Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


 Apennin yarim orolining qadimgi aholisi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

5. Apennin yarim orolining qadimgi aholisi. Arxeologik 


461
qazishmalar Italiyada odamlar paleolit davrida joylashgani-
ni tasdiqlaydi. Ular dastlab g‘orlarda yashaganlar va ovchilik 
bilan shug‘ullanganlar. Mil.avv. 1800-yillar atrofida Apennin 
yarim orollariga shimoldan yangi qabilalar kelib o‘rnashdilar. 
Ular o‘zlari bilan Terra-Marra (italyancha – «qora unumdor yer») 
dehqonchilik madaniyatini olib keldilar. Bu qabilalar suvdan 
ko‘tarilgan ustunlarga o‘rnatilgan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qirg‘oq-
da qurilgan uylarda yashaganlar. Keyinchalik bu madaniyat-
ning vakillari lotin, samniy, umbr qabilalariga bo‘linib ketdilar. 
Mil.avv. I ming yillik atrofida qabilalarning yangi to‘lqini Vil-
lan madaniyatini (Boloniya yaqinidagi joy nomi bo‘yicha) olib 
keldilar. Bu madaniyat vakillari mayitlarni
gulxanda yoqib, 
kulini maxsus idishlarda saqlaganlar. Mil.avv. VIII asrda Itali-
yada ikki til guruhida so‘zlaydigan: lotin-sikull, sabin-umbrlar 
qabilalar guruhi tashkil topdi. Lotinlar dastlab qadimgi Lat-
siya hududida yashadilar. Umbrlar Tibrning yuqori qismida, 
samniylar tog‘li Samniy viloyati, Shimoliy Kampaniya, Apuli-
ya, Lukaniya va Bruttiyada hayot kechirganlar. Tili umbrlar va 
sabin qabilalariga yaqin bo‘lgan volsklar lotinlardan janubdagi 
hududda joylashganlar. 
Aterna
daryosining so‘l qirg‘og‘ida vestin va marusin qabi-
lalari yashaganlar. Ularning ijtimoiy munosabatlari mutlaqo 
ibtidoiy edi. Mamlakatning shimoliy-g‘arbidagi ligurlar itali-
yaliklar kelishigacha eng qadimgi tub joy aholi edi. Jez davri 
boshlarida kelgindi hind-yevropa qabilalari ligurlarni Itali-
yaning shimoliy-g‘arbiga siqib chiqardilar. Italiyada joylash-
gan sikan va sikunlar ham ibtidoiy hayot kechirar edilar. Ular 
dastlab Sitsiliyada yashaganlar. Keyinchalik ularni Finikiya va 
yunon kolonistlari orol ichkarisiga siqib chiqardilar. Bu davr-
da Italiya hududida finikiyaliklar va etrusklar qaram kishilar 
mehnatidan foydalanib, jamiyat taraqqiyotida yuqori darajaga 
erishganlar. Mil.avv. I ming yillikda yarim orol aholisining aso-
siy qismini hind-yevropa qabilalari bo‘lgan italiyaliklar, illiriya-
liklar va yunonlar tashkil qildi. 
Yunonlar ilk bor Italiyada mil.avv. II ming yillikda pay-
do bo‘ldilar. Mil.avv. VIII asrda Janubiy Italiya va Sitsiliyada 
ko‘plab yunon koloniyalari barpo qilina boshlandi. Janubiy 
Italiyada shunday koloniyalardan Lokri, Sibaris, Tarent va Kro-
ton; Sitsiliyada esa Sirakuza, Gela va Akragant koloniyalariga 
asos solindi. Yunonlar uzumchilik, zaytun daraxti, donli ekin-
lar ekish, chorvachilik bilan shug‘ullandilar. Yunon shaharla-


462
rida hunarmandchilik rivojlanib, Tarent qizil zarbof matosi, 
Regiy bronza buyumlari, Sirakuza kemalari, Qum shahri kulol-
chilik bilan shuhrat qozondi. Yunon koloniyalarida savdo-hu-
narmandchilik, dehqonchilik gullab-yashnadi. Bu koloniyalar 
o‘z ona vatanlari – Bolqon Yunonistoni, Kichik Osiyo va bosh-
qa hududlar bilan faol savdo aloqalarini yo‘lga qo‘ydilar. Vaqt 
o‘tishi bilan bu hudud Buyuk Yunoniston nomini oldi. Yunon 
koloniyalarida ijtimoiy-siyosiy hayot o‘ta ziddiyatli edi. Yunon-
lar va ularning koloniyalari joylashgan hududlardagi xalqlar-
ning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari, davlat tuzumi, madaniy 
turmush tarzi o‘zaro bir-biriga ta’sir qilib, taraqqiyot jarayonida 
jiddiy o‘zgarishlarga olib keldi. 
Mil.avv. I ming yillik o‘rtalarida Po daryosi vodiysida kel’t qa-
bilalari o‘rnashdilar. Ular bosh kiyimlarini xo‘roz patlari bilan 
bezar edilar. Shu sababli, rimliklar ularni gall (lotincha gallus
– «xo‘roz») deb atadilar. Mil.avv. VI asrdan Sitsiliya va Italiya-
ga finikiyaliklar o‘rnasha boshladilar. Mil.avv. III asrda Itali-
ya hududi Rim istilolari natijasida yagona davlatga birlashdi. 
Natijada bu yerda yashagan turli qabila va xalqlar bir-biri bi-
lan yaqinlashib, romanlashish jarayonini boshdan kechirdi. 
Mil.avv. I asrga kelib lotin tilida so‘zlashadigan yagona italiyan 
xalqi shakllandi. Shu davrdan boshlab mamlakat Italiya deb 
atala boshlandi.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling