Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


tomonidan boshqarilar edi.  Munitsipiylar aholisi huquqiy mavqelariga ko‘ra, lotin koloni- yalari aholisiga yaqin turar va lotin


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

 tomonidan boshqarilar edi. 
Munitsipiylar aholisi huquqiy mavqelariga ko‘ra, lotin koloni-
yalari aholisiga yaqin turar va lotin
 huquqiga ega edilar. Muni-
sipiylar boshqaruvda avtonom bo‘lib, o‘z tangalarini zarb qilish 
huquqiga ega edilar. Rimliklar bunday munsipiylardan yor-
damchi harbiy qism – kogortalar olish majburiyatini o‘tashni 
talab qilar edilar. Ozod qullar Rim qonuni bo‘yicha ochiq nikoh 


480
o‘qitishlari mumkin emas edi. Ular faqat tribut komisiyalarida 
ovoz berish huquqiga ega edilar.
Italiya aholisining «sotsii» (ittifoqchilar) deb atalgan yana bir 
toifasi Rim bilan yanada zaifroq bog‘langan edi. «sivitates fede-
rat» huquqidagi ittifoqchi shaharlar ham Rimga qo‘shinlar bilan 
yordam berishlari shart edi. Lekin ular o‘zlarining cheklangan 
davlat suverenitetini saqlab qoldilar. Ularga Rimning ruxsatisiz 
shartnomalar tuzish, mustaqil tashqi siyosat yuritish, o‘z ta-
shabbusi bilan urush olib borish taqiqlangan edi. Janubiy Itali-
yadagi yunon shaharlari Rim ittifoqchilarining alohida toifasini 
tashkil etar edi. Ular Rimga faqat harbiy flot bilan yordam be-
rish majburiyatini olgan edilar.
2. Ilk respublika davrida davlat qurilishi. Mil.avv. VI asr-
da etrusk istilolari urug‘ jamoasining yemirilish jarayoni, sinfiy 
jamiyat va Rim davlatchiligi shakllanishini tezlashtirdi. Etrusk-
lar Rimda ilk yunon tiraniyasiga o‘xshash monarxiya rejimini 
tashkil etdilar. Uning o‘rniga Rimda mil.avv. 509-yil ilk respub-
lika tuzumi o‘rnatildi.
Rim tarixchilari, respublika boshlanishini mil.avv. 509-yil 
kelib chiqishi etrusk bo‘lgan so‘nggi Rim podshosi Tarkviniy 
Mag‘rurning (mil.avv. 534–509-yillar) Rimdan haydalishi bilan 
belgilaydilar. Erkinlik tarafdorlari, senat hokimiyati himoyachi-
lari Yuniy Brut
 boshchiligida monarxiyani aristokratik respub-
lika bilan almashtirdilar. Respublika davlat boshqaruv tizimi 
birdaniga shakllanmadi. Uning shakllanishi asta-sekinlik bilan 
jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan birga bordi. Rim 
magistratura tizimining tugallangan shakli mil.avv. IV asr II 
yarmida yuzaga keldi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling