Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Rim podsholik davrida (mil.avv. 753–510-yillar)
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
2. Rim podsholik davrida (mil.avv. 753–510-yillar). Qadim-
gi Rim yarim orolning markazidagi Latsiya viloyatida, Tibr daryo- sining o‘ng qirg‘og‘ida, Etruriya viloyatidan janubda joylashgan edi. Bo‘lajak shahar hududidagi ilk manzilgohlar qoldiqlari mil. avv. X asrga tegishli. Arxeologik qazilmalarga ko‘ra, mil.avv. X 467 asrda lotinlarning kichik guruhi Palatin tepaligining g‘arbiy to- monida – Tibr daryosi bo‘yida kelib joylashadi. Bu yerda mudo- faa devori bilan o‘ralgan to‘rtburchak shakldagi qishloqlar pay- do bo‘ldi. Ana shu tarzda odamlarning yashashi uchun eng qulay, tabiiy tik qiyalik bilan himoyalangan Palatin tepaligida ilk manzilgohlar paydo bo‘ldi. Al’ba shahridan kelgan lotinlar Palatinga joylashdilar. Mil.avv. IX asrdan Eskvilin, Kvirinal va Vimmal tepaliklarini sabinlar o‘zlashtiradilar. Ko‘rinishidan mil.avv. VIII asrdan Palatin, Eskvilin va boshqa tepaliklardagi qishloqlar birlashadi va bu ittifoq Septimontium (Yetti tepalik) ittifoqi deb nom oladi. Kapitoliyda qal’a barpo qilinib, bu yerda yosh shaharning muqaddas ziyoratgohlari to‘planadi. Shahar asta-sekin boshqa tepaliklarni ham o‘z tarkibiga oladi. Faqat Aventin tepaligi mil.avv. IV asrda qo‘shib olinadi. Rimning bo‘la- jak maydoni botqoqlik bo‘lgan Forum quritiladi. Shahar devor bilan o‘rab olinadi. Uning chegarasi pomerium deb nomlanadi. Italiyaning kichik bir qabilasi lotinlar Latsiya viloyatida yashar edi. Mil.avv. VIII asrda eng qadimgi shaharlari Lavrent, Lanuviy va Laviniy bo‘lgan 30 shahar Al’ba-Longa shahri boshchiligida Lotin federatsiyasini tashkil qildi. Rivoyatlarga ko‘ra, Al’ba-Longaning asoschisi Askaniy-Yul Troya qahramoni Eneyning o‘g‘li edi. Rim shahri Italiyaning markazida Tibr daryosining o‘rta oqimida joylashgan. Afsonaga ko‘ra Gomer Troyasining oxir- gi qahramonlari lotin qabilasining ajdodi bo‘lgan Eney bosh- chiligida Italiyaga kelib qoladilar. Afsonaga ko‘ra, lotin qabilasi yo‘lboshchilaridan biri ma’buda Vesta ibodatxonasida kohina bo‘ladi. Xudoning irodasi bilan kohina homilador bo‘lib, ikki egizakni dunyoga keltiradi. Ularni gunohdan bo‘lgan bolalar deb, cho‘ktirishga buyuradilar. Qul bolalarni savatga solib, daryoga olib borib, daryoning oqimi bo‘yicha oqizib yuboradi. Savat qirg‘oqqa kelib to‘xtaydi. Chaqaloqlarni bo‘ri o‘z suti bilan boqadi. Keyin esa cho‘pon topib oladi va ularni Romul va Rem deb ataydi. Egizaklar katta bo‘lgach, o‘zlarini o‘limga mahkum qilgan yo‘lboshchidan o‘ch oladilar. Keyin bir guruh yoshlar bi- lan yangi jamoa barpo qilishga qaror qiladilar. Romul Palatin tepaligining kimsasiz balandligini tanlaydi. Lekin bu joy ukasi- ga yoqmay janjallashib qoladilar, Romul ukasini o‘ldirib qo‘ya- di. Romul mil.avv. 753-yil 21-aprelda bo‘lajak shahar bo‘ladi- gan joyning chegarasini so‘qa tortib belgilaydi. Shu tarzda Rim shahriga asos solinadi. 468 Romul Rimning yetti podshosidan birinchisi (mil.avv. 753–715- yillar) bo‘ladi. Rimning ilk aholisini sabin-umbr qabilalari tash- kil etgan. Romul Rim aholisini 30 kuriyaga bo‘ldi. U 300 kishilik podsho gvardiyasini tuzib, Veya shahrini bosib oldi. Romuldan so‘ng Numa Pompiliy (mil.avv. 715–673-yillar), Tull Gostiliy (mil.avv. 673–641-yillar), Ank Marsiy (mil.avv. 641–616-yil- lar), Lutsiy Tarkviniy Qadimgi (mil.avv. 616–578-yillar), Serviy Tulliy (mil.avv. 578–534-yillar) va Lutsiy Tarkviniy Mag‘rur (mil.avv. 534–509-yillar) hukmronlik qildilar. Bulardan kelib chiqishi etrusk bo‘lgan oxirgi uch podshoni tarixiy deb aytish mumkin. Dastlab Rim aholisi 3 urug‘-qabila (Titsiy, Ramn va Lutsern) tribi, 30 kuriya va 300 urug‘, 3000 familiya (oila)ga bo‘lingan. Triblar etnik farqlanmagan qabilalar birlashmasi bo‘lishi mum- kin. Kuriya-erkak jangchilarning diniy, harbiy va shakllanayot- gan siyosiy tashkilotning asosi bo‘lgan ibtidoiy birlashmasi, gent – podsholik davrida yemirilayotgan urug‘ jamoasi, familiya – katta patriarxal oila edi. Lotinlarning bir necha o‘nlab mustahkamlangan markaz- lari ittifoqqa birlashtirilgan bo‘lib, uning boshida Al’ba-Lon- ga shahri turar edi. Har yili lotin jamoalari vakillari hamma uchun umumiy bo‘lgan lotin bayramlarini nishonlash uchun Alban tog‘i tepaligida to‘planar edilar. Barcha lotinlar uchun umumiy xudo ma’buda Diana edi. Palatinda yashagan odam- lar mayitlarni dafn qilmasdan gulxanda yoqar edilar. Bu odat Al’ba-Longadagi dafn marosimiga o‘xshar edi. Bu Rimning ilk aholisining kelib chiqishi Al’ba shahridan ekanligini tasdiqlay- di. Bir necha o‘n yildan so‘ng ular qo‘shni tepaliklar – Seliy Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling