlarning o‘ng qanotini yanchib tashladi. Markazda Aleksandr fors qo‘shinining o‘rtasiga o‘z otliqlari bi- lan kirib oldi. Forslar jang aravalari va fillarni jangga tashladi- lar. Ammo Doro III Issa yonidagi jangda bo‘lganidek, davom eta- yotgan jangni yutqazilgan deb hisoblab, yana jang maydonini tashlab qochdi. Aleksandr qo‘shinlari hech qanday qarshiliksiz jadallik bilan butun Mesopotamiyani bosib o‘tib, Suza shahri va Ahmoniylar davlatining markaziy hududlariga kirib bordi- lar. Aleksandr Suza shahridagi Ahmoniylar saroyi xazinasidan 50 ming talant tilla va kumush quymaga ega bo‘ldi. Bobil va boy Suza shahri, Eronning muqaddas markazi Persepol jang- siz bosib olindi. Suza va Persopol shaharlaridagi Ahmoniylar- ning boy xazinalari Aleksandrning qo‘liga o‘tdi. Mil.avv. 330-yil Persepol saroyini yondirish bilan Aleksandr Fors davlati us- tidan g‘alabasini ramziy belgiladi. Fors podsholarining asosiy xazinasi Pasargadda edi. Aleksandr afsonaviy o‘ljaga ega bo‘ldi. Forslarga qarshi urushning maqsadi ham ahmoniylarning afsonaviy boyliklarini qo‘lga kiritish edi. Plutarxning ma’lumoti bo‘yicha Persepoldagi xazinani olib ketish uchun 10 ming ara- va, 5 ming tuya kerak bo‘lgan. Faqat quyma tillaning o‘zi 120 ming talant (3144 tonna) bo‘lgan. Haqiqatan ham kichkina bir tog‘li Makedoniya davlatchasi cho‘pon va dehqonlari uchun bu quloq eshitmagan boylik edi. Bu vaqtda Baqtriya satrapligiga chekingan Doro III o‘z yaqinlari tomonidan o‘ldirildi. 418 Aleksandr forslarni o‘zlari egallab turgan yuqori lavozimlarda qoldirdi. Bu makedon qo‘shinida norozilik tug‘dirdi. Doro III ning halokati urush tugashini bildirar edi. Girkaniyaning markazi Gekatompl shahrida ittifoqchi yunon polislarining qo‘shinlari rasmiy tarqatildi. Shu bilan birga, yunonlarga Aleksandrning yollanma askarlari sifatida yurishni davom ettirish taklif qilin- di. Aleksandr o‘zini fors podsholarining qonuniy vorisi sifati- da urushni davom ettirishga ahd qildi. Aleksandr qiyinchilik bilan yurishni davom ettirishni istamagan qo‘shin qarshiligini yengib, yana oldinga siljidi. Parfiya bosqinchilarga hech qanday qarshilik ko‘rsatmay, uning satrapi o‘z obro‘sini saqlab qoldi. Aleksandr mil.avv. 329-yilda Amudaryodan o‘tib, O‘rta Osiyo- ga kirdi. Bu yerda u mahalliy aholining qattiq qarshiligiga uchra- di. Spitamen boshchigida sak-massagetlar uch yil davomida Aleksandr qo‘shinlariga qarshi turdilar. Noiloj qolgan Alek sandr mahalliy zodagonlarni sovg‘a-salom bilan o‘z tomoniga og‘di- rib olishga urindi. U So‘g‘d hokimi Oksiartning qizi Roksanaga uylandi. Rivoyatlarga ko‘ra, Aleksandr O‘rta Osiyoda o‘z tayanch nuqtasi sifatida 12 shahar quradi. Ammo bu shaharlarning xaro- balari topilgani yo‘q. Bu afsona bo‘lishi mumkin. Tarixda ma’lum bo‘lganlari hozirgi Xo‘jand shahri yaqinida Aleksandriya Esxata (Uzoqdagi Aleksandriya) shahri, Afg‘onistonda Hirot shahri ya- qinida Aleksandriya Ariya shaharlaridir. Mil.avv. 327-yilda Aleksandr Hindukush tog‘lari orqa- li Hindistonga o‘tdi. Shimoliy Hindistondagi Gidas daryosi bo‘yida Aleksandr qo‘shinlari Panjob hukmdori Por qo‘shin- lari bilan to‘qnashib, o‘zining oxirgi g‘alabasiga erishdi (mil. avv. 326-yil). Aleksandrning qo‘shini yurishni davom etti- rishni istamay, uning buyruqlarini bajarmay qo‘ydi. Alek- sandr qo‘shinni yurishni davom ettirishga ko‘ndirishga urin- di, ammo qo‘shin ko‘nmadi. Ikki kunlik muzokaralardan so‘ng Aleksandr yon berishga majbur bo‘ldi. Vatanga qaytish to‘g‘risida buyruq berildi. Aleksandr qo‘shinlarining qaytishi ikki yilga cho‘zildi. Qo‘shinning bir qismi dengiz orqali, bir qismi quruqlik yo‘li orqali ortga qaytdi. Qo‘shinning har ik- kala qismi mil.avv. 324-yil Bobilda uchrashdi. Yurishning tugallanayotgan bosqichida Suza shahrida Alek- sandr makedon va forslarni murosaga keltirish belgisi sifatida o‘zining 10 ming askarini mahalliy aholining qizlari bilan ni- koh to‘yini katta tantana bilan o‘tkazdi. O‘z qo‘shini tarkibiga 30 ming fors yigitlarini qabul qildi. U bosib olingan hududlar- 419 da o‘nlab koloniya va harbiy qo‘rg‘onlarni o‘z hokimiyatining tayanch nuqtasi sifatida barpo qildi. Makedoniyaning qadimgi poytaxti Pellaga qaytishni istama- gan Aleksandr o‘z davlatining poytaxti qilib qadimgi shahar Bobilni tanladi. U Kaspiy dengizini o‘rganish uchun tekshiruv- chi ekspeditsiya tashkil qildi. Arabiston yarim oroli qirg‘oqlarini tekshirishga buyruq berdi. Aleksandr yurishlari natijasida g‘arbda Adriatika den- gizidan sharq da Hindistongacha, shimolda Kavkaz tog‘laridan janubda Nil daryosining o‘rta oqimigacha cho‘zilgan hududda yunon-makedonlarning yurishi sodir bo‘ldi. Aleksandr bu be- poyon hududlarni o‘z ichiga olgan davlat tuzmoqchi bo‘ldi. U ij- timoiy-iqtisodiy munosabatlari bilan avvalgi Ahmoniylar davla- tini eslatar edi. U mil.avv. 323-yil 32 yoshida bezgak kasalidan Bobil shahrida vafot etdi. Aleksandrning o‘limidan so‘ng uning lashkarboshilari o‘rtasida hokimiyat uchun kurash boshlandi. Oxir-oqibatda u bosib olgan hududlarda katta-kichik davlatlar paydo bo‘ldi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling