Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
2. Rim iqtisodiyoti. O‘rtayer dengizi havzasida yuz yil davo-
mida olib borilgan bosqinchilik urushlari natijasida Rim kichik shahar-davlat doirasidan chiqib, O‘rtayer dengizining eng qudratli davlatiga aylandi. Bu mamlakat iqtisodiyoti va Rim jamiyat hayotining boshqa sohalarida ham o‘zgarishlarga olib keldi. Ayniqsa, iqtisodiyotda muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Rim-Italiya xo‘jaligiga klassik qulchilik munosabatlarining kirib kelishi chuqur o‘zgarishlarga olib keldi. Qishloq xo‘jaligi- ning turli sohalarida o‘sish boshlandi. Uzumchilik, zaytun daraxtlari o‘stirish, bog‘dorchilik va sabzavotchilik rivojlandi. Yunoniston, Kichik Osiyo va Afrikadan uzumning yangi navlari, meva daraxtlar keltirildi. Qishloq xo‘jaligida mehnat qurollari- ning turlari ko‘paydi. G‘allachilik takomilllashdi. Sifatli bug‘doy ekilib, hosildorlik o‘sdi. Yerlarga ishlov berish, o‘g‘itlash va boshqa agrotexnika qoidalariga rioya qilina boshlandi. Chor- vachilikda ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Chorvachilik va parrandachilik o‘sha vaqtda eng daromadli sohalarga aylandi. Qishloq xo‘jaligining o‘sishini asosiy sabablari qulchilikni keng 502 tadbiq qilinishi, tovar ishlab chiqarish xo‘jaligining tashkil qilini- shi, kichik xo‘jaliklardan voz kechib, katta ekin maydonlarida xo‘jalik yuritish edi. Qishloq xo‘jaligida bu davrda xo‘jalikning asosiy yetakchi turi bir necha yuz yuger yer va unda 10-20 qul- lar ishlaydigan quldor xo‘jaligi edi. Bular o‘rta quldor xo‘jaligi hisoblanib, ular bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi. Bunday xo‘jaliklar villa deb atalgan. Villalar bilan bir qatorda qishloqda erkin dehqonlarning kichik xo‘jaligi keng tarqalgan edi. Dehqon 10-30 yuger yerda o‘z oilasi bilan ishlab, ba’zida bir yoki ikki qul mehnatidan foydalanar edi. Italiyada hunarmandchilikning gullab-yashnashi mil.avv. II – I asr larga to‘g‘ri keladi. Rim va boshqa shaharlarda kichik ustaxonalar (ergasteriylar)da 10-20 hunarmand ishlar edi. Qul mehnatidan keng foydalanila boshlandi. Hunarmandchilik- da ozod qo‘yilgan qullar mehnati ham sezilarli o‘rinni egalladi. Ularning o‘zlari ham uncha katta bo‘lmagan ustaxonalarga ega edilar. Hunarmandchilikning rivojlanishi metall, tosh, yog‘och, jun, teri, shisha va qurilish materiallariga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirdi. Sardiniya va Ispaniyada temir qazib chiqarish keng yo‘lga qo‘yildi. Tog‘-kon va metall quyishda yangi texnik o‘zga- rishlar amalga oshirildi. Shaxtalarda 150 m gacha chuqurlikda ishlana boshlandi. Konlarda ventilatsiya, Arximed vinti, kon- dan suvni qochirish g‘ildiragidan foydalanila boshlandi. Yunonistondan marmar, Misrdan granit import qilindi. Ita- liyaning o‘zida Shimoliy Etruriyadan marmar qazib olina bosh- landi. Qurilish materiallari taqchil edi. Arzon, qulay, mustah- kam qurilish materialiga ehtiyoj o‘sdi. Mil.avv. II asrda rimliklar bu talablarni qondiradigan qurilish xomashyosi – betonni kashf qildilar. Rimliklar pishirilgan g‘isht ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘ydilar. Mil.avv. II–I asrlarda ma’lum ishlab chiqarish- ga ixtisoslashgan yirik hunarmandchilik markazlari shakllan- di: Puteola – temirni qayta ishlash, Kapuya – jez va qo‘rg‘oshin quymalari bilan, Manturin va Kaliy – qishloq xo‘jalik qurolla- rini tayyorlash, Arretsiy – kulolchilik, Tarent, Kanuziy – jun mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shuhrat qozondi. Rimliklar fuqarolik va muhandis me’morchiligini rivojlantirdilar. Rim suv quvurlari, ko‘priklari, termalari, amfiteatrlari, portlar, Rimdagi ko‘p qavatli uylar me’morchilik va qurilishning eng yaxshi yu- tuqlari asosida bunyod qilindi. O‘rtayer dengizi savdosi gullab-yashnadi. Rim, Puteola , Si rakuza eng yirik savdo markazlari bo‘lib qoldi. Kemasozlik, 503 dengizchilik rivojlandi. 200 tonnagacha yuk ortiladigan savdo kemalari paydo bo‘ldi. Qo‘shimcha yelkanlar, kema boshqaru- vi, mayoqlar, gavanlar qurildi. Dengiz savdosi bilan hatto savdo qilish man etilgan nobillar ham shug‘ullana boshladilar. Ular qonunni chetlab o‘tib, dengiz savdosida vositachilar va o‘zlari- ning ozod qo‘yilgan qullaridan foydalandilar. Quruqlikdagi savdo ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Sha- har va qishloqlar o‘rtasida mahsulot almashuv maxsus quril- gan shahar bozorlarida, viloyatlararo yarmarkalarda amalga oshirildi. Viloyatlar o‘rtasida aloqalarning mustahkamlanishi Italiyada puxta qurilgan qurilish san’atining noyob yutuqlari bo‘lgan yo‘llarning qurilishiga sabab bo‘ldi. Yo‘llar tosh to‘shal- gan mustahkam to‘g‘ri chiziqda bunyod qilinib, boshda Itali- yaning barcha viloyatlarini, keyinchalik provinsiyalarni qamrab oldi. Rim shahridan o‘tadigan eng yirik yo‘llar Italiyaning bar- cha viloyatlari va undan tashqari cho‘zilib ketdi. Rim forumi- da oltin suvi yuritilgan ustun qo‘yilib, undan Italiyaning bosh yo‘llari masofasini hisoblash boshlandi. Ana shu yerdan «bar- cha yo‘llar Rimga boradi» aforizmi tug‘ildi. Rim savdosining o‘si- shi tanga miqdorini ko‘paytirishni talab qildi. Rimning sestersiy va denariy kumush tangalari tezda O‘rtayer dengizi havzasida asosiy valyuta o‘rnini egallab, boshqa tangalarni siqib chiqardi. Bosqinchilik urushlari natijasida Rimga moddiy boylik, pul mablag‘lari va qullar oqib keldi. I Puni urushidan so‘ng Rim xazinasiga 3200 talant kirim bo‘ldi. II Puni urushidan so‘ng Karfagenning to‘lov puli 10 ming talant, Antioxga yuklangan tovon to‘lovi 15 ming talantni tashkil etdi. Rim sarkardalarining harbiy o‘ljalari behisob edi. Makedoniya podshosi Perseyning g‘olibi Emiliy Pavelning Rimga zafarli kirishida bosib olingan qimmatbaho qurollar, san’at asarlari, oltin, kumush bilan to‘la katta xumlar jang aravalarida uch kun davomida olib o‘tildi. Antiox ustidan g‘alaba natijasida harbiy o‘lja sifatida 1280 fil tishi, 234 oltin chambar, 187 ming funt kumush (1 Rim funti 327 gramm), 224 ming yunon kumush tangasi, 140 ming makedon tilla tangasi, ko‘p miqdordagi zargarlik buyumlari Rim xazinasiga kelib tushdi. Mil.avv. II asrgacha Rim kumush tangaga ehtiyoj sezmadi. Bu istilolar, ayniqsa, ispan kumush konlarining bosib olinishi Rim davlatini o‘z pul tizimini kumush bilan ta’minlash imkoniyatini yaratdi. Bu Rimda savdo, moli- ya-sudxo‘rlik kapitali rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Rimda turli jamoat ishlari, provinsiyalarga soliqlarni ijaraga olgan moliya- 504 chi-tadbirkorlar paydo bo‘ldi. Istilochilik urushlaridan olingan o‘ljalar, qaram hududlardan olinadigan daromadning o‘sishi natijasida Pidna yonidagi jangdan so‘ng (mil.avv. 168-yil) Rim fuqarolari harbiy xarajatlar uchun olinadigan soliqni to‘lamay qo‘ydilar. Rim bosib olingan hududlar boshqaruvini yo‘lga qo‘ydi. Bu hududlar rimliklarning mulki provinsiya (qaram) yer deb e’lon qilindi. Rimdan pretor yoki Rimda konsullik muddatini o‘tab bo‘lgan konsullar noib etib tayinlandilar. Bosib olingan hudud- larda Sitsiliya, Sardiniya provinsiyalari tashkil etildi. Pireney yarim orolining asosiy aholisi iber qabilalari edi. Puni urushlari natijasida rimliklar va Ispaniya deb ataladigan yarim orolning katta qismini bosib oldilar. Ispaniya Betika (mil.avv. 197-yil) Tarrakon Ispaniyasi (mil.avv. 197-yil) provinsiyalarni tashkil et- dilar. Rim urushlar davomida Italiyadan chetdagi bosib olingan hududlar provinsiya deb ataldi. Boshda «provinsiya» so‘zi oliy magistratga beriladigan topshiriq ma’nosini bildirgan. Keyin esa bu so‘z bosib olingan hududlarga nisbatan aytildi. Rimning birinchi provinsiyalari Sardiniya (mil.avv.241-yil), Sardiniya va Karsika (mil.avv. 227-yillar), Ispaniyada Betika va Tarrakan Ispaniyasi provinsiyalari (mil.avv. 197-yil) tashkil etildi. Res- publika davrida 20 provinsiya bo‘lib, rimliklar ularni «rim xalqi- ning pomestesi» deb hisoblar edilar. Provinsiyalar rim noibi va uning qo‘shinini o‘z hisoblaridan saqlashlari majbur bo‘lgan. Noiblar o‘zlari chiqaradigan ediktlar orqali oliy harbiy, ma’mu- riy va sud hokimiyatini ommaga oshirganlar. Oktavian davri- da promagistratlar boshqaradigan senat provinsiyalari va legat yoki propretor unvoni bilan prokuratorlar boshqaradigan im- perator (chegara) provinsiyalariga bo‘linib ketdi. Provinsiyalarni boshqarish tizimi asta-sekin shakllandi. Provinsiyalarni bosh- qaradigan pretorlar bir yil muddatga saylab qo‘yilgan. Provin- siya boshqaruv muddatini uzaytirish senatning maxsus qarori bilan amalga oshirilgan. Noib bilan birga, provinsiyaga moli- ya-xo‘jalik ishlarini olib boradigan kvestor jo‘natilar edi. Sobiq konsullar, hali konsul bo‘lmagan yuqori mansabdorlar ham noib lavozimini egallar edilar. Noiblar provinsiyalarda harbiy va sud hokimiyatini o‘z qo‘llariga to‘pladilar. Provinsiyalar noib, uning amaldorlari va qo‘shinlarini moddiy jihatdan ta’minlashi kerak edi. Noiblar o‘z mansablarini suiiste’mol qilib, shaxsiy boylik orttirish uchun provinsiyalarni talon-taroj qildilar. Shu sababli, mil.avv. 149-yil Rimda provinsiya noiblarining ta lon- 505 tarojligiga, suiiste’molligiga qarshi senator tribunallari tash- kil qilindi. Bu maxsus sudlarga provinsiyalarning noiblaridan jabr tortgan kishilar murojaat qilishi mumkin edi. Provinsiyalar aholisi uchun yana bir kulfat bu rimliklarning soliq yig‘ishda- gi tovlamachiliklari bo‘ldi. Rim noiblari soliq yig‘ish huquqini xususiy kishilar («publikanlar»)ga topshirdilar. Ular soliq sum- masini oldindan kelishilgan miqdorda Rim noibiga to‘lab, keyin uni mahalliy aholidan bir necha barobar ko‘paytirib yig‘ib ol- ganlar. Bu ishlar bilan asosan moliya zodagonlari bo‘lgan yan- gi suvoriylar qatlamining vakillari shug‘ullangan. Rim davla- ti bo‘ysundirilgan xalqlarning yerlarini bir qismini tortib oldi. Oltin va kumush, tuz, tosh konlari va o‘rmonlar Rim davlati ixtiyoriga o‘tdi. Katta miqdordagi urush tovonlari, asirlarni qul qilib sotishdan kelgan daromadlar, harbiy o‘ljalar Rim davlati- ni dunyoda eng katta moliyaviy markazga aylantirdi. Ayniqsa, Rim respublikasida oliy hokimiyat egasi bo‘lgan nobilitet yana- da boyib ketdi. Nobillar boyligining asosi bu yirik yer egaligi edi. Nobillar qo‘shin qo‘mondonlari yoki provinsiyalar noiblari sifatida katta miqdorda boylik to‘pladilar. Mil.avv. 218-yilda qabul qilingan alohida qonun bo‘yicha se- natorlar savdo va moliya ishlari bilan shug‘ullanishlari taqiqlab qo‘yildi. Shu sababli, zodagon senatorlar ko‘p miqdorda yer maydonlarini sotib oldilar. Yirik xo‘jaliklar tashkil qilib, qullar mehnatidan foydalandilar va yuqori daromad oldilar. Nobillar- ning iqtisodiy-siyosiy qudrati zodagonlarning tashqi ko‘rinishi- da ham aks etdi. Ular keng qizg‘ish yo‘lli tunika (ko‘ylak) va maxsus poyafzal kiyar hamda qo‘llariga maxsus senator uzugi- ni taqar edilar. Bu ularning Rim jamiyatining boshqa qatlam- laridan ajratib turadigan ramziy belgi edi. Mashhur yunon tarixchisi Polibiy Rimda birinchi marta se- natorlarni ko‘rib, ularni hashamatli kiyingan ulug‘vor ko‘rin- ishlaridan hayratda qolgan edi. Polibiy senatorlarni podsholar bilan tenglashtirdi. Nobillar «oddiy» fuqarolarni davlatda nufu- zli mansablarni egallashlariga, eng avvalo, konsullik mansabi- ga yaqinlashtirmaslikka harakat qilar edilar. Mil.avv. 180-yilda qabul qilingan qonun nobillarning oddiy fuqarolarni hokimiyat- ga yaqinlashtirmasliklari uchun qilgan harakatlarining natija- si edi. Ushbu qonunga ko‘ra, Rim fuqarosi uchun mansabga erishish o‘n yillik harbiy xizmatdan so‘ng, 28 yoshdan boshla- nishi lozim edi. Dastlab kvestor, keyin kuril edili, 40 yoshdan so‘ng pretorlik lavozimini egallash mumkin edi va 43 yoshda- 506 gi shuhratparast rimlik fuqaro konsul mansabiga da’vo qilishi mumkin edi. Nobillar kam sonli ijtimoiy qatlam bo‘lishlariga qaramasdan, yuz yillar davomida davlat hokimiyatining oliy mansablari- ni faqat o‘zlari egallab turdilar. Ular mamlakat miqyosida o‘z obro‘-e’tiborlarini kuchaytirish maqsadida Italiya munitsipiy boy zodagonlari bilan yaqin aloqada bo‘ldilar. O‘zlariga xizmat qiladigan ko‘p sonli klientlarni saqlab turdilar. Rim magistra- turasiga faqat o‘z toifalariga yaqin bo‘lgan kishilarni qo‘ydilar. Bir necha patritsiy oilalari yuz yillar davomida Rimga senator- lar, konsullar, senzorlar va boshqa oliy mansabdorlarni yet- kazib berdi. Oliy mansablarni egallash uchun zodagon-patrit- siy oilalar bir-birlari bilan ittifoq tuzib, mansablarni egallash uchun saylovlarda o‘zaro yordam uyushtirganlar. Rimning istilochilik urushlari davrida jamiyatning yangi imtiyozli suvoriylar tabaqasi paydo bo‘ldi. Suvoriylar soliqlar yig‘ish, qo‘shin ta’minoti va sudxo‘rlik ishlari bilan shug‘ullanib boyib ketdilar. Qul mehnatidan ommaviy tarzda foydalanish, provinsiyalardan arzon g‘alla keltirilishi Italiya dehqon xo‘jali- gini izdan chiqardi. Dehqonlar g‘alla o‘rniga uzum va zaytun da- raxtlarini o‘stira boshladilar. Bog‘dorchilik, poliz-sabzavotchi- lik keng rivojlandi. Vinochilik tez orada katta daromad keltira boshladi. Dehqonlar xonavayron bo‘lib, katta shaharlarga keta boshladilar va Rim hokimiyatidan tekin non va tomosha talab qildilar. Ularning ba’zilari senatorlarning klientlariga aylandi- lar. Zodagon-patritsiylarning tayanchi bo‘lgan davlat hokimi- yati Rim va boshqa shaharlarda to‘plangan, yeridan ajralgan oddiy fuqarolarni boqishga majbur bo‘ldi. Hokimiyat ularga muntazam oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatishni yo‘lga qo‘ydi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling