Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
3. Adabiyot va san’at. Bu davrda Sharq va yunon madaniya-
tining o‘zaro ta’sirida Bobil va Misrda tarixshunoslikning rivoji ko‘zga tashlanadi. Mil.avv. III asrning I yarmida bobillik kohin Beroesning «Xaldeya tarixi» va misrlik kohin Manefonning «Misr tarixi» nomli asarlari yaratildi. Har ikkala asar ham yunon tili- da bo‘lsa-da, mahalliy manbalar asosida yozilgan edi. Afsuski, ikkala asardan ham bizgacha faqat ayrim parchalar yetib kel- gan. Manefon asarida fir’avnlarning eng qadimgi zamonlardan to Aleksandrgacha bo‘lgan podsho sulolalarining xronologik ro‘yxati berilgan. Tarixchi Apollodor keyinchalik parfiyaliklar tarixini yozdi. Ellin davri tarixiy va falsafiy to‘plamlarida insonning jami- yatga, o‘z davrining siyosiy-ijtimoiy muammolarga munosabati ochib beriladi. Tarixiy asarlarning sujetlari bo‘lib yaqin o‘tmish voqealari xizmat qildi. Ko‘pincha tarixchilar o‘z asarlarini badi- iy adabiyot chegarasida shakllantirdilar: bayon qilish mohiro- na fojialashtirildi, kuchli his-tuyg‘uga qaratilgan ritorik usullar ishlatildi. Ana shunday usulda Kallisfen (mil. avv. IV asr oxiri) va Aleksandriyalik Klitarx (mil.avv. III asr o‘rtalari) makedoni- yalik Aleksandr tarixini, Timey (mil.avv. III asr o‘rtalari) Yu- noniston tarixini mil.avv. 280-yildan – 219-yilgacha, Kleomen islohotlari tarafdori Filarx (mil.avv. III asr oxiri) ana shunday usulda bayon qildilar. Bu usuldan farq qilgan holda boshqa tarixchilardan Ptolemey I (mil.avv. 301-yildan keyin) tomoni- dan yozilgan Aleksandr yurishlari tarixi, kardiylik Gieronim 448 (mil.avv. III asr o‘rtalari) diadoxlar urushlari davri tarixini faqat quruq dalillarni qat’iy bayon qilish usulini qo‘lladilar. Ellin davrida fan sifatida adabiyotshunoslik kurtaklaridan filologik tanqid Gomerdan boshlab klassik mualliflar asarla- rini asl nusxalarini qayta tiklash va sharhlash shaklida yuzaga keladi. Filologlar mantiqiy asosda yunon grammatika tizimini ishlab chiqdilar. Aleksandriya Museyoni yunon adabiyotining muhim marka- zi bo‘lib qoldi. Bu yerda va boshqa joylarda rivoj topgan ada- biy oqim «Aleksandriya adabiy oqimi» deb nom olgan. Bu ellin jamiyati yuqori tabaqasining kayfiyatini ifodalagan poeziya edi. Aleksandriya shoirlarining boshlig‘i Kallimax edi. U Museyon kutubxonasining mudiri va taxt vorisining tarbiyachisi edi. Kallimax kutubxona katalogini tuzdi. Shu bilan birga, Kalli- max mifologik, tarixiy va adabiy mavzularda yozilgan, hajmi ji- hatidan kichik-kichik she’rlar muallifidir. Kallimaxning kichik zamondoshi Feokrit Aleksandriyada- gi eng taniqli shoir edi. U kichik-kichik lirik-dramatik poema va g‘oyalar muallifi bo‘lib tarixga kirdi. Kallimax o‘z asarlarida qishloq va shahar hayotining tinch manzaralarini ideallashtir- gan, cho‘ponlar hamda shaharlik erkak va ayollarning hissiy kechinmalarini madh etuvchi nozik lirikdir. Aleksandriya poeziyasidan tashqari, ellin davrida yangi At- tika komediyasi katta ahamiyat kasb etdi. Bu davrdagi Attika komediyasining asosiy vakili Menandr edi. Misrdan topilgan pa- pirus o‘ramlari tufayli uning komediyalari bizga ma’lum bo‘ldi. Menandr komediyalari sujeti oilaviy, maishiy dramalardan ibo- rat. Menandr komediyalari baxtiyorlik bilan tamomlanadi . Ellin davrida tasviriy san’at ajoyib yutuqlarga erishdi. Bu davrda Sharq va yunon an’analari bilan qo‘shilgan anchagina me’moriy yodgorliklar bunyod etilgan. Hashamat va ulug‘vor- likka intilish ularning ko‘plari uchun xos bo‘lgan xususiyatdir. Haykaltaroshlik san’ati bu davrda ancha ravnaq topgan edi. Ammo uning mazmuni klassik davr an’analaridan farq qildi. Ma’budalar va qahramonlarning ideallashtirilgan va umum- lashtirilgan haykallari orqaga surilib, tabiiy tarzda gavdalantiril- gan va tasvirlangan shaxsning individualligi yaqqol ko‘rsatilgan portretlar oldingi qatorga chiqdi. Ellin davrining haykaltarosh- lari yaratgan yakka va guruh tarzidagi haykallarda jismoniy va ruhiy azob, kurash, g‘alaba, o‘lim tasvirlab ko‘rsatilar edi. Mil.avv. IV asrda Sikion maktabining portret chizuvchi rassomi 449 mashhur Apelles o‘zining Makedoniyalik Aleksandrning «Rok- sand bilan to‘yi», «Dengizdan chiqayotgan Afrodita» tasviri bilan shuhrat qozondi. Rodos oroli mil.avv. 304-yilda shaharning dushman qamali- dan ozod bo‘lgani munosabati bilan shahar homiysi – quyosh xudosi Geliosning 36 metrlik haykalini bronzadan Lisippning shogirdi Xares 12 yil davomida bunyod qildi. Bu ulug‘vor haykal uzoq vaqt orolda qad ko‘tarib turdi. Bu qadimgi dunyodagi yetti mo‘jizadan biri edi. Peyzajni mustaqil tasvirlab, unda yoki uning o‘rtasida aso- siy sujetni aks ettirish haykaltaroshlikda yangilik edi. Bu usul klassikada ma’lum emas edi. Shu bilan bir qatorda haykalta- roshlikda dabdabali yo‘nalish mavjud bo‘lib, u ellin hukmdor- larining haykallari soyasida namoyon bo‘ldi. Ellin haykaltaro- shligida mil.avv. IV asrning mohir ustalariga borib taqaladigan bir necha yo‘nalishni ko‘rish mumkin. Afina va Aleksandriyada Praksitelga borib taqaladigan san’at asarlarini tomosha qilayot- gan inson o‘ziga to‘q kishilarning didiga mo‘ljallangan san’at asarlarini ko‘rishi mumkin edi. Afrodita va boshqa ma’budalarning yalang‘och haykallari bu yo‘nalishga xos xususiyatdir. Dramatizmga to‘la Pergam mak- tabi haykaltarosh Skopasga borib taqaladi. Pergam mehro- bining frizi mazkur maktabning ajoyib yodgorligi bo‘lib, unda ma’budlarning gigantlar bilan kurashi tasvirlanadi. Bu Pergam va boshqa ellin davlatlarining jangovar galat (kel’t) qabilalari bi- lan olib borgan og‘ir kurashlarining ramzi edi. Rodosning mash- hur haykaltaroshlik maktabiga Asipp asos soldi. Bu maktabda yaratilgan haykallarda asosan baquvvat atletlar tasvirlandi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling