Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

3. Salavkiylar davlati. Aleksandrning safdoshlaridan biri 
katta jismoniy kuchga ega bo‘lgan Salavk Nikator (g‘olib) mil.
avv. 321-yilda satraplar o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra, Bobilni 
egalladi. Salavk I (mil.avv. 312–281-yillar) buqani faqat quruq 
qo‘li bilan yiqitishi mumkin bo‘lgan. Salavk diadoxlar o‘rtasida-
gi kurash natijasida Eron satrapliklari, O‘rta Osiyoning ayrim 
hududlari ustidan o‘z nazoratini o‘rnatdi. Ammo Osiyoning oliy 
hokimi Antigon tez orada Salavkdan Bobilni tortib oldi (mil.avv. 
315-yil). Antigon bilan boshqa satraplar o‘rtasidagi kuchayib 
ketgan raqobatdan foydalangan Salavk Misr hukmdori Ptole-
meyning yordami bilan mil.avv. 312-yilda Bobilda o‘z hokimi-
yatini qayta tikladi. Aynan shu yildan boshlab Salavk sulolasi-
ning mil.avv. 64-yilgacha davom etgan hukmronligi boshlandi. 


429
Salavk I (mil.avv. 312–280-yillar) Suriyani o‘z davlatining 
bosh viloyatiga aylantirdi, o‘zi Orontdagi Antioxiya shahrida, 
Yuqori Suriya yoki Dajla daryosi yoqasidagi Salavkiya shahrida 
yashadi. Salavk g‘arbda diadoxlar o‘rtasida davom etayotgan 
urushdan foydalanib, Sharqqa yurish qildi. Yurish davomida 
u Eron va O‘rta Osiyo satrapliklarini qayta qo‘lga kiritdi. Yu-
rish oxirida Salavk Hindistonda Maurilar davlatining asoschisi 
Chandragupta bilan to‘qnashdi. Urush Salavkni ilgari Alek-
sandr davlati tarkibiga kirgan barcha hind mulklaridan voz ke-
chishi, buning evaziga Chandragupta tomonidan 300 jangovar 
fillarning Salavkga sovg‘a qilishi bilan tugadi. Salavk mil.avv. 
305–304-yillar atrofida o‘zini podsho deb e’lon qildi. Shundan 
sal o‘tgach, Shimoliy Suriyani, mil.avv. 281-yilda Kichik Osiyo-
ning katta qismini bosib oldi. Shu yildayoq u Makedoniyani 
egallash uchun bo‘lgan yurishda halok bo‘ldi. 
Salavkiylar davlati tarkibiga boshda Mesopotamiyaning bir 
qismi, Kichik Osiyoning bir qismi, Eron, O‘rta Osiyo, Afg‘oniston 
va Shimoliy Hindiston kirgan. Davlatning poytaxti Suriyada-
gi Oront daryosi qirg‘og‘idagi Antioxiya edi. Salavkiylar davlati 
o‘zining gullab-yashnagan davrida Aleksandrning Osiyodagi 
sobiq mulklarining katta qismini o‘z tarkibiga oldi. Bu bepo-
yon hududda turli iqtisodiy va madaniy taraqqiyot bosqichida 
turgan, etnik va til jihatidan ola quroq bo‘lgan xalqlar joylash-
gan edi
. Salavkiylar davlatida yunon va makedonlar podsho 
boshchiligida hukmron tabaqaga aylandilar. Ular barcha oliy 
hokimiyat lavozimlarini egallab olib, qo‘shinning asosiy qismini 
tashkil etdilar. Mahalliy zodagonlar hokimiyat boshqaruvida 
deyarli ishtirok etmadi. Faqat Bobil shaharlarining fuqaro-ibo-
datxona jamoalari ma’lum bir imtiyozlardan foydalandi.
Salavkiylar davlati aholisining asosiy qismi jamoachi deh-
qonlardan tashkil topgan. Bu jamoalar podsho foydasiga pul va 
natural majburiyatlarni o‘tar edi. Jamoachi dehqonlar shaxsan 
erkin bo‘lgan. Lekin davlat hokimiyati dehqonlarni asta-sekin 
qaram qila boshladi. Bu ularni yerga biriktirib qo‘yishda ko‘ri-
nadi. Davlat yerlari ikki qismga bo‘lingan. Bir qism yerlar pod-
shoning shaxsan o‘ziga tegishli bo‘lsa, ikkinchi qismi shaharlar, 
mahalliy zodagon-hokimlar, qabilalar va jamoalarga tegishli 
bo‘lib, podsho hokimiyati tomonidan nazorat qilingan. Salav-
kiylar davlat boshqaruvida yunon-makedonlarga suyandilar, 
mahalliy aholini huquqlarda kelgindi yunon-makedonlarga 
tenglashtirilmadi. 


430
Davlatning butun hududi 72 satraplikga bo‘linib, undan 
kichik ma’muriy birliklar – yeparxiya va giparxiyalar edi. Sat-
raplik boshida satrap (Antiox III davrida strateg) turib, u fuqar-
olik va harbiy hokimiyatni amalga oshirgan. Moliya muassasasi 
esa mustaqil bo‘lgan.
Salavkiylar davlatida O‘rta Osiyo va Eron hududlari muhim 
o‘rin tutar edi. Salavk I davrida uning o‘g‘li va merosxo‘ri An-
tiox I Soter (mil.avv. 281–261-yillar) bu hududlarni boshqarar 
edi. Antiox I Salavkning onasi Spitamenning qizi malika Apama 
Salavkiylar saroyida katta hurmat-e’tiborga ega edi. O‘rta Osiyo-
da sulola hokimiyatini mustahkamlash uchun yangi shaharlar 
va harbiy manzilgohlar qurildi, eskilari qayta tiklandi (Marv vo-
hasi devor bilan to‘liq o‘rab olindi). Antiox I Kichik Osiyoda Per-
gam davlatining ajralib chiqishiga qarshilik qila olmadi.
Antiox II davrida (mil.avv. 261–247-yillar) mil.avv. III asr 
o‘rtalarida Baqtriya, So‘g‘diyona va Parfiya ajralib chiqdi. Vi-
finiya, Paflagoniya, Kappadokiya va Galatiya kabi davlatlar 
paydo bo‘ldi. Qora va Kaspiy dengizlari oralig‘ida Armaniston 
davlati, Midiyaning shimoliy qismida satrap Atropat Salavkiylar 
davlatidan ajralib chiqib, Midiya Atropatenasini tashkil qildi. 
Natijada Yunon-Baqtriya va Parfiya podsholiklari vujudga kel-
di (Yunon-Baqtriya mil.avv. 130–yillargacha, Parfiya davlati esa 
milodiy 227-yiligacha mavjud bo‘ldi). Qobilyatli sarkarda An-
tiox III buyuk (mil.avv. 223–187-yillar) davlatni eski chegaralar-
da tiklash uchun bu davlatlarni bo‘ysundirish uchun mil.avv. 
212–205-yillarda Sharqqa yurish qildi. Yurish davomida xara-
jatlarni qoplash uchun Antiox III Ekbatanadagi Anaxita ibo-
datxonasini taladi. Yurish natijasida Parfiya qayta bo‘ysundiril-
di. Yunon-Baqtriya shaharlarining ikki yil natijasiz qamal qilish 
bilan rasman Salavkiylar hokimiyatini tan oldi. Antiox qo‘shin-
lari Hindiqush tog‘laridan o‘tib, Hindiston yerlariga bostirib kir-
di va mahalliy hokim bilan shartnoma tuzdi. U Hindistondagi 
salavkiylarga tobe yerlardan voz kechdi, buning evaziga Antiox 
hind jangovar fillariga ega bo‘ldi. 
Antioxning bu yurishi Salavkiylar davlatining yemirilishini 
vaqtincha to‘xtatdi. U markaziy hokimiyatni mustahkamladi. 
Kichik Osiyoning katta qismi bosib olindi va Kelesiriya Misrdan 
batamom tortib olindi. Kuchayib ketgan Salavkiylar davlati Per-
gam va Rodosning xavfsizligiga jiddiy xavf sola boshladi. Pergam 
va Rodos Antiox III dan shikoyat qilib, Rimdan yordam so‘ra-
di. Rim ham Antiox III saroyiga mashhur Karfagen qo‘mondo-


431
ni Gannibalning maslahatchi bo‘lib turganidan norozi edi. Mil.
avv. II asr boshlarida Salavkiylar bilan Rim respublikasi o‘rta-
sida Yunoniston uchun raqobat boshlandi. Mil.avv. 189-yilda 
Rim bilan bo‘lgan urushda Antiox III qo‘shinlari yengildi. Mam-
lakat hududlarida norozilik, Salavkiylarning zulmiga qarshi 
qo‘zg‘olon va isyonlar boshlanib ketdi. Yunon-Baqtriya va Parfi-
ya o‘z mustaqilliklarini qayta tikladi va Parfiya g‘arbga tomon 
yurish qilib, Salavkiylar hududlarini bosib ola boshladi. Midi-
yada satrap Timarxning isyon ko‘tarishi bu viloyatni parfiya-
liklar tomonidan bosib olinishiga yordam berdi. Bundan tash-
qari, parfiyaliklar Fors va Elamni egalladilar. 
Antiox III ning o‘g‘illaridan biri Antiox IV Epifan (mil.avv. 
175–164-yillar) shijoatli hukmdor bo‘lib, davlat hokimiyatini 
bir qadar mustahkamlashga erishdi. Uning boshqaruvi davri-
da mamlakatda podsho san’at va madaniyatga homiylik qildi. 
Shuhratparast Antiox IV Salavkiylar davlatining o‘tmishdagi 
kuch-qudratini tiklashga urindi. Mamlakat ichida bir qadar 
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni vujudga keltirib, uning hududi-
ni kengaytirishga harakat qildi. Antiox IV Misrni bosib olish 
uchun kuchli qo‘shin bilan yurish boshladi. Yo‘lda uni Rimning 
Misrdagi elchisi Gay Popiliy
 Lena to‘xtatdi. Aytishlaricha, Salav-
kiylardan ko‘ra, qudratli bo‘lgan Rim elchisi Antiox IV o‘tirgan 
joyning atrofini doira chizib, Rimning talabi bajarilmaguncha 
(Misrga yurishni to‘xtatish) Antiox IV ni doira ichidan chiqib 
ketishini taqiqlagan. Natijada rimliklarning tazyiqi ostida Misr 
yurishi to‘xtatilgan.
Antiox VII Sidet (mil.avv. 138–129-yillar) davlatning yaxlitli-
gini tiklashga urinishi uning mag‘lubiyati va halokati bilan tu-
gadi. Bu Bobil, Parfiya va mahalliy sulolalar hokimiyati ostiga 
o‘tgan Fors va Midiyaning ajralib ketishiga olib keldi. Mil.avv. I 
asr boshlarida Yahudiya va Kommagen o‘z mustaqilligini qo‘lga 
kiritdi. Salavkiylar davlatining yemirilish jarayoni tezlashib 
ketdi. 35 yil ichida taxtda 12 da’vogar almashdi. Ko‘p hollarda 
bir vaqtning o‘zida ikki yoki uch podsho taxtga chiqdi. Natija-
da Salavkiylar davlati hududi Suriya, Finikiya va Kilikiyaning 
bir qismi bilan chegaralanib qoldi. Salavkiylarning so‘nggi va-
kili Antiox XIII Rim tomonidan tan olindi, lekin 2 yildan ke-
yin Pompey uni taxtdan tushirdi. Siyosiy ta’sir vositasi bo‘lgan 
armiya va flotdan mahrum bo‘lgan Salavkiy hukmron guruhlari 
Rim va Parfiyaning qo‘g‘irchoqlariga aylandi. Mil.avv. 63-yilda 
Salavkiylar davlatining qoldiqlari Rim tomonidan bosib olinib, 


432
uning hududida Suriya provinsiyasi tashkil etildi. Sharqiy Pont, 
Paflagoniya, Galatiya, Kappadokiya, Armaniston va Kommagen

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling