Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
dunyosining ilmiy va madaniy markazi sifatida o‘z mavqelarini saqlab qoldi. Mil.avv. III–II asrda Pergida mashhur matematik Apollogiy
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
dunyosining ilmiy va madaniy markazi sifatida o‘z
mavqelarini saqlab qoldi. Mil.avv. III–II asrda Pergida mashhur matematik Apollogiy ishladi. Kirenalik Eratosfen fizik va matematik jug‘rofiyaga asos soldi. Samoslik Aristrax mil.avv. III asrda yerdan oygacha bo‘lgan masofani o‘lchab ko‘rdi. Xuddi shu davrda Aleksandriya lik Ktesiy pnevmatik qo‘lda otadigan snaryadni kashf qildi. U yana suv soati, turli nasoslar, gidravlik asbob, olovga qarshi nasosni yaratdi. Ellin davrida fanlar differensiyalashib va sistemalashib bordi. Aristotelning shogirdlari va muxlislari bo‘l mish peripate- tiklar tarixi bu differensiyalash va sistemalashish jarayonining yaqqol misolidir. Peripatetiklar falsafa maktabiga rahbarlik qil- gan Arastuning vorisi Feofrast faqat faylasufgina emas, balki olim ham edi. Feofrastdan so‘ng maktabga Straton rahbarlik qildi. Qadim zamonda u «fizik» degan laqab olgan edi. Stratonning alohida xizmati shundan iboratki, u tabiat hodisalarini tadqiq qilish- da eksperiment usulini tadbiq etishga intilgan edi. Stratonning shogirdlari orasida Samos orolida tug‘ilib o‘sgan, ajoyib ast ro- nom Aristarx yer va boshqa sayyoralar quyosh atrofida aylana- di degan farazni ilgari surdi. Lekin ilm-fanning o‘sha vaqt dagi darajasi va u o‘zi kashf qilgan geliosentrik sistemaning to‘g‘ri- ligini boshqa olimlarga ishonarli tarzda isbot qila olmas edi. Aleksandriya matematiklaridan birinchisi Yevklid edi. U o‘z davri falsafasining erishgan yutuqlarini tizimga soldi, umum- lashtirdi va tugalladi. Uning «Ibtido» degan asosiy asari ikki ming yildan oshiq vaqtdan beri boshlang‘ich geometriya dars- liklari uchun asos bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Taxt vorisi, bo‘lg‘usi Ptolemey IV Filopatorning tarbiyachisi, Museyon kutubxonasining mudiri kirenalik Eratosfen atoqli geograf, astronom, matematik va faylasuf edi. U yer aylanasi uzunli- gini ko‘p darajada aniqlab, hisoblab chiqdi va fizik-matema- tik geografiyaning asoslarini yaratdi. «Geografiya» atamasi- ni ilk bor Eratosfen ishlatdi. Aleksandriya birdan-bir fan markazi emas edi. Feofrast Afinada ishlagan. Arximed janu- biy Italiyadagi Sirakuzada yashagan. Atoqli injener-ixtiro- chi bo‘lmish Arximed nazariy mexanika, gidrostatika, sferik 446 geometriya va trigonometriyaning asoslarini yaratgan yirik nazariyotchi olim edi. Olim katta sonlarni hisoblab chiqish- ning arifmetik metodlarini yaratishda dastlabki qadamlarni qo‘ydi. U atoqli astronom ham edi. Mil.avv. III asrda tibbiyot ancha taraqqiy qildi. Misrdan anatomiyaning yutuqlari, Misr va Bobildan dori-darmonlar tayyorlash va tadbiq qilishning ming yillik tajribasi o‘zlashtiril- di. Yunon tibbiyot nazariyasi va amaliyotini qadimgi Sharq taj- ribasi bilan birga qo‘shish Aleksandriyadagi tibbiyot maktabi- da o‘z ifodasini topdi. Gerofil bu maktabning asoschisi hisobla- nadi. U odamning tasviriy ifodasini yaratgan, tashxis usullarini aniqlagan, dori-darmonlarga katta ahamiyat bergan tabib edi. U qisman Salavkiylar hududida, qisman Aleksandriyada ish- lagan edi. Mil.avv. II asrda yashagan nikeyalik Gipparx atoqli astronom va geograf edi. U bir qancha astronomik asboblarni takomil- lashtirdi va ixtiro qildi. Kecha-kunduzning tengligi kashfiyotini Gipparxga nisbat berdilar. Ammo bu kashfiyot Bobilda qilin- gan bo‘lishi mumkin. U harakatsiz yulduzlar katalogini tuzdi. Bu katalogda 900 ga yaqin yulduzlar o‘z o‘rnini topgan. Gip- parx taqvimni, yerdan oygacha bo‘lgan masofani, yer va quyosh massasi haqidagi bilimlarni aniqladi. Lekin ikkinchi tomondan bu mashhur olim samoslik Aristarxning geliosentrik nazari- yasiga qarshi chiqdi va o‘z obro‘yi uchun geliosentrik tizimni mustahkamlab keldi. Lekin bu nazariyaning xatoligini tan ol- madi. Gipparx ekvatorni 360 ga taqsimlab, uzunlik va kenglik tushunchasini joriy qildi. Mil.avv. I asrda Geron mexanika bi- lan muvaffaqiyatli shug‘ullangan edi. Harbiy ish rivojlandi, qal’a, shaharlar mustahkam inshootlar bilan o‘rab olina boshlandi. Bunga qarshi shaharlarni qamal qilish texnikasining yangi xillari ixtiro qilindi. Qal’alarni qamal qilish uchun mashhur taranlardan tashqari, g‘ildiraklar usti- ga o‘rnatilgan maxsus harakatlanuvchi minoralar – geliorlar (shahar olarlar) paydo bo‘ldi. Bu moslamalar dushman shahri devorlariga baravar yoki balandroq qilib yasalar edi. Harakat- lanuvchi minora ichida askarlar, zaxira o‘qlari va tosh otuvchi to‘plar joylashtirilgan. Savdo, dengiz kemalari takomollashtirildi. Ular ko‘pin- cha ochiq dengizga, okeanga ham chiqar edi. Mil.avv. II asr- da yunon Gippal Hindistonga kemada safar qilganida ilk bor musson shamollaridan foydalandi. Dengizchilikning rivojlani- 447 shi mukammal bo‘lgan portlar va savdo sohillarida ombor va boshqa yordamchi binolar qurishni talab qildi. Ellin me’morchiligida umumiy va xususiy kishilar foyda- lanadigan binolar ko‘pchilikni tashkil qilar edi. Klassik Yu no- nistonning me’morchiligida asosiy bino pripter – xususiy uy bo‘lgan. Shaharlar reja asosida qurilib, bir-birini kesishib o‘ta- digan to‘g‘ri burchakli tik ko‘chalari bilan chiroyli ko‘rinar edi. Mil.avv. I asrda Pont podsholigida ixtiro qilinib, ishlab chiqa- rishda o‘z o‘rnini topgan suv tegirmoni ellin jamiyatidagi eng yuqori texnika yutug‘i edi. Kam sonli suv tegirmonlari bilan bir qatorda yuz yillar davomida hayvonlar kuchi bilan aylantiri- ladigan tegirmonlar, yorg‘ichoqlar va hatto oddiy o‘g‘irlar keng rasm bo‘lib keldi. Konchilik ishi texnika jihatidan eng qoloq va mehnatning eng og‘ir sohasi bo‘lib, konlarda qullar, hukm qi- lingan jinoyatchilar, harbiy asirlar ko‘plab halok bo‘lar edi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling