Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Кузищин В. И. Генезис рабовладельческих латифундий в Италии 
(II в. до – н. э.-I в. н. э.). – М.: 1976.
2. Кузищин В.И. Римское рабовладельческое поместы II в.до н. э.-I 
в. н. э. – М.: 1973.
3. Утченко С. Л., Штаерман Е. М. О некоторых вопросах истории 
рабства. Вестник древней истории, 1960, № 4.
4. Штаерман Е. М. Расцвет рабовладельческих отношений в Римской 
республике. – М.: 1964.
Asosiy sanalar
Mil.avv. 260-yil 
Rimliklar Karfagen ustidan ilk bor
g‘alaba qildilar.
Mil.avv. 218-yil
II Puni urushi boshlandi.
Mil.avv. 202-yil
Rimliklar Afrikada Zama yonidagi 
jangda Gannibal qo‘shinlarini yengdilar.
Mil.avv. 206, 197
Makedon urushlari va 168-yillar.
Mil.avv. 149-yilda
III Puni urushi boshlandi.
Mil.avv. 146-yilda
Karfagen shahri vayron qilindi.
Mil.avv. 146-yilda
Axey provinsiyasi tashkil etildi.


511
RIM RESPUBLIKASIDA IJTIMOIY-SIYOSIY KURASH
1. Sitsiliyadagi qullar qo‘zg‘oloni. 2. Agrar masala. 3. Rim 
respublikasining tashqi siyosati. 4. Rimda siyosiy kurash-
ning keskinlashuvi.
1. Sitsiliyadagi qullar qo‘zg‘oloni. Rimning istilochilik 
urushlari natijasida mil.avv. II asrda Italiya va Sitsiliyada 
qullarning soni keskin o‘sdi. Qul asosiy ishlab chiqaruvchi-
ga aylandi. Yirik quldorlik xo‘jaliklari – latifundiyalar, o‘rta 
quldorlik xo‘jaliklari – villalarda yuzlab, minglab qullar ishladi. 
Qulchilik manbalari urushlar, provinsiyalarda qarzi uchun qul 
qilish, dengiz qaroqchiligi va qullarning tabiiy ko‘payishi edi. 
Rim huquqi qullarni buyum (jez), «so‘zlaydigan qurol» (inshtru-
mentum vocale) deb hisoblar edi. Xo‘jayinning mulki sifatida 
qul huquqsiz edi. Xo‘jayin uni jazolashi, o‘ldirishi mumkin edi.
Qullarning shafqatsiz ezilishi va xo‘rlanishi ularni tez-tez 
qo‘zg‘olon ko‘tarishiga sabab bo‘ldi. Qullar mil.avv. 196 – 95-yil-
larda Etruriyada, mil.avv. 185-yilda Apuliyada qo‘zg‘olon ko‘tar-
dilar. Rim jamiyati va davlati asoslarini titratgan ana shunday 
qo‘zg‘olonlardan biri mil.avv. 138 –132-yillarda Sitsiliyadagi qul 
Evnoy boshchiligidagi qullar qo‘zg‘oloni edi. Qo‘zg‘olon rahbari 
Evnoy «Antiox» nomini olib, yangi Suriya davlati tuzilganini 
e’lon qildi. Davlatni boshqarish uchun kengash va xalq yig‘ini 
tashkil etilib, Enna shahri davlat markazi bo‘ldi.
Qo‘zg‘olonga Sitsiliyaning janubiy-g‘arbidagi qullar ham 
qo‘shildi. Bu yerda qo‘zg‘olonchilarga kilikiyalik qul Kleon bosh-
chilik qildi. Tezda Evnoy va Kleon birlashib, Rim qo‘shinlarini 
yanchib tashladilar. Kleon «podsho Antiox»ning strategi lavozi-
mini oldi. Rimliklar juda katta qiyinchiliklar bilan qo‘zg‘olonni 
mil.avv. 132-yilda bostira oldilar. Mil.avv. 104-yilda Sitsiliyada 
qul Salviy (Trifon) boshchiligida yana qullar qo‘zg‘oloni ko‘taril-
di. Lilibey shahari yaqinida qul Afiniodn boshchiligida qullar 
qo‘zg‘olonining ikkinchi o‘chog‘i paydo bo‘ldi. Qo‘zg‘olonchi qul-
lar birlashib, rim armiyasiga qarshi bir necha bor zarba berdi. 
Faqat mil.avv. 101-yilda konsul Manliy Akviliy bu qo‘zg‘olonni 
zo‘rg‘a bostirdi. 
Sitsiliyadagi qullar qo‘zg‘oloni bilan bir vaqtda Pireney yarim 
orolida iber qabilalari Rim hukmronligiga qarshi urush olib 


512
bordilar. Viriat
boshchiligida luzitan qabilalari qo‘zg‘oloni-
ning bostirilishi yarim orolni to‘la tinchlantirishga olib kelma-
di. Ispa niyaning shimoliy-sharqiy qismidagi iber va kel’t-iber 
qabi lalari rimliklarni haydab chiqarishga qat’iy ahd qildilar. Bu 
harakatning tayanch markazi Numansiya shahri edi. Luzitan-
lar qo‘zg‘oloni bostirilganidan so‘ng, Viriat o‘ldirilib, rimliklar 
katta kuch bilan iber qabilalarining uyushgan ittifoqining qar-
shiligini bostirishga kirishdilar. Besh yil davomida Rim qo‘shini 
qo‘zg‘olonni bostira olmadi. Ochko‘z, qobiliyatsiz harbiy bosh-
liqlar davlat manfaatlaridan ko‘ra, talonchilikni afzal ko‘rdilar. 
Ular o‘zlarining ochko‘zligi bilan ittifoqchi bo‘lgan qabila va ma-
halliy aholining qahr-g‘azabini qo‘zg‘atdilar. Mil.avv. 137-yil-
da Rim qo‘shini qurshovga tushib qoldi. Faqat kvestor Tiberiy 
Semproniy Grakxning harbiy san’ati tufayli Rim qo‘shini qirib 
tashlanmadi. Kvestor iberlarning talabi bilan Rimliklarni Ispa-
niyadan olib chiqib ketishga va’da berdi. Ammo senat Tiberiy 
tuzgan shartnomani tasdiqlamadi va urushni davom ettirish-
ga qaror qildi. Ispaniyaga eng yaxshi Rim harbiy boshliqlari 
yuborildi va 15 oy davomida qo‘zg‘olonchilar bilan olib borilgan 
urush rimliklarning g‘alabasi bilan tugadi.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling