Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


 Ellin Misri (mil.avv. 323–30-yillar)


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

2. Ellin Misri (mil.avv. 323–30-yillar). Sharqdagi bosh-
qa ellin
 davlatlari kabi Misrda Ptolemeylar podsholigi ham bir 
necha ming yillik madaniyat va qadimiy an’analar rivojlangan 
qa dimgi Sharq mamlakatlaridan birini bosib olish natijasida 
paydo bo‘ldi. Ptolemeylar davlati ellin davlatlari ichida eng boyi 
va bepoyoni edi. Ptolemeylar sulolasi 100 yil davomida faol tash-
qi siyosat olib borib, Misrni haqiqiy imperiyaga aylantirdilar. 
Uning asosini Misrning an’anaviy tarixiy geografik chegaralari 
tashkil qildi. Ellin Misrining sharqiy chegaralari Ptolemeylar 
sulolasi hukmdorlarining tashqi siyosati yutuqlari va mag‘lubi-
yatlari bilan o‘zgarib turdi. Mil.avv. III asr boshlarida Ptolemey-
lar Misrdan tashqari, Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘ining bar-
cha orollarini nazorat qildilar. Lekin Salavkiylar va Makedoniya 
bilan bir necha urushlar natijasida mil.avv. II asr boshlarida 
bu hududlar Misrdan ajralib ketdi. Ptolemeylar davlati Misr, 
Kerenaika, Kipr, Janubiy Suriya, Finikiya, Kichik Osiyoning 
janubi-g‘arbiy yunon shaharlari bilan va Egey dengizining qa-
tor orollariga egalik qilgan. Davlat poytaxti Aleksandriya shahri 
bo‘lib, sharqiy O‘rtayer dengizining eng katta porti, savdo-hu-
narmandchilik va mmmadaniy markazi edi. 
Misrda hukmronlik qilgan ellin sulolasining asoschisi 44 
yoshli Ptolemey I (mil.avv. 323–283-yillar) Lag makedon zoda-
gonining o‘g‘li, harbiy boshliq, Aleksandrning safdoshi edi. U 
o‘zi keksayib, o‘z tabiiy o‘limi bilan vafot qilgan Aleksandrn-
ing birdan-bir diadoxi bo‘lgan. Antik mualliflar Ptolemey La-
gni So ter (Qutqaruvchi) deb nomlaydilar. Chunki u Misr xalqi-


426
ni Aleksandr tayinlagan noib Kleomen
 zulmidan ozod qilgan 
hisoblanadi. Ptolemey I va Misrni boshqargan uning vorislari 
Ptolemey II (mil.avv. 247-yilda vafot etgan) Filadelf, Ptolemey III 
Everget
, Plolemey IV Filopator (mil.avv. 222–205-yillar) Ptole-
mey V Epifan (mil.avv. 205–180-yillar) deyarli yuz yil davomida 
faol tashqi siyosat olib borib, ellin dunyosida yetakchilik qil-
ishga da’vo qildilar. Ular Misrni Old Osiyoda kuchli davlatga 
aylanti rishga bor kuchlarini sarfladilar. Lagning o‘g‘li Plolemey 
I Soter mil.avv. 305-yil boshqa diadoxlar kabi o‘zini podsho deb 
e’lon qildi. O‘z o‘g‘li bo‘lajak podsho Plolemey II Filadelf (sin-
glisini sevadigan) ni (mil.avv. 283–246-yillar) o‘zi bilan birga 
hukmdor deb e’lon qildi. Plolemey II o‘zining opasi Arsinoyaga 
uylandi. Uning davrida Misrning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti 
va siyosiy tuzumining yangi davrdagi asosiy belgilari shakllan-
di. Plolemey II faol tashqi siyosat olib bordi, Misrdan ajralib 
ketgan Kirena va Makedoniya bilan urush olib bordi, Yunonis-
tonning ichki ishlariga aralashdi. Plolemey III Everget (mil.avv. 
246–222/221-yillar) Kirena malikasi Berenikaga uylanib, Kire-
nani Misrga qo‘shib oldi. Salavkiylar bilan urush olib borib, un-
ing poytaxti Orontdagi Antioxiya shaharini egalladi. Plolemey III 
davrida Misr o‘z qudratini cho‘qqisiga chiqdi. Ptolemey V Epifan 
(mil.avv. 180-yil) o‘limidan so‘ng tashqi siyosatda qiyinchiliklar 
tug‘ila boshladi. Sharqda Rimning faol istilochilik urushlari 
Misrning siyosiy mustaqillik uchun jiddiy xavf tug‘dirdi. Natija-
da tushkunlikning uzoq davri boshlanib, mil.avv. 30-yilda Misr 
Rimning istilo qilishi bilan tugallandi.
Bosqinchilar mamlakat boshqaruvida minglab yillar davom-
ida saqlanib qolgan an’anaviy, ma’muriy tizimni saqlab qoldi-
lar. Faqat yuqori lavozimlarda turgan fors va Misr amaldorlari-
ning o‘rniga yunon-makedonlar o‘tqazildi. Ptolemeylar qadim-
gi fir’avn-podshoning mutloq hokimiyati, ko‘p tarmoqli davlat 
apparati, ko‘p sonli amaldorlar, qat’iy markazlashgan davlat 
hokimiyati va uning mamlakat xo‘jalik hayotiga faol aralashu-
vini saqlab qoldilar. 
Yangi sulola Misr fir’avnlaridan mamlakatning hududiy 
bo‘linishi, nom tizimini
 meros qilib oldilar. Faqat nomlar son-
larini o‘zgartirib, ularni qayta tashkil qildilar. Dastlab nomlar-
ni podsho tayinlagan nomarxlar boshqardilar. Mil.avv. III asr 
oxiridan nomarxlar qo‘lida hududning moliyaviy sohasigina 
qoldirilib, ularning oliy ma’muriy hokimiyati harbiy soha bilan 
boshqa mansabdor-strateglarga berildi. Ptolemeylar mamlakat-


427
ning iqtisodiyoti va mafkurasida muhim o‘rin tutgan mahalliy 
kohinlar va ibodatxonalar mavqeyini fir’avnlar davridagidek, 
o‘zgarmagan holda saqlab qoldilar. Lekin ularning faoliyati dav-
lat nazoratiga olindi. Ibodatxonalar oldida podshoning maxsus 
vakillari – epstatlar
 kohinlarning diniy va iqtisodiy faoliyati us-
tidan nazorat qilib turdilar. 
Yunon-makedonlarning kelishi arafasida Misrning iqtisodiy-
oti so‘nggi tosh davri ibtidoiy texnikasi darajasida bo‘lib, faqat-
gina qisman takomillashtirilgan mis va jez qurollariga asoslan-
gan edi. Yunon-makedonlar kelishi bilan mamlakat xo‘jaligida 
haqiqiy to‘ntarish bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligida temir mehnat qu-
rollari paydo bo‘ldi. Bobildan ekin ekadigan moslama (seyalka) 
olib kelindi. Qishloq xo‘jaligida yangi texnik moslamalar-vino 
va zaytun yog‘ini olish uchun vintli press
(Arximed vinti)dan 
foydalana boshlanishi dehqonlarning mehnatini yengillashtir-
di. Yangi ekinlar paydo bo‘ldi va ishlov beriladigan yer may-
donlarining hosildorligi keskin o‘sdi. Fir’avn Nexo kanali qayta 
tiklandi. Tashlab qo‘yilgan ko‘plab yerlar o‘zlashtirilib, sun’iy 
sug‘orish inshootlari qayta ishga tushirildi.
Hunarmandchilik shaharlarda rivojlanib, qishloq xo‘jaligi-
ga qaraganda, bu sohada qul mehnati keng qo‘llandi. Hunar-
mandchilik mahsulotlari bozor uchun ommaviy ravishda ishlab 
chiqarildi. Kemasozlik, uy-joy va jamoat binolarining qurilishi, 
metall va sopol idish-tovoqlar, gazlamalar, mebellar va zargar-
lik buyumlari tayyorlash keng rivojlandi. Yuqori sifatli hunar-
mandchilik mahsulotlari eksport qilindi. 
Ptolemey I savdo-hunarmandchilik, qishloq xo‘jaligini rivoj-
lantirish maqsadida o‘zining tanga pullari – oltin stater, ku-
mush tetradraxma va mis obollarni zarb qila boshladi. Oltin 
va kumush qazish, tanga zarb qilish, turli xil pul ayirboshlash 
davlat monopoliyasiga aylantirildi hamda chet el tanga pulla-
rini ishlatish taqiqlandi. Misr iqtisodiyoti va tashqi savdosida 
o‘ziga xos qog‘oz vazifasini bajargan papirusni ishlab chiqarish 
ham davlat monopoliyasiga aylantirildi. Ptolemey Aleksandri-
ya shahrini poytaxtga aylantirdi. Savdo-hunarmandchilikka 
homiylik qildi, flot va qo‘shinni kuchaytirdi. Gavan va kanallar 
qurdi.
Plolemey II (mil.avv. 283–247-yillar) davriga Aleksandriya 
haqiqiy ilm-fan o‘chog‘iga aylandi. Otasi boshlagan muzeyon 
qurilishini tugalladi. Keyin u otasi boshlagan kutubxona ki-
tob-qo‘lyozmalar jamg‘armasini 400 000 jildga yetkazdi. Ular ilk 


428
bor Iliada dostonini o‘zining qadimiy ko‘rinishida qayta tikladi-
lar. Plolemey II vafoti vaqtida xazinada 740 000 talant pul 
bo‘lgan. Appianning guvohligicha Misrning muntazam armiyasi 
200 000 piyodalar, 40 000 otliq, 2000 jangovar fil, 15000 kema, 
300 fil bo‘lgan. Finikiya, Keleseriya, Kirena va Kipr Misrning 
tashqi provinsiyalari bo‘lgan. 
Mil.avv. III asr o‘rtalarida Misr kuchli harbiy flot va qo‘shinga 
ega edi. Ptolemeylarning asosiy raqiblari – Makedoniya, Bobil 
va Kichik Osiyodagi ba’zi davlatlar bo‘lgan. Ptolemey IV Filo-
pator davri Misr tashqi siyosiy yutuqlarining eng oliy nuqtasi 
bo‘ldi. Misrning mavqeyi Old Osiyoda kuchayib ketdi. Lekin bu 
vaqtinchalik edi. 
Mil.avv. I asr boshlarida Rimning mulklari Misr chegaralari-
gacha yetib bordi. Ptolemeylar sulolasini o‘zaro nizolar va xalq 
harakatlari zaiflashtirdi. Ptolemey IX mil.avv. 88-yil Fivada 
boshlangan qo‘zg‘olonni 3 yildan so‘ng qo‘zg‘olon markazi 
bo‘lgan Fiva shahrini buzib tashlash bilan bostirdi. Mil.avv. 
70-yillardan Rim davlati Misrning ichki ishlariga faol aralasha 
boshladi. Ptolemey sulolasining bir necha vakillari Rim yorda-
mi bilan hokimiyatni boshqardilar. Keyingi 15 yilda O‘rta Misr 
nomlarida norozilik harakati kuchaydi. Rim senatida bir necha 
bor Misrni bosib olish masalasi muhokama qilindi. Ammo hali 
kuchli bo‘lgan bu davlatga qarshi senat urush boshlashga jur’at 
qila olmadi. Mil.avv. 48-yil Yuliy Sezar 8 oylik urushdan so‘ng 
Misrni ittifoqchi davlat sifatida Rimga qo‘shib olish bilan chek-
landi. Sulolaning so‘nggi vakili Kleopatra rimliklar yordamida 
taxtga keldi. Oktavian mil.avv. 30-yil Misr davlatini tugatib
Misrni Rim provinsiaysiga aylantirdi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling