Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
Etrusk madaniyati. Etrusklar bir necha yuz yillar davomi-
da oziga xos yuksak rivojlangan madaniyatni shakllantirdilar. Etrusk madaniyati tarixi to‘rt davrga bo‘linadi: 1. Mil.avv. VIII– VII asrlar; 2. Arxaik davr (mil.avv. VI asr); 3. Klassik davr (mil. avv. V–IV asrlar); 4. Ellin davri (mil.avv. III–I asrlar). 466 Etrusk me’morchiligi yuqori darajada shakllangan bo‘lib, keng ko‘chalar (kengligi 10-15 metr), maydon, kvartal, mudofaa devorlari, tosh ko‘prik, suv quvurlari va kanalizatsiyalarning mavjudligi buning dalilidir. Etrusk shaharlarida qal’a inshoot- lari va ibodatxonalarining barchasi, odatda, tuf va travertindan (toshning bir turi) qurilgan. Etrusklar qobiliyatli muhandislar bo‘lib, mustahkam ko‘prik va yo‘llarni bunyod qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan. Ular qabrlar ustida ajoyib haykallar, relyef tasvirlar ishlaganlar. Jahon san’ati tarixiga mansub mashhur etrusk Klyuzi, Cherveteri, Vulchi, Vol- terra va Mantanoli maqbaralari bo‘rtma naqshlar, jez va loydan yasalgan haykallar bilan bezatilgan. Luqumonlarning naqshlar bilan bezatilgan sag‘analari, dafn ko‘zalari, jezdan yasalgan diniy va kundalik buyumlari zargarlik san’atining nafis va yuksak asar- laridir. Bizgacha Tarkviniy Mag‘rur davrida etrusk haykaltaro- shi ishlagan afsonaviy Vulchi haykali yetib kelgan. Shuningdek, etrusklarning jezdan bunyod qilingan noyob haykallari – «Kapi- toliy ona bo‘risi» va «Ximera» (mil.avv. V asr) insoniyat madaniyati tarixida noyob san’at namunalari hisoblanadi. Etrusklar kohinlik «ilmi»ning bilag‘onlari hisoblanib, shakl- langan diniy e’tiqodga ega edilar. Ular fol ko‘rish va muqad- das marosimlar o‘tkazish bo‘yicha maxsus kitoblarni yaratdi- lar. Etrusklarning dini asosida odamlarni qurbonlik keltirish bilan o‘liklarga, ruhlar va devlarga e’tiqod qilish yotar edi. Etrusklarning oliy xudosi Vertumn hisoblangan. Uning orqasida xudo triadasi turadi: Tiniya, Uni va Minerva (rimliklarda – Yupiter, Yunona va Minerva). Qolgan xudolar Fufluns, keyin u rimliklar tomonidan Vakx – Dionis bilan, Maris – Mars bilan, Aplu – Apollon bilan, Turms – Germes bilan tenglashtirilgan edi. Etrusk madaniyatining shakllanishida Sharqning qadimgi sivilizatsiyasi ijobiy ta’sir qildi. O‘z navbatida, etrusk sivilizat- siyasi keyingi Rim madaniyatining rivojlanishida jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Italiyaning boshqa xalqlari etrusklarning dehqon- chilik, qurilish san’ati, hashamatli turmush tarzi, podsholik hokimiyati ramzlari hamda etrusk diniy e’tiqodi va fol ochishla- rini o‘zlashtirib oldilar. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling