Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

3. Qullar. Qulchilik Rimda eng qadimgi davrlardan mavjud 
edi. Klassik qulchilik nima u? Moddiy ne’matlar ishlab chiqa-
rishda dehqonchilik-hunarmandchilikda asosiy ishchi ku-
chi qullar bo‘lgan iqtisodiyot klassik qulchilikning ko‘rinishi, 
mazmun-mohiyati bo‘ladi. Lekin qulchilik o‘z klassik shakliga 
Puni urushlari davrida ega bo‘ldi. Har qanday Rim istilochilik 
urushlari minglab kishilarni asirlikka olish va qullikka sotish 
bilan birga olib borildi. Ko‘pgina urushlar Rimga 100 minglab 
asirlarni olib kelishga sabab bo‘ldi. Karfagen yurishlaridan 
sarkarda, konsul Regen Rimga 20 ming asirni qul qilib jo‘nat-
di. Mil.avv. 209-yilda Tarent ishg‘oli vaqtida 30 ming aholi qul 
qilindi. Agrigent
 qamali vaqtida 25 ming kishi asir olindi. Mil.


507
avv. 167-yilda Epir shahri qamal qilinganda, uning asir olingan 
150 ming aholisi qul qilib sotib yuborildi. Rimliklar Sardiniyani 
bosib olib, uning tirik qolgan barcha aholisini qul qilib sotdilar. 
Qullarning narxi tushib ketdi. «sard kabi arzon» iborasi shun-
dan kelib chiqdi. 
Mil.avv. III asrda Rim iqtisodiyotida qullar asosiy ishlab chiqa-
ruvchilarga aylanib, moddiy ne’matlarni yaratuvchi asosiy ishchi 
kuchi bo‘ldi. Bu ilmiy adabiyotda klassik qulchilik deb nomlan-
di. Qul mehnatiga asoslangan Rim zodagonlarining yirik pomeste
 
– latifundiyalari paydo bo‘lishi bilan Italiyada qulchilik klassik 
shaklga kira boshladi. Yirik latufindiyalarning g‘alla va boshqa 
mahsulotlar ishlab chiqaradigan xo‘jalikka aylanishi bilan ming-
lab kichik yer egalari ular bilan raqobat qila olmay, xonavayron 
bo‘ldilar. Qullarning mehnati juda arzon, o‘zlari esa qadrsiz edilar. 
Quldorlik xo‘jaligi bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishga 
ixtisoslashib, tobora ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish uchun 
qul mehnatidan keng foydalandi. Qullarning ijtimoiy va huquqiy 
ahvoli yomonlashdi. Qul buyum va hayvonga tenglashtiril-
di. Xo‘jayin qulning ustidan mutlaq hukmron bo‘lib, u qulni 
o‘ldirishi, yirtqich baliqlar va yovvoyi hayvonlarga yem qilishi 
mumkin edi. Rimning har bir katta shahrida qul bozori mavjud 
bo‘lib, bu yerda har qanday fuqaro qulni sotishi yoki sotib olishi 
mumkin edi. O‘rtayer dengizidagi eng katta qul bozorlari Delos 
(Egey dengizi) orolida, Akvileya shaharlarida (Shimoliy-sharqiy 
Italiya), Tanais (Don daryosi yuqori oqimi)da muntazam mavjud 
edi. Delos qul bozorida bir kunda 10 minggacha qul sotilar edi. 
Bozorga kiritilgan qullar miqdoriga qarab uning narxi o‘zgarib 
turar edi. Jang natijasida olingan asirlar qo‘shindagi kvestor ix-
tiyoriga berilgan. Kvestor ularni kim oshdi savdosida sotar edi. 
Kim oshdi savdosida qul savdogarlari ularni sotib olib, keyin 
bozorga chiqarar edilar.
Rim fuqarolarini qarzi uchun qul qilish mil.avv. 326-yilda qa-
bul qilingan senat qonuni bilan bekor qilingan edi. Biroq Itali-
ya va provinsiyalarning Rim fuqaroligi bo‘lmagan aholisi uchun 
qarzi evaziga qul qilish o‘z kuchini saqlab qoldi. Provinsiyalar-
da rimlik soliqchilar aholiga katta foizda qarz berib, ularni qul 
qildilar. Qullar safini to‘ldirishning yana bir manbasi ular-
ni tabiiy ko‘payishi edi. Cho‘ri qullarning bolalarini ko‘payti-
rish va tarbiyalash ba’zi quldorlar tomonidan rag‘batlantirilar 
edi. Go‘dakligidan qullikda tarbiyalangan qullarning bolalari 
kasb-hunarga o‘rgatilgan. Qullar safini to‘ldirishning yana bir 


508
manbasi dengiz qaroqchilarining dengizlarda qirg‘oqqa yaqin 
shahar-qishloqlarni talab, o‘z qurbonlarini qullikka sotishi edi. 
Ba’zi yillarda qaroqchi piratlar bir necha yuz ming qullarni bo-
zorga yetkazib berar edilar. Ma’lumotli qullar yoki ma lakali qul-
lar (o‘qituvchi, aktyor, oshpaz, raqqosalar)ning bahosi juda ba-
land turar edi. Italiya qishloq xo‘jaligi mamlakati bo‘lib qolaver-
di. Qullar asosan qishloq xo‘jaligida ishlatildi. Ulardan qishloq 
xo‘jaligidan tashqari tog‘-kon, metallurgiya va qurilishda foyda-
lanila boshlandi.
Faqat qullarga va qaroqchilarga xochga tortib o‘lim jazosi 
berilgan. Boshqa obro‘li jinoyatchilarning boshi kesilgan. Ozod 
kishilarni qiynoqqa solib, so‘roq qilish taqiqlangan. Qullarni
qiynoq ostida so‘roq qilishga ruxsat etilgan. Qul uchun eng og‘ir 
jazo tosh konlariga, gladiatorlar maktabiga sotib yuborish edi. 
Rimning deyarli barcha fuqarolari qullarga ega edilar. O‘rta
darajadagi fuqaroning shahardagi uylarida 5-10 ta qul, sha-
har tashqarisidagi qo‘rg‘onida 15-20 ta qul ishlab turgan. 
Qullarni erkinlikka chiqarish faqat imperiya davrida keng tus 
oldi.Qul qarib qolgach, uni boqmaslik uchun ko‘chaga haydab 
yuborilgan.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling