Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dimitriy Poliorket.
6. Yunoniston materigi va orollar. Yunoniston hudu-
didagi talonchilik urushlari iqtisodiy hayotni butunlay izdan chiqardi. Ijtimoiy ziddiyatlar keskinlashdi. Bu esa og‘ir qa- rama-qarshiliklarni tug‘dirdi. Joylarda hokimiyatni tiranlar egallay boshladi. Aholi Argosda tiran Aristomaxni, Megalopolda Aristodemni qo‘llab-quvvatladi. Mil.avv. III asr o‘rtalarida Xios va Teri orol- larida ijtimoiy-iqtisodiy norozilik harakatlari kuchayib ketdi. Antik mualliflarning ma’lumotlariga ko‘ra, ellin davrida Yuno- nistondan aholining katta qismi sharqqa ko‘chdi. Faqat Afina va Korinf o‘z ahamiyatini saqlab qolishga urindi. Mil.avv. 284-yil- da Etoliya ittifoqi tashkil topdi. Aleksandr va uning vorislari yo‘q qilgan Axey ittifoqi ham qayta tiklandi (mil.avv. 280-yil). Axey ittifoqi alohida yunon davlatlari o‘rtasidagi mudofaa va hujum ittifoqi edi. Umumiy tadbirlar va pul tizimi kiritildi, le- kin shaharlar mustaqil boshqaruvlarini va o‘z muassasalarini saqlab qoldilar. Yilda ikki marta ittifoq a’zolari Egeya shahriga to‘planar edilar. Ittifoqning oliy lavozimi strateg deb ataldi. Mil. avv. 284-yilda tashkil etilgan Etoliya ittifoqi Axey ittifoqi bilan muntazam dushmanlik munosabatida bo‘ldi. Sparta har ikkala ittifoqni ham zaiflashtirishga harakat qildi. Mil.avv. 222-yilda Senlaziya yonidagi jangda spartaliklar yengildi. Makedoniya- liklar bu g‘alabadan keyin Spartaga kirdilar va Spartaliklarni Axey ittifoqiga qo‘shilishga majbur qildilar. Makedoniya davlati Rimga olingandan so‘ng (mil.avv. 268) Axey va Etoliya ittifoqlari ham Rim tomonidan tugatildi. Dimitriy Poliorket. Tushkunlik holatidagi yunon shaharlari Kassandr hukmronligi ostida edi. Aleksandrning safdoshi An- tigonning g‘ayratli o‘g‘li Dimitriy Poliorket Afinani Kassandrdan tortib oldi. Afinaliklar Dimitriy va uning otasini o‘z shaharlari- ning «homiy-ilohlari» deb e’lon qildilar, Dimitriyning haykalini yaratish uchun o‘zaro raqobat qildilar. Iloh sifatida Afina ibo- datxonasining bir qismini unga qarorgoh qilib berdilar. Dimitriy Peloponnes va uning shaharlarini ozod qildi. Va shaharlarning erkinligini tikladi. Buning evaziga Istma o‘yinlarida u Yunonis- tonning oliy yo‘lboshchisi deb e’lon qilindi. Dimitriy kayf-safoda, axloqsizlikda hammadan o‘tib tush- di. Lekin u yaxshi lashkarboshi, ulkan tez harakat qiladigan kemalar, qamal mashinalari ixtirochisi edi. Shu sifatlari bi- lan u dushmanlarini hayratga soldi va Poliorket (shaharlarni bo‘ysundiruvchi) laqabini oldi. Lisimax va Salavk birlashib, 436 Dimitriyning 80 yoshli otasi Antigonga qarshi qo‘shin tortdilar. Dimitriy Poliorket otasiga yordamga keldi, lekin mil.avv. 301- yil Frigiyada Ips yonidagi jangda yengildi. Afina o‘z homiysiga yordam bermadi. Dimitriy qo‘shinni ta’minlashga mablag‘ to- pish uchun Xersones shahri va Lisimaxga tegishli viloyatlarni talon-taroj qildi. Misr hukmdori Ptolemey Dimitriy bilan yaqin- lashdi. Dimitriy Antioxiyada uning qizi Stratonikaga uylandi. Shundan so‘ng Afinaga flot bilan suzib borib, shahar himoyasi- da turgan tiran Laxaritni uzoq qamal va ochlik bilan taslim bo‘lishga majbur qildi. U afinaliklardan xoinliklari uchun o‘ch olmadi, aksincha ochlik hukm surayotgan shaharga katta miqdorda oziq-ovqat sovg‘a qildi. Dimitriy Afinadan Spartaga yurish qilib, spartaliklar qo‘shinini yanchib tashladi, u yunon podsholigini barpo qilishni rejalashtirdi. Shu vaqtda Kas sandr vafot qildi. Uning katta o‘g‘li Antipatr onasi Fessalonikani voris- likka ukasi Aleksandrni tanlagani uchun o‘ldirdi. Aleksandr yordam so‘rab Epir podshosi Pirrni chaqirdi. Pirr yetib kelib, aka-ukalarni murosaga kelib, podsholikni bo‘lib olishni taklif qildi. Dimitriy o‘z qo‘shini bilan yetib kelganda, Aleksandr uni qaytib ketishga ko‘ndirishga urinib, Dimitriyga Larissa shah- rigacha hamrohlik qildi. Aleksandr Dimitriyga ishonmay, un- dan ajralishni rejalashtirgani uchun bazmlardan birida Dimit- riy uni chopib tashlashga buyruq berdi. Makedoniyaliklar shu lahzadayoq Dimetriyni Aleksandrning o‘rniga podsho deb e’lon qildilar. Antipatr o‘z qaynotasi Lisimax oldiga qochib ketdi. Dimitriyni barcha Makedon podshosi deb tan oldi. Dimitriyning eski raqiblari Salavk (uning qaynotasi), Ptolemey, Lisimax va keyinchalik Pirr o‘zaro birlashib Makedoniyaga yurish qildilar. Dimitriy ularga qarshi turdi. Ammo makedonlar Dimitriyning sharqona hashamati, mut- laq hokimiyati va turmush tarzidan norozi bo‘lib, xiyonat qil- dilar va Pirr tarafiga o‘tib, uni o‘z podsholari deb e’lon qildilar. Dimitriy o‘ziga sodiq ozgina askarlar bilan o‘g‘li Antigon Gonat qarorgohiga qochdi. Pirr va Lisimax uning podsholigini bo‘lib oldilar. Dimitriy hech qachon Makedoniyaga qaytmadi. Yuno- nistonda qo‘shin va flot to‘plab, Dimitriy Osiyoga jo‘nadi, Milet shahrida Ptolemeyning qizlaridan biriga uylandi. Keyin o‘z qay- notasining barcha hududlarni vayron qilib, Kariya va Lidiyaga o‘tdi. Bu hududlarda u podsholik barpo qilmoqchi edi. Lekin Lisimaxning kuyovi Agafokl unga qarshi chiqib, bir necha jang- larda uni yanchib tashladi. Chorasiz qolgan Dimitriy kuyovi 437 Salavkka yordam so‘rab murojaat qildi. Salavk Agafoklni che- kinishga majbur qildi. Dimitriy yordamga javoban nonko‘rlik qilib, yana bosqinchilik yurishi qildi va Salavkning qarorgohi- ga tunda hujum qildi. Oldindan ogohlantirilgan Salavk zarba berishga tayyorlanishga ulgurdi, Salavkning taklifi bilan Di- mitriyning askarlari uning tomoniga o‘tdilar. Dimitriy o‘rmon- zor, tog‘larga qochdi, lekin to‘rt tarafdan o‘rab olingach, taslim bo‘ldi. Salavk himmat ko‘rsatib, uni kechirdi. Dimitriyga Su- riyadagi Apameya shahrida yashashga, barcha qulayliklardan foydalanishga ruxsat berdi. Lekin uning orqasidan o‘ta qattiq nazorat qilishga buyruq berdi. Podsholikdan mahrum bo‘lgan, jo‘shqin faoliyatdan chetlashtirilgan Dimitriy Poliorket barcha vaqtini ovda, azart o‘yinlarda, ichkilikbozlikda o‘tkazib, tutqun- ligining uchinchi yilida 54 yoshda mil.avv. 284-yil vafot etdi. Dimitriy Poliorket Aleksandrning safdoshi Antigonning o‘g‘li, Yunon shaharlari yo‘lboshchisi, Makedoniya podshosi, qudratli Ptolemeyning ikki qizining turmush o‘rtog‘i, Salavkning qayno- tasi, qobiliyatli sarkarda, shahar qamali mashinalari va katta kemalar ixtirochisi edi. Sparta. Spartada ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlarni bartaraf etish uchun podsholar – Agis III (mil.avv. 244–235-yillar) va Kleomen III (mil.avv. 235–221-yillar)lar islohotlar o‘tkazishdi. Agis III qarzlarni bekor qilishga, Likurg qonunlarini tiklashga harakat qildi. Yerlar yangidan 700 oila o‘rtasida taqsimlandi. Fuqarolar sonini ko‘paytirish uchun qolgan yerlarni 15 ming perieklarga taqsimlab berishni taklif qildi. Agis o‘z mol-mulki- ni ham spartaliklarga hadya qildi. Qadimgi Sparta tarbiyasi va urf-odatlari qayta tiklandi, perieklar hisobiga fuqarolar soni ko‘paydi. Aholining katta qismi islohotlarni qo‘llab-quvvat- ladi. Sparta qo‘shinining qudrati kuchayib, Spartaning aso- siy raqibi Axey ittifoqiga qarshi g‘olibona urushlar olib bordi. Agisning bu siyosati Sparta zodagonlariga yoqmadi. Ular fitna uyushtirib, islohotchi podshoni bo‘g‘ib o‘ldirdilar. Spartaning keyingi podshosi Kleomen III (mil.avv. 235–221-yil- lar) Agisning siyosatini davom ettirishga harakat qildi. U dast- lab podsho hokimiyatini kuchaytirishga, qudratli eforlarning hokimiyatini zaiflashtirishga harakat qildi. Kleomen Axey ittifo- qi bilan navbatdagi urushda g‘olib chiqdi. U Spartaga yollanma askarlar bilan kirib, to‘rt eforni o‘ldirib, efor unvonini bekor qil- di. Eforlar kollegiyasi tugatilib, davlatni boshqarish vakolatla- 438 rining katta qismi podsho qo‘lida to‘plandi. Qarzdorlarning qar- zi to‘liq bekor qilinib, yerlar qayta teng taqsimlandi. Lekin bu islohotlar Axey ittifoqi bilan yangi urush natijasida nihoyasiga yetdi. Axey ittifoqi Makedoniyaning yordami bilan Spartaga qarshi urush boshladi va Sparta qo‘shinlarini mil.avv. 222-yil mag‘lubiyatga uchratdi. Kleomen Misrga qochib ketdi va Ptolemey Filopatrdan yordam so‘radi. Filopatr yordam ber- madi. Filopatrdan o‘ch olish niyatida Kleomen unga qarshi Misr fuqarolarini gij-gijladi. Lekin hech qanday natijaga erishma- di, podshoning qo‘liga tushmaslik uchun o‘zini o‘ldirdi. Uning onasi va bolalari qatl qilindi. Kleomenning jasadi teriga o‘ralib, dorga osib qo‘yildi. Sparta tushkunlikka uchrab, oxir-oqibatda mil.avv. 146-yil o‘z mustaqilligini yo‘qotdi va Rim provinsiyasi tarkibiga kirdi. Hududda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat keskinlashdi. Ijtimoiy-iqti- sodiy ziddiyatlar kuchayib, mil.avv. III asrda yerlarni qayta taq- simlash harakati Yunonistonda avj oldi. Rodos. Mil.avv. III–II asrlarda Rodos oroli xalqaro savdo yo‘lida joylashgani uchun gullab-yashnadi. Rodos orqali Yu- nonistondan vino, keramika, zaytun yog‘i; Finikiya qizil ma- tosi, sharq xushbo‘y moylari, qimmatbaho matolar, zargarlik buyumlari, Misr g‘allasi tashilar edi. Vositachilik savdosi Ro- dosda yiliga 1 mln draxm daromad keltirgan, Rodos orqali 1 yil- da 50 mln draxma miqdorida tovar (taxminan hozirgi 500 mln dollar) o‘tar edi. Rodos Bolqon Yarim oroli va Egey havzasini O‘rtayer dengizi, Finikiya portlari va Misr Aleksandriyasi bilan bog‘lagan. Rodosning tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishi sav- do yo‘llari xafvsizligini ta’minlash bo‘lib, shu sababli u kuchli harbiy flot saqlagan. Dengiz savdo yo‘lining xavfsizligini ta’min- lash uchun Rodos dengiz piratlari bilan shafqatsiz urush olib borgan. U doimiy ravishda biror-bir qudratli davlat panohida bo‘lishga harakat qildi. Rodos mil.avv. III asrda qudratli Misr bilan ittifoqqa, mil.avv. III asr o‘rtalarida Pergam podsholigiga tayandi. Shu asr oxirida qudratli Rim davlati bilan ittifoq tuz- di. Rodos dengiz va bo‘g‘ozlarda yetakchilik uchun Makedoniya bilan doimo dushmanlik munosabatlarida bo‘ldi. Shu sababli Rodos Makedoniyaga qarshi har qanday urushga kirgan dav- latlar bilan ittifoqchilik munosabatlarini o‘rnatdi. Ikkinchi Rim – makedon urushi davrida (mil.avv. 200–196-yillar) Rim to- monida turib, rimliklarning dengiz ta’minotini amalga oshirdi. Makedoniya bo‘ysundirilgandan keyin Rim respublikasi Rodos- 439 ning savdo-harbiy va siyosiy qudratini zaiflashtirish siyosati- ni olib bordi. Rim senatining qarori bilan Rodosning qit’adagi boy mulklari tortib olindi. Rodosning dengiz savdosidagi mo- nopoliyasini tugatish uchun Delos orolidagi port bojsiz savdo qiladigan nuqta deb e’lon qilindi. Natijada dengiz savdosining bir qismi Delos oroli orqali o‘tib, Rodosning savdo va siyosiy nu- fuzi keskin qisqardi. Keyinchalik esa Rodos oroli Rimga qaram hududga aylandi. Rodosda san’at gullab-yashnadi. Mahalliy haykaltaroshlik maktablari shakllandi. mashhur Lisippning shogirdi haykalta- rosh Xares Rodosning homiysi xudo Geliosga bag‘ishlab 36 metrli haykal yaratdi. Bu haykal 12 yil davomida bunyod qilin- di (taxminan mil.avv. 304–292-yillar). Dunyoning 7 mo‘jizasi- dan biri sanalgan bu haykal Pergamdagi mavzoley va Galikar- nosdagi Artemida ibodatxonasining kichik zamondoshi edi. Shuningdek, Rodosda Lisipp maktabi vakillari «Ilonlar bilan kurashayotgan Laokoon va uning o‘g‘illari» haykallari guruhini yaratdilar. Rodosda notiq Esxin asos solgan Rodos notiqlik maktabi faoliyat ko‘rsatdi. Mil.avv. II asr oxiri – I asr boshida Rodos- da mashhur Sitseronning o‘qituvchisi notiq Molon ta’lim olgan. Rodos homiyligida orollarda ipakchilik va vinochilik markazi, Kosda mashhur tabiblar maktabi faoliyat ko‘rsatdi. Mil.avv. III asrda yangi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqi- yot Bolqon Yunonistonining madaniy markaz sifatidagi roli yo‘qolishiga olib keldi. Natijada bu hudud ellin dunyosining chekka hududiga aylandi. Yunonistonning madaniy o‘choq si- fatidagi shuhratini Afina bir qadar qo‘llab-quvvatlab turdi. Afi- nada yunon falsafasi o‘qitildi. Bu yerda bir qancha an’anaviy haykaltaroshlik maktablari mavjud edi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling