Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalq yig‘ini.
Plebey edillari. Boshda plebey edillari xalq tribunlarining
yordamchilari bo‘lganlar. Ularning turar joylari plebeylar sig‘i- nadigan ma’buda Serera ibodatxonasi bo‘lgan. Ibodatxonada plebsning arxivi ham bo‘lgan. Mil.avv. 366-yildan ikkita plebey edillidan tashqari ikki qurul edilli boshda patritsiylardan say- lana boshlagan. Lekin tez orada bu lavozimga plebeylar ham saylanadigan bo‘ldi. Qurul edillari plebey edillari bilan bitta kollegiyani tashkil qildilar. Ularning vazifasi shaharda tartibni saqlash; shaharning oziq-ovqati ta’minoti to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish va bozorlarni kuzatish; jamoa bayram va o‘yinlarini tash- kil etish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish bo‘lgan. Edillar trubut komisiyalarida saylanganlar. Diktator. Ekstraordinar magistraturaga diktator lavozimi kiradi. Mil.avv. 507-yilda Rim tarixida ilk bor favqulodda va- kolatlar berilgan mansabdor shaxs – diktator saylandi. Dikta- tor hokimiyati podsho hokimiyatiga o‘xshash edi. Diktatorni rimliklar davlat uchun favqulodda xavf tug‘ilib qolgan payt- da (urush xavfi yoki ichki noroziliklar) yagona boshliqqa eh- tiyoj bo‘lgandagina saylar edilar. Diktatorni rasman konsullar tayinlaganlar, amalda esa uni senat saylar edi. Diktator to‘la hokimiyatga ega bo‘lib, uning farmoyishlariga xalq tribunlari veto (taqiq) qo‘ya olmaganlar. Diktator hokimiyati faqat muddat (olti oygacha) bilan cheklangan. Barcha magistratlar uning qo‘l ostida o‘z vazifalarini bajarganlar. U butun hokimiyatga egalik qilgan. Diktator hokimiyati cheklanmagan edi. Boshda dikta- tor patrisiylardan tayinlangan, plebeylardan birinchi diktator mil.avv. 356-yilda tayinlangan. Diktator o‘ziga yordamchi qilib otliq qism boshlig‘ini tayinlagan. Unga konsullar kabi 12 lik- tor emas, balki 24 liktor hamrohlik qilar edi. 24 liktor uning hokimiyatini ramzi bo‘lgan. Xalq yig‘ini. Rim respublikasida oliy davlat organi – xalq yig‘ini hisoblangan. Xalq yig‘ini qonunlarni qabul qilish va bekor qilish, urush e’lon qilish va sulh tuzish, oliy mansabdor shaxs- lar – ma gistrat (magister – boshliq)larni saylar edi. Shu bilan birga, u oliy sud tashkiloti edi. Rim xalq yig‘inlarini demokratik mohiyati va ularning keng vakolatiga qaramay, eng demokratik tribut komisiyalari ham aristokratiya qo‘lida qurol bo‘ldi. Xalq yig‘ini faqat senatda muhokama qilingan, magistratlar kiritgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling