Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy sanalar
- ELLIN DAVLATLARI 1. Ellinizmning mohiyati. 2. Ellin Misri (mil.avv. 323–30-yillar). 3. Salavkiylar davlati . 4. Makedoniya.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Маринович Л.П. Греки и Александр Македонский: к проблеме кризиса полиса. – М.: 1993. 2. Шахермайр Ф. Александр Македонский. – М.: 1984. 3. Эллинизм: Восток и Запад / Oтв. ред. Е.С. Голубцова. – М.: 1992. 4. Дандамаев М. А. Политическая история Ахеменидской державы. – М.: 1985. 5. Гафуров Б. Г., Цибукидис Д.И. Александр Македонский и Восток. – М.: 1980. Asosiy sanalar Mil.avv. 359–336-yillar Makedon podshosi Filipp II hukm- ronligi. Mil.avv. 355-yil Fiva va Fokida o‘rtasidagi urush. Mil.avv. 337-yil Korinf kongressi. Mil.avv. 338-yil Xeroniya jangi. Mil.avv. 336-yil Aleksandrning taxtga chiqishi. Mil.avv. 334-yil Granik daryosi bo‘yidagi jang. Mil.avv. 331-yil Aleksandriya shahriga asos solindi. Mil.avv. 331-yil 1-oktabr Gavgamel jangi. Mil.avv. 330-yil Ahamoniylar davlatining qulashi. Mil.avv. 329–327-yillar Spitamen boshchiligidagi sak-mas- sagetlarning yunon-makedonlarga qarshi ozodlik kurashi. Mil.avv. 327–324-yillar Aleksandrning Hindistonga yurishi. Mil.avv. 323-yil Aleksandr Bobil shahrida vafot etdi. 424 ELLIN DAVLATLARI 1. Ellinizmning mohiyati. 2. Ellin Misri (mil.avv. 323–30-yillar). 3. Salavkiylar davlati. 4. Makedoniya. 5. Pergam. Attalidlar davlati. 6. Yunoniston materigi va orollar. 1. Ellinizmning mohiyati. Aleksandr yurishlaridan bosh- lab to mil.avv. II asrgacha Rim Yunoniston va Yaqin Sharqda o‘z hukmronligini o‘rnatganiga qadar bo‘lgan davr G‘arb adabiyoti- da ellinizm davri, deb ataladi. Bu davrda savdo-hunarmand- chilik, madaniyat o‘choqlari – shaharlar jadal rivojlandi (Alek- sandriya, Antioxiya, Baqtra va boshqalar). Bu davrda O‘rtayer dengizining g‘arbiy qismi Sharqning boy qadimgi madaniyati bilan jadal tanishib, uning to‘rt ming yillik to‘plagan madaniy yutuqlarini o‘zlashtirib ola boshladi. Ma’naviy-madaniy hayot, ilm-fan va san’at bu davrda yuksak darajada rivojlandi. Yan- gi ilm-fan o‘choqlari, oliy maktablar va kutubxonalar paydo bo‘ldi. Fan-texnikada kashfiyotlar, ixtirolar qilinib, nodir asar- lar yaratildi. Yangi fan tarmoqlari paydo bo‘ldi. Fanning taniqli arboblari o‘zlarining nodir asarlarini yaratdilar. Ijtimoiy-siyo- siy, falsafiy ta’limotlar shakllandi. «Ellinizm» tushunchasi tarix fanida birinchi marta XIX asr- ning birinchi yarmida nemis olimi I. Droyzen tomonidan kiri- tildi. Droyzen bu tushunchani makedoniyalik Aleksandrning bosqinchilik yurishlaridan keyingi katta tarixiy davrga nisbatan qo‘lladi va uning mazmunini madaniy soha bilan chekladi. XX asrning 50-yillari boshlaridan ko‘pchilik tarixchilar el- linizm davrini siyosiy-iqtisodiy va madaniy-mafkuraviy so- halarda mahalliy (Sharq) va ellin (G‘arb) madaniyatining sin- tezi natijasida madaniy taraqqiyotning yangi bosqichi deb hi- soblaydilar. Bu sintez qadimgi Sharqning ko‘pgina hududlari yunon-makedon istilolari oqibatida aniq tarixiy vaziyatda amal- ga oshdi degan tushuncha hukm suradi. Haqiqatga esa, mil. avv. I ming yillikdan boshlab, ayniqsa, dunyoda birinchi bor uch qit’ani birlashtirgan ulkan Ahmoniylar imperiyasi davrida Sharq va G‘arbning madaniy-iqtisodiy aloqalari va madaniyat- lar muloqoti boshlangan edi. 425 Ellin davrining uch yuz yillik xronologik davri uch tizim- li izchil bosqichga bo‘linadi: Birinchi bosqich Aleksandrning Sharqqa yurishlari, uning davlatining tashkil topishi va dia- doxlar urushlari natijasida bu davlatning yemirilishi (mil.avv. 334–281-yillar)ni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi bosqich (mil.avv. 280-mil.avv. II asr o‘rtalari) yunon-sharq davlatchiligi, iqtisodi- yoti va madaniyatining gullab-yashnagan davri. Ellin davrining yetuklik bosqichi. Uchinchi bosqich mil.avv. II asr o‘rtalaridan ellin davlatchiligining oxir-oqibatda yemirilishiga olib kelgan tushkunlik belgilarining yaqqol ko‘rinishi bilan tavsiflanadi. So‘nggi ellin davlati – Ptolemeylar Misrining mil.avv. 30-yilda halokatga uchrashi va uning Rim davlati tarkibiga qo‘shib olini- shi bilan belgilanadi. Bu vaqt Ellin tafakkurining yaqqol so‘nish davri edi. Ilgari Ellin davlatlariga qarashli butun hudud g‘arbda Rim, sharqda Parfiya davlatlari tomonidan bo‘lib olindi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling